YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLAR VA GO'DAKLARDA UCHRAYDIGAN QISMAN TUG'MA ICHAK TUTILISHINI ZAMONAVIY DIAGNOSTIK TAKTIKASINI TANLASH

Mualliflar

  • Boboyev, M. Sh. Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.17732569

Abstrak

Tug‘ma qisman ichak tutilishi (TQIT) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan kam, biroq klinik jihatdan muhim patologiya bo‘lib, uning tashxislanishi antenatal va postnatal bosqichlarda qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotning maqsadi TQITning etiologik va anatomik shakllarini aniqlash, antenatal skrining belgilarining diagnostik ahamiyatini baholash hamda zamonaviy kompleks tekshiruvlarning samaradorligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 2015–2022 yillar davomida 463 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq tahlil qilindi, ulardan 123 nafarida (26,6%) TQIT tasdiqlandi. Yuqori shakl ustunlik qildi (85,4%), pastki shakl 14,6% holatlarda kuzatildi. Etiologiyada ichak malrotatsiyasi (59,1%), duodenal membranalar (16,2%) va periduodenal bitishmalar (9,5%) yetakchi o‘rin egalladi. Antenatal davrda poligidramnioz asosiy ultratovush belgisi sifatida aniqlangan. Postnatal UTT, rentgenokontrast tekshiruvlar va KT/MSKTning kombinatsiyasi diagnostik aniqlikni sezilarli oshirdi..

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2025-11-27

Iqtibos keltirish tartibi

Sh., B. M. (2025). YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR VA GO’DAKLARDA UCHRAYDIGAN QISMAN TUG’MA ICHAK TUTILISHINI ZAMONAVIY DIAGNOSTIK TAKTIKASINI TANLASH. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(11), 136-141. https://doi.org/10.5281/zenodo.17732569
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads