ERTA BOSQICHDAGI HIQILDOQ SARATONIDA O'SMANING REZEKTABELLIGINI BAHOLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI

Mualliflar

  • Musulmonov, Shohruh Muallif
  • Abdumo'minova, Dilroz Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.19332668

Abstrak

Mazkur tadqiqotda hiqildoq saratonining dastlabki bosqichlarida (T1-T2) o'sma to'qimasining jarrohlik yo'li bilan olib tashlanish imkoniyatlarini aniqlashda multispiral kompyuter tomografiyasining (MSKT) diagnostik ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Klinik tadqiqotga jalb qilingan 45 nafar bemorning endoskopik, radiologik va gistopatologik tekshiruv natijalari solishtirma tahlil qilindi. MSKT yordamida olingan tasvirlar operatsiyadan keyingi gistopatologik xulosalar bilan taqqoslanganda, ushbu usul o'smaning joylashish o'rni, invaziya chuqurligi va qo'shni anatomik tuzilmalar bilan munosabatini aniqlashda yuqori ishonchlilik ko'rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Operatsiyadan oldingi to'g'ri tashxis qo'yish va o'sma chegaralarini aniq belgilash jarrohlik taktikasini tanlashda asosiy omil bo'lib, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-03-30

Iqtibos keltirish tartibi

Shohruh, M., & Dilroz, A. (2026). ERTA BOSQICHDAGI HIQILDOQ SARATONIDA O’SMANING REZEKTABELLIGINI BAHOLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 4(3), 141-146. https://doi.org/10.5281/zenodo.19332668
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads