VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO'RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI

Authors

  • Shodmonov, Ubaydullohon Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15475607

Abstract

Maqola O‘zbekiston Respublikasida voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini tartibga solishning huquqiy asoslari va amaliy mexanizmlarini tahlil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 3 avgustdagi 490-son qarori asosida tashkil etilgan 14 ta markazning faoliyati, ular tomonidan 3 131 nafar voyaga yetmaganlarga ko‘rsatilgan yordam va natijalari ko‘rib chiqiladi. Markazlarning asosiy vazifalari, jumladan, qarovsiz bolalarni aniqlash, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish, reabilitatsiya va profilaktik tadbirlar tashkil etish kabi yo‘nalishlar tahlil etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-263-son va “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-371-son qonunlari markazlar faoliyatining huquqiy asoslari sifatida keltiriladi. 2022 yilda voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlarning 6,3 foizga o‘sishi profilaktik tadbirlarning yetarli emasligini ko‘rsatadi. Maqolada markazlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar, jumladan, huquqiy mexanizmlarni mustahkamlash, monitoring tizimini joriy etish, jamoatchilik nazoratini kengaytirish va onlayn kuzatuv tizimini yaratish kabi chora-tadbirlar keltiriladi. Maqola voyaga yetmaganlar huquqlarini himoya qilish va ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishda markazlarning rolini oshirishga qaratilgan.

Downloads

Published

2025-05-20

How to Cite

Ubaydullohon, S. (2025). VOYAGA YETMAGANLARGA IJTIMOIY-HUQUQIY YORDAM KO’RSATISH MARKAZI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH TARTIB-TAOMILLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 3(5), 72-76. https://doi.org/10.5281/zenodo.15475607
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads