YANGI TUG'ILGAN CHAQALOQLAR VA GO'DAKLARDA UCHRAYDIGAN QISMAN TUG'MA ICHAK TUTILISHINI ZAMONAVIY DIAGNOSTIK TAKTIKASINI TANLASH
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17732569Аннотация
Tug‘ma qisman ichak tutilishi (TQIT) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan kam, biroq klinik jihatdan muhim patologiya bo‘lib, uning tashxislanishi antenatal va postnatal bosqichlarda qator murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotning maqsadi TQITning etiologik va anatomik shakllarini aniqlash, antenatal skrining belgilarining diagnostik ahamiyatini baholash hamda zamonaviy kompleks tekshiruvlarning samaradorligini o‘rganishdan iborat bo‘ldi. 2015–2022 yillar davomida 463 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloq tahlil qilindi, ulardan 123 nafarida (26,6%) TQIT tasdiqlandi. Yuqori shakl ustunlik qildi (85,4%), pastki shakl 14,6% holatlarda kuzatildi. Etiologiyada ichak malrotatsiyasi (59,1%), duodenal membranalar (16,2%) va periduodenal bitishmalar (9,5%) yetakchi o‘rin egalladi. Antenatal davrda poligidramnioz asosiy ultratovush belgisi sifatida aniqlangan. Postnatal UTT, rentgenokontrast tekshiruvlar va KT/MSKTning kombinatsiyasi diagnostik aniqlikni sezilarli oshirdi..Загрузки
Опубликован
2025-11-27
Выпуск
Раздел
Статьи
Как цитировать
Sh., B. M. (2025). YANGI TUG’ILGAN CHAQALOQLAR VA GO’DAKLARDA UCHRAYDIGAN QISMAN TUG’MA ICHAK TUTILISHINI ZAMONAVIY DIAGNOSTIK TAKTIKASINI TANLASH. Центральноазиатский журнал академических исследований, 3(11), 136-141. https://doi.org/10.5281/zenodo.17732569
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads