BUYRAKLARDA UCHRAYDIGAN XAVFLI O'SMALARNI ANIQLASHDA MSKT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19945523Abstract
Buyrak o‘smalari siydik chiqarish tizimi kasalliklari orasida muhim o‘rin egallaydi. Ularni erta aniqlash kasallikning samarali davolanishi va bemor hayot sifatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega. Zamonaviy diagnostika usullaridan biri multislice kompyuter tomografiya (MSKT) hisoblanadi. Ushbu maqolada buyraklarda uchraydigan xavfli o‘smalarni aniqlashda MSKT ning diagnostik imkoniyatlari keng tahlil qilindi. MSKT yordamida o‘smaning joylashuvi, o‘lchami, tuzilishi, qon bilan ta’minlanishi hamda atrof to‘qimalarga invaziya darajasi yuqori aniqlik bilan baholanishi mumkin. Bundan tashqari, limfa tugunlari zararlanishi va uzoq metastazlarni aniqlash imkoniyati mavjud. Tadqiqot natijalari MSKT buyrak o‘smalarini aniqlash, differensial diagnostika qilish hamda kasallik bosqichini (staging) baholashda yuqori informativ usul ekanligini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2026-05-01
Issue
Section
Articles
How to Cite
M.A., M. (2026). BUYRAKLARDA UCHRAYDIGAN XAVFLI O’SMALARNI ANIQLASHDA MSKT NING DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Central Asian Journal of Academic Research, 4(4), 193-195. https://doi.org/10.5281/zenodo.19945523
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads