VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO'RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.15475607Abstrak
Maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida tashkil etilgan 14 ta markazning faoliyati, ular tomonidan 3 131 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam va natijalari ko‘rib chiqiladi. Markazlarning asosiy vazifalari, jumladan, qarovsiz bolalarni aniqlash, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonunlari markazlar faoliyatining huquqiy asoslari sifatida keltiriladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 6,3 foizga o‘sishi profilaktik tadbirlarning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash, monitoring tizimini joriy etish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish va onlayn kuzatuv tizimini yaratish kabi chora-tadbirlar keltiriladi. Maqola voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishda markazlarning rolini oshirishga qaratilgan.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2025-05-20
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Ubaydullohon, S. (2025). VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO’RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(5), 72-76. https://doi.org/10.5281/zenodo.15475607
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads