ERTA BOSQICHDAGI HIQILDOQ SARATONIDA O'SMANING REZEKTABELLIGINI BAHOLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19332668Abstract
Mazkur tadqiqotda hiqildoq saratonining dastlabki bosqichlarida (T1-T2) o'sma to'qimasining jarrohlik yo'li bilan olib tashlanish imkoniyatlarini aniqlashda multispiral kompyuter tomografiyasining (MSKT) diagnostik ko'rsatkichlari tahlil qilindi. Klinik tadqiqotga jalb qilingan 45 nafar bemorning endoskopik, radiologik va gistopatologik tekshiruv natijalari solishtirma tahlil qilindi. MSKT yordamida olingan tasvirlar operatsiyadan keyingi gistopatologik xulosalar bilan taqqoslanganda, ushbu usul o'smaning joylashish o'rni, invaziya chuqurligi va qo'shni anatomik tuzilmalar bilan munosabatini aniqlashda yuqori ishonchlilik ko'rsatkichlariga ega ekanligi aniqlandi. Operatsiyadan oldingi to'g'ri tashxis qo'yish va o'sma chegaralarini aniq belgilash jarrohlik taktikasini tanlashda asosiy omil bo'lib, davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.Downloads
Published
2026-03-30
Issue
Section
Articles
How to Cite
Shohruh, M., & Dilroz, A. (2026). ERTA BOSQICHDAGI HIQILDOQ SARATONIDA O’SMANING REZEKTABELLIGINI BAHOLASHDA MULTISPIRAL KOMPYUTER TOMOGRAFIYASINING KLINIK-DIAGNOSTIK AHAMIYATI. Central Asian Journal of Academic Research, 4(3), 141-146. https://doi.org/10.5281/zenodo.19332668
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads