O'QUV JARAYONIDA DATA-TAHLIL VA MONITORING TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASI VA GLOBAL HOLATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17433728Abstract
Bugungi kunda ta’lim jarayoni global va mahalliy miqyosda turli algoritmlar, analitik vositalar va monitoring tizimlari orqali optimallashtirilmoqda. Jumladan, talabalarning faoliyati, ularning yutuqlari va qiyinchiliklari, professor-o‘qituvchilarning dars olib borish jarayonlari hamda boshqaruv organlarining qaror qabul qilish jarayonlari uchun katta hajmdagi ma’lumotlar (“data”) tahlili muhim omilga aylangan. Shu munosabat bilan o‘quv jarayonida data‑tahlil (ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, tahlil qilish) va monitoring tizimlari (o‘zgarishlarni kuzatish, baholash, koordinatsiya qilish) ning samaradorligini tadqiq qilish ilmiy muhim ahamiyatga ega. Maqolada zamonaviy ta’lim tizimida data-tahlil va monitoring texnologiyalarining o‘rni, ularning o‘qitish jarayonidagi samaradorlikni oshirishdagi roli hamda jahon mamlakatlarida qo‘llanilayotgan ilg‘or tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, AQSh, Yevropa, Osiyo va Avstraliya davlatlarining ta’limda raqamli analitika yondashuvlari qiyosiy o‘rganilib, O‘zbekiston uchun istiqbolli yo‘nalishlar taklif etilgan..Downloads
Published
2025-10-24
Issue
Section
Articles
How to Cite
Zufar, T., Shohruh, M., & Maftuna, O. (2025). O’QUV JARAYONIDA DATA-TAHLIL VA MONITORING TIZIMLARIDAN FOYDALANISHNING JAHON TAJRIBASI VA GLOBAL HOLATI. Central Asian Journal of Academic Research, 3(10), 140-144. https://doi.org/10.5281/zenodo.17433728
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads