BUYRAKLARDA UCHRAYDIGAN XAVFLI O'SMALARNI ANIQLASHDA MSKT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Mualliflar

  • Maxkamov, M.A. Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.19945523

Abstrak

Buyrak o‘smalari siydik chiqarish tizimi kasalliklari orasida muhim o‘rin egallaydi. Ularni erta aniqlash kasallikning samarali davolanishi va bemor hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy diagnostika usullaridan biri multislice kompyuter tomografiya (MSKT) hisoblanadi. Ushbu maqolada buyraklarda uchraydigan xavfli o‘smalarni aniqlashda MSKT ning diagnostik imkoniyatlari keng tahlil qilindi. MSKT yordamida o‘smaning joylashuvi, o‘lchami, tuzilishi, qon bilan ta’minlanishi hamda atrof to‘qimalarga invaziya darajasi yuqori aniqlik bilan baholanishi mumkin. Bundan tashqari, limfa tugunlari zararlanishi va uzoq metastazlarni aniqlash imkoniyati mavjud. Tadqiqot natijalari MSKT buyrak o‘smalarini aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda kasallik bosqichini (staging) baholashda yuqori informativ usul ekanligini ko‘rsatadi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-01

Iqtibos keltirish tartibi

M.A., M. (2026). BUYRAKLARDA UCHRAYDIGAN XAVFLI O’SMALARNI ANIQLASHDA MSKT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 4(4), 193-195. https://doi.org/10.5281/zenodo.19945523
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads