ABDURAUF FITRAT ASARLARIDA (“HIND SAYYOHI BAYONOTI”, “ABULFAYZXON”) IJTIMOIY-SIYOSIY TANQID VA MILLIY O‘ZLIK MASALASI
Keywords:
Abdurauf Fitrat, “Hind sayyohi bayonoti”, “Abulfayzxon”, ijtimoiy-siyosiy tanqid, milliy o‘zlik, jadidchilik, feodalizm tanqidi, Buxoro amirligi tarixi, dramaturgiya, ma’rifatparvarlik.Abstract
Ushbu maqolada XX asr boshlaridagi o‘zbek jadid adabiyoti va ijtimoiy-siyosiy harakatining yetakchisi Abdurauf Fitratning “Hind sayyohi bayonoti” qissasi va “Abulfayzxon” dramasida ijtimoiy-siyosiy tanqidning badiiy ifodasi hamda milliy o‘zlik muammosining yoritilishi tarixiy-tadqiqiy jihatdan tahlil etiladi. Fitratning bu asarlari Buxoro amirligi va Ashtarxoniylar sulolasining tanazzul davridagi zulm, jaholat, korrupsiya va mustamlakachilikni keskin fosh etish orqali millatni ma’rifat, adolat va istiqlol sari chorlaydi. Tadqiqotda asarlarning tarixiy konteksti (jadidchilik harakati, 1917-1924 yillardagi siyosiy voqealar), obrazlar tizimi, dramatik va satirik uslublar qiyosiy usulda o‘rganiladi. Natijada, Fitrat ijodining milliy uyg‘onish va zamonaviy O‘zbekiston milliy o‘zligini shakllantirishdagi dolzarb ahamiyati asoslanadi.
References
Mirziyoyev, Sh. M. Jadidlar g‘oyasi — Yangi O‘zbekiston strategiyasi bilan har
tomonlama uyg‘un va hamohang // Nutq. – Toshkent, 22-dekabr 2023-yil.
Fitrat, A. Tanlangan asarlar: 5 jildlik. – Toshkent: Fan, 2000–2006.
Boltaboyev, H. Abdurauf Fitrat. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022. – 144
b.
Xo‘jayev, F. Buxoroda inqilob va O‘rta Osiyoning milliy chegaralanishiga doir
// Tanlangan asarlar. Uch tomlik. 1-tom. – Toshkent: Fan, 1978. – B. 98–99.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite