PATOLOGIK O‘ZGARISHLARI BO‘LGAN BOLALARNING PSIXO-EMOTSIONAL HOLATINI YAXSHILASH VA IJTIMOIY ADAPTATSIYASINI JADALLASHTIRISHDA ADAPTIV JISMONIY TARBIYANING KONSEPTUAL ASOSLARI
;
Adaptiv jismoniy tarbiya, psixo-emotsional holat, ijtimoiy adaptatsiya, sotsializatsiya, inkluziv ta’lim, o‘z-o‘zini baholash, muloqot, pedagogik integratsiya.Abstrak
Ushbu maqolada turli patologik o‘zgarishlari bo‘lgan bolalarning ruhiy-emotsional barqarorligini ta’minlash, ulardagi ijtimoiy chetlanish (izolyatsiya) asoratlarini kamaytirish hamda jamiyatga integratsiyalashuvini tezlashtirishda adaptiv jismoniy tarbiya (AJT) tizimining o‘rni nazariy jihatdan o‘rganilgan. Maqolada jismoniy reabilitatsiya vositalarining faqat motorikaga emas, balki bolaning shaxsiy psixologik xususiyatlariga (o‘z-o‘zini baholash, motivatsiya, muloqot ko‘nikmalari) ko‘rsatadigan ta’sir mexanizmlari tahlil qilingan. Jamoaviy harakatli o‘yinlar, inklyuziv sport musobaqalari va adaptiv kineziterapiya usullarining bolalar sotsializatsiyasidagi pedagogik modeli taklif etilgan bo‘lib, u bolalarning mustaqil hayot faoliyatini va inkluziv jamiyatga qo‘shilish andozalarini nazariy jihatdan asoslab beradi.
Iqtiboslar
Evseev S.P. Teoriya i organizatsiya adaptivnoy fizicheskoy kulturi. – M.: Sport, 2016
Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) hisobotlari va tavsiyalari (2022-2024).
Inklyuziv ta’lim va adaptiv sport (Xalqaro simpozium materiallari). – T., 2023.
Shapkova L.V. Funktsii adaptivnoy fizicheskoy kulturi. – SPb.: GAFIK, 2003.
Jismoniy Terapiya va Reabilitatsiya - https://medipolglobal.uz/jismoniy-terapiya-va-reabilitatsiya
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi