Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-11-26
Статьи
KORPORATIV AXBOROT TIZIMLARIDA INSAYDERLAR VA ULARGA QARSHI KURASHISH MASALALARI
Bugungi kunda korporativ axborot tizimlarida saqlanayotgan axborotlarning yaxlitligini, maxfiyligini, vakolatga ega bo‘lgan foydalanuvchilar tomonidan ularga murojaat qilish imkoniyatini ta’minlash axborot xavfsizligining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
2025-11-25
PEDAGOGIK-FALSAFIY FANLAR HAMKORLIGI ASOSIDA BO‘LAJAK XORIJIY TIL O‘QITUVCHILARINING AXBOROT-TAHLILIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada pedagogik va falsafiy yondashuvlar integratsiyasi asosida bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining axborot-tahliliy kompetentligini rivojlantirishga doir ilmiy-nazariy asoslar va amaliy mexanizmlar tahlil qilinadi. Raqamli ta’lim muhiti sharoitida o‘qituvchilarning axborotni izlash, qayta ishlash, tahlil qilish va asoslangan xulosalar chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirish zamonaviy pedagogik jarayonning strategik vazifasi sifatida qaraladi. Tadqiqotda falsafiy tafakkur madaniyati, mantiqiy tahlil, konseptual yondashuv hamda pedagogik innovatsion metodlarning uyg‘unlashuvi asosida ishlab chiqilgan metodika taklif etiladi. Modulli yondashuv, interfaol muloqot, media-analiz, raqamli platformalar va kognitiv faoliyatni kuchaytiruvchi topshiriqlar bo‘lajak xorijiy til o‘qituvchilarining tahliliy kompetentligini oshirishning samarali omillari sifatida baholanadi. O‘tkazilgan amaliy ishlar mazkur kompetentlikni rivojlantirish pedagogik jarayon sifatiga va kelajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatmoqda.
2025-11-26
BO‘LAJAK ONA TILI VA ADABIYOTI O‘QITUVCHILARIDA NUTQIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolada, bo‘lajak ona tili va adabiyoti o‘qituvchilarining nutqiy kompetensiyasini shakllantirish bo‘yicha masalalari, ma’lumotlar, mashqlar ko‘rib chiqildi.
2025-11-26
“BESH BOLALI YIGITCHA”ASARIDA QOʻLLANILGAN ANTROPONIMLAR
Mazkur maqolada antroponimika va uning o‘zbek adabiyotida qo‘llanishi xususida so‘z yuritiladi. Antroponimlar inson ismi, familiyasi, laqabi, taxallusi va boshqa atash shakllarini qamrab oladi. Ularning kelib chiqishi, qo‘llanishi hamda jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati tahlil qilinadi. Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari asosida qahramonlarning ismlari uch guruh – tarixiy, afsonaviy va real shaxslar ismlari ko‘rinishida o‘rganilgan.
2025-11-26
TILSHUNOSLIKDA TERMINOLOGIYA MASALALARI
Mazkur maqolada “terminologiya” tushunchasi, uning mazmun-mohiyati, fan va texnika taraqqiyotida tutgan o‘rni, tilshunoslikdagi o‘rni va rivojlanish jarayonlari, harbiy terminologiya, oʻzbek terminologiyasi, turli tilshunos olimlarning fikirlari va izlanishlari haqida qiziqarli ma‘lumotlar yoritilgan. Terminlarning paydo bo‘lishi, shakllanishi, xalqaro va milliy terminologiya o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, shuningdek, terminologiyaning ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ilmiy tahlil beriladi.
2025-11-26
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH MASALALARI
Bu maqolada ish yuritishning ahamiyati va dolzarbligi yoritiladi. Ish qog‘ozlari ya’ni hujjatlar haqida ma’lumot beriladi.
2025-11-26
OʻZBEK TILSHUNOSLIGINING NAZARIY MASALALAR
Ushbu maqolada oʻzbek tilshunosligining nazariy asoslari, uning shakllanish va rivojlanish bosqichlari, zamonaviy ilmiy yoʻnalishlari hamda til tizimining fonetik, leksik, grammatik va uslubiy qatlamlariga oid nazariy muammolar keng yoritilgan. Shuningdek, kompyuter lingvistikasi, kognitiv yondashuv, funksional tilshunoslik va pragmalingvistika kabi zamonaviy ilmiy oqimlarning oʻzbek tiliga tatbiqi ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Maqola yakunida mavzu bo‘yicha umumiy xulosalar keltirilgan.
2025-11-26
KONIMEX TUMANIDA SPORT SOHASINI RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN E’TIBOR VA ISLOHOTLAR
Ushbu tezisda Konimex tumanidagi sport sohasining rivojlanishi, yangiliklari va yutuqlari haqida ilmiy ma’lumot berilgan. Shuningdek, mustaqillikdan keyin Konimex tumanida sport sohasiga oid qurilgan inshoatlar haqida so‘z yuritilgan.
2025-11-26
VR/AR TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BIOLOGIYA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING METAKOGNITIV FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISH METODIKASI
Ushbu maqolada virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari negizida biologiya darslarida o‘quvchilarning metakognitiv faoliyatini faollashtirishga yo‘naltirilgan metodika ishlab chiqildi. Tadqiqotda metakognitiv ko‘nikmalar — rejalashtirish, o‘z fikrlash jarayonini monitoring qilish, refleksiya va o‘quv jarayonini ongli boshqarish —ning rivojlanishi immersiv texnologiyalar bilan boyitilgan muhitda qanday kechishi chuqur tahlil qilindi. VR/AR muhitlarida 3D modellar, interaktiv tajribalar va vizual simulyatsiyalar orqali biologik jarayonlar chuqur anglashga erishildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, VR/AR asosidagi darslar o‘quvchilarda kognitiv faollikni oshiradi, o‘z-o‘zini nazorat qilishni kuchaytiradi hamda reflektiv tafakkurni rivojlantiradi.
2025-11-26
SONLI QATOR TUSHUNCHASI, YAQINLASHUVCHI QATOR VA UNING YIG’INDISI
Mazkur maqolada sonli qator tushunchasi, yaqinlashuvchi qator va uning yig‘indisi masalalari ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida qatorlarning xossalari, yaqinlashuv va divergensiya shartlari hamda ularning yig‘indisini hisoblash metodlari tahlil qilindi. Maqolada matematik terminlarning aniqligi, qatorlar bilan ishlashdagi asosiy qoidalar va amaliy misollar keltirilgan.
2025-11-26
KOMPLEKS SONLAR AKSIOMATIK NAZARIYASINING AKSIOMALARI. MINIMALLIK AKSIOMASI
Ushbu maqolada kompleks sonlar aksiomatik nazariyasining asoslari, uning qurilish prinsiplari va minimallik aksiomasi mazmuni yoritilgan. Aksiomatik yondashuv yordamida kompleks sonlar tizimining mantiqiy tuzilishi, algebraik xossalari va boshqa son to‘plamlar bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Minimallik aksiomasi kompleks sonlar to‘plamini eng kichik, ammo to‘liq algebraik tizim sifatida aniqlash imkonini beradi. Maqolada aksiomalarning ahamiyati, ularning sonlar nazariyasi hamda algebra fanidagi o‘rni ham keng yoritilgan.
2025-11-26
EGRI CHIZIQLI YOY UZUNLIGINI HISOBLASH, YOY UZUNLIGINING DIFFERENSIALI VA AYLANMA SIRT YUZINI HISOBLASH
Ushbu maqolada egri chiziqli yoy uzunligini hisoblashning matematik asoslari, yoy uzunligining differensiali va aylanma sirt yuzasini topish formulalari tahlil qilinadi. Maqolada egri chiziqning analitik va parametrik ko‘rinishlari orqali yoy uzunligini hisoblash usullari yoritilib, integral hisoblashning amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan. Shuningdek, egri chiziqlarni koordinata o‘qlariga nisbatan aylantirish orqali hosil bo‘ladigan aylanma sirtlarning yuzasini topish masalalari ham ko‘rib chiqilgan.
2025-11-26
OSHKORMAS FUNKSIYALARNI DIFFERENSIALLASH
Oshkormas funksiyalarni differensiallash — bu funksiya aniq ko‘rinishda y = f(x) tarzida emas, balki F(x, y) = 0 tenglama orqali berilgan hollarda hosila topish usulidir. Bunda y o‘zgaruvchisi x ga bog‘liq deb qaraladi va differensiallashda zanjir qoidasidan foydalaniladi. Natijada hosila dy/dx ifodasi x va y orqali aniqlanadi. Ushbu usul murakkab tenglamalar, egri chiziqlar yoki ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalar orasidagi bog‘lanishni tahlil qilishda keng qo‘llaniladi.
2025-11-26
MATEMATIK MANTIQ FUNKSIYALARINI MINIMALLASHTIRISH MUAMMOSI
Ushbu ishda matematik mantiq funksiyalarini minimallashtirish muammosi yoritiladi. Minimallashtirish jarayoni mantiqiy funksiyalarni eng sodda, resurslarni kam talab qiladigan va samaradorligi yuqori bo‘lgan ko‘rinishga keltirishga qaratilgan. Bu jarayon raqamli sxemalar, kompyuter arxitekturasi, dasturlash, avtomatika va boshqaruv tizimlarida muhim o‘rin tutadi. Funksiyani minimallashtirish orqali sxema elementlari soni qisqaradi, ishlash tezligi oshadi va energiya sarfi kamayadi. Minimallashtirishning asosiy yondashuvlariga algebraik usul, Karnaugh xaritasi (K–map), Veitch diagrammalari hamda Kvayn–MakKlasus algoritmi kiradi. Ushbu usullar orqali murakkab mantiqiy ifodalar eng sodda normal shakllarga – DNF yoki KNF ko‘rinishiga keltiriladi. Ishda minimallashtirish jarayonining mohiyati, amaliy qo‘llanilishi, afzalliklari va natijaviy samaradorligi keng yoritilgan.
2025-11-26
AYOLLARGA QARSHI ZO‘RAVONLIK: HUQUQIY HIMOYA VA DAVLAT QO‘LLAB-QUVVATLASHI
Ushbu maqolada Oʻzbekistonda ayollarga qarshi zo‘ravonlikning turli shakllari tahlil qilinadi, ularni huquqiy himoya qilishda amalda qoʻllanilayotgan normativ-huquqiy bazalar, shuningdek davlat tomonidan berilayotgan ko‘mak mexanizmlari yoritiladi. Yangi qabul qilingan qonunchilikdagi modda o‘zgarishlari — jumladan ma’muriy va jinoiy javobgarlik, “himoya orderi” va stalkinga qarshi choralar — ham muhokama qilinadi.
2025-11-26
OʻSIMLIK VA HAYVONLARDA NASILLARNING GALLANISHI
Ushbu tezisda o‘simlik va hayvonlarda gallanish jarayoni, uning biologik ahamiyati va evolyutsiyadagi roli haqida qisqacha ma’lumot beradi. Gallanish irsiy belgilarni uzatish, genetik xilma-xillik va populyatsiyalarda moslashuvni ta’minlaydi. O‘simliklarda gametofit va sporofit, hayvonlarda esa jinsiy ko‘payish orqali yangi avlod hosil bo‘ladi.
2025-11-26
MOTURIDIYLIK TA’LIMOTINING “OLTIN ASRI” NAMOYANDASI
Ushbu maqolada moturidiylik ta’limotining XII asrdagi yetuk namoyandasi, qomusiy olim Imomzoda Buxoriyning (491/1098-573/1178) hayoti va ilmiy-ma’naviy merosi tahlil qilingan. Tadqiqotda olimning moturidiylik “oltin asri” davridagi intellektual muhiti, uning Abul Muin Nasafiy merosi zaminida shakllanishi va Najmiddin Nasafiy, Sirojiddin O‘shiy kabi zamondosh mutakallimlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Maqolada Imomzodaning “U’qudul aqoid” asari orqali moturidiy aqidasini nazmda ifodalash an’anasiga qo‘shgan hissasi, xususan, bu asarning “Bad’ul amoliy”dan avval yozilgani ilmiy asoslantirilgan. Shuningdek, uning ustozlari (Shamsulaimma Zaranjariy, Roziyuddin Naysaburiy) va shogirdlari (Abdusattor Kardariy, Burhoniddin Zarnujiy) orqali hanafiy-moturidiy ta’limotining uzluksizligini ta’minlashdagi markaziy o‘rni ochib berilgan.
2025-11-26
XOTIN-QIZLARNING SIYOSIY VA ILMIY HAYOTDAGI FAOLLIGI: O‘ZBEKISTON TAJRIBASI
Maqolada O‘zbekistonda xotin-qizlarning siyosiy va ilmiy hayotdagi ishtiroki masalalari tahlil qilinadi. Parlament institutlarida gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar, jumladan, xotin-qizlar sonining oshishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi hamda ilmiy faoliyatda ularning ulushi sezilarli darajada kengaygani yoritiladi. Shuningdek, davlat siyosatida gender tenglikni mustahkamlash maqsadida qabul qilingan strategiyalar va ularning amaliy natijalari ko‘rib chiqiladi.
2025-11-26
“UZUKLAR HUKMDORI” ROMANIDA ARXAIK EPOS AN’ANALARI RIVOJI
Ushbu maqolada J.R.R. Tolkinning “Uzuklar hukmdori” romanida arxaik epos an’analari qay darajada davom ettirilgani va yangi badiiy mazmun bilan boyitilgani tahlil qilingan. Asarda qadimgi german, skandinav va kelt mifologiyasiga xos epik motivlar, qahramonlik konsepsiyasi, arxaik marosim va mifopoetik tasavvurlar zamonaviy fantastik poetika bilan uyg‘unlashgan holda namoyon bo‘ladi.
2025-11-26
ВЛИЯНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА КОРПОРАТИВНУЮ КУЛЬТУРУ
Активное развитие цифровых технологий радикально меняет условия функционирования организаций, форматы взаимодействия сотрудников и способы управления. Цифровая трансформация затрагивает не только бизнес‑модели и процессы, но и глубинные элементы корпоративной культуры: ценности, нормы поведения, стиль лидерства и систему коммуникаций. От того, насколько успешно организация адаптирует свою корпоративную культуру к требованиям цифровой среды, во многом зависят её конкурентоспособность, способность к инновациям и удержанию талантов. Цель данной статьи — раскрыть ключевые направления влияния цифровых технологий на корпоративную культуру, выделить положительные эффекты и основные риски цифровизации, а также обозначить подходы к формированию цифровой корпоративной культуры.
2025-11-27
MEVA VA SABZAVOTLAR TARKIBIDAGI C VITAMININI ANIQLASH
Ushbu maqolada meva va sabzavotlar tarkibidagi C vitamini miqdorini aniqlashning zamonaviy va klassik kimyoviy usullari yoritilgan. Askorbin kislotaning kimyoviy xossalari, uning oksidlanish-qaytarilish jarayonlaridagi roli, yodometriya usuli va titrlash texnikasi asoslab berilgan. Shuningdek, meva-sabzavotlarni saqlash, pishirish va mexanik qayta ishlash jarayonlarida C vitamini yo‘qolishiga ta’sir qiluvchi omillar tahlil qilingan.
2025-11-27
RADIORELELI ALOQA. RAQAMLI RRL-LARNING TASNIFLANISHI VA QO‘LLANILISHI SOHALARI
Ushbu ishda radioreleli aloqa tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsipi hamda raqamli RRLlarning tasnifi batafsil yoritilgan. RRLlarning yuqori, o‘rta va past tezlikli turlari, ularning qo‘llanilish sohalari hamda chastotalar diapazoni haqida amaliy va nazariy ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, zamonaviy raqamli radiorele tizimlarining afzalliklari, infratuzilma cheklovlari mavjud hududlarda qo‘llanishi va optik tarmoqlarni zaxiralashdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan. Ish yakunida RRLlarning bugungi telekommunikatsiya tizimlaridagi ahamiyati, moslashuvchanligi va strategik vazifalari umumlashtirilgan.
2025-11-27
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY JAZOLARNI IJRO ETISHDA BOSHQA DAVLAT ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ma’muriy jazolarni ijro etish jarayonida turli davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari keng qamrovli ilmiy tahlil qilinadi. Mamlakatda olib borilayotgan huquqiy islohotlar jarayonida profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklangan mas’uliyat va ularning jazo ijrosidagi koordinatsion faoliyati tobora ortib borayotgan sharoitda idoralararo hamkorlikning institutsional asoslari yetarlicha takomillashmaganligi aniqlanadi. Maqola davomida jazo ijrosida mahalla tizimi, sud, prokuratura, ijro byurolari, davlat xizmatlari agentligi, ta’lim va tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning amaldagi holati, mavjud bo‘shliqlar, raqamlashtirish jarayonining kamchiliklari hamda bu yo‘nalishni samarali rivojlantirish uchun takliflar keltiriladi. Tadqiqot natijalari idoralararo axborot almashinuvi sifatini oshirish, elektron integratsiya jarayonlarini kuchaytirish va profilaktika inspektorlarining ma’muriy nazorat salohiyatini mustahkamlashga doir ilmiy-amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-27
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI ORGANLARI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalari tizimli ravishda o‘rganiladi. Xususan, hokimliklar, sektor rahbarlari, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilmalar, mahalla fuqarolar yig‘inlari, ijtimoiy himoya organlari hamda ta’lim va sog‘liqni saqlash tashkilotlari o‘rtasida profilaktik faoliyatni muvofiqlashtirishdagi mavjud muammolar, ularning institutsional sabablari va takomillashtirish yo‘nalishlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida mahalliy boshqaruv tizimida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha kompleks yondashuvlar, idoralararo axborot almashishning zamonaviy mexanizmlari, muvofiqlik indekslarini yaratish, hududiy xavf xaritalaridan foydalanish kabi jihatlar o‘rganildi. Maqola natijalari profilaktika inspektorining mahalliy hokimiyat tizimidagi rolini kuchaytirish, vakolatlar bo‘yicha aniq chegaralarni belgilash va hududiy profilaktik siyosatni tizimli shakllantirishga doir tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
2025-11-27
SONLAR NAZARIYASIDA ASIMPTOTIK METODLAR
Ushbu maqolada sonlar nazariyasida keng qo‘llaniladigan asimptotik metodlarning nazariy asoslari, ularning analitik va kombinator yondashuvlar bilan bog‘liqligi hamda amaliy qo‘llanishlari yoritilgan. Asimptotik metodlar natural sonlar, arifmetik funksiyalar va tub sonlar taqsimotining cheksizlikdagi xatti-harakatini aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Maqolada Landau notatsiyasi (O, o, Θ), Dirixle qatorlari, Reymanning zeta-funksiyasi va ular orqali olinadigan asimptotik baholarning sonlar nazariyasidagi ahamiyati tushuntiriladi. Shuningdek, tub sonlarning taqsimlanishi, Chebyshev funksiyalari, Eratosfen va Selberg elaklarining samaradorligi, arifmetik funksiyalarning o‘rtacha qiymatlari kabi masalalarda asimptotik tahlilning roli ko‘rsatib beriladi. Vinogradov va Dirixle teoremalarining asimptotik natijalari hamda zeta-funksiyaning nollari bilan bog‘liq muammolarning tub sonlar haqidagi asosiy teoremaga ta’siri izohlanadi. Asimptotik metodlar yordamida Goldbah masalasi, arifmetik progressiyalardagi tub sonlar va bo‘linuvchilar funksiyalari kabi murakkab masalalarning yechimiga yaqinlashish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqola asimptotik metodlarning zamonaviy sonlar nazariyasi uchun zarur nazariy asos va kuchli tahliliy vosita sifatidagi ahamiyatini ta’kidlaydi.
2025-11-27
EKSTREMUMNING ZARURIY SHARTI. IKKI O’ZGARUVCHILI FUNKSIYA UCHUN EKSTREMUMNING YETARLI SHARTI
Mazkur maqolada matematik analizning muhim bo‘limlaridan biri — ikki o‘zgaruvchili funksiyalar ekstremumini aniqlash masalasi yoritilgan. Ekstremum tushunchasi ko‘p o‘zgaruvchili funksiyalarning lokal va global xususiyatlarini o‘rganishda, ayniqsa iqtisodiyot, texnika hamda tabiiy fanlarda optimallashtirish muammolarini hal etishda asosiy nazariy vosita hisoblanadi. Maqolada, avvalo, ekstremumning zaruriy sharti sifatida stasionar nuqtaning mavjudligi, ya’ni funksiyaning barcha birinchi tartibli xususiy hosilalari nolga teng bo‘lishi kerakligi ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, yetarli shart sifatida ikkinchi tartibli xususiy hosilalar yordamida tuziladigan Gess matritsasining aniqligi tahlil qilinadi: agar matritsa musbat aniqlangan bo‘lsa — lokal minimum, manfiy aniqlangan bo‘lsa — lokal maksimum mavjudligi asoslanadi. Bundan tashqari, Gess matritsasi nol determinanta ega bo‘lgan hollar uchun qo‘shimcha tekshiruv usullari keltiriladi. Maqolada xorijiy va o‘zbek olimlarining ilmiy ishlari tahlil qilinib, nazariy bilimlar amaliy misollar orqali mustahkamlangan. Tadqiqot natijalari ikki o‘zgaruvchili funksiyalarning ekstremumini topish bo‘yicha o‘quv jarayonida ham, amaliy optimallashtirish masalalarida ham qo‘llanilishi mumkinligi bilan ahamiyatlidir.
2025-11-27
MILLIY G‘OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMINING ZAMONAVIY RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Ushbu maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limining zamonaviy rivojlanish tamoyillari har tomonlama tahlil qilinadi. Milliy g‘oya va ma’naviyatning jamiyat barqarorligi, ijtimoiy totuvlik va shaxs kamoloti uchun tutgan o‘rni ilmiy asosda yoritilgan. Huquq ta’limining demokratik jamiyat qurishdagi roli, yoshlar huquqiy madaniyatini oshirishdagi zamonaviy metodlar, raqamli ta’lim vositalarining samaradorligi ham batafsil ko‘rib chiqilgan. Maqolada milliy g‘oya, ma’naviyat va huquq ta’limi o‘rtasidagi uzviylik, ularning integrativ yondashuv asosida rivojlanish istiqbollari, shuningdek, ta’lim tizimida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ijtimoiy ahamiyati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari zamonaviy pedagogika, davlat va huquq nazariyasi, ijtimoiy fanlar yo‘nalishidagi mutaxassislar, ta’lim muassasalari va yoshlar bilan ishlovchi pedagoglar uchun foydali ilmiy-amaliy xulosalarni taqdim etadi.
2025-11-27
TARIQ (PANICUM MILIACEUM) RIZOBAKTERIYALARINI AJRATIB OLISH VA ULARNING AYRIM XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Hozirgi kunda mikrobiologiya sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — yuqori faollikka ega mikroorganizmlarni ajratish, ularni identifikatsiya qilish va amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Bunday mikroorganizmlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, rizobakteriyalar — ya’ni o‘simlik ildiz zonasida yashovchi foydali mikroorganizmlar — o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi, ularning oziqlanishini yaxshilovchi va turli kasalliklardan himoya qiluvchi xususiyatlari bilan ahamiyatlidir. Shu bois, ko‘plab olimlar tomonidan tariq (Panicum miliaceum) o‘simligining rizosferasidan bakteriyalarni ajratish va ularning biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu bakteriyalar azot fiksatsiyasi, fosfor mobilizatsiyasi, fitogormonlar sintezi va patogenlarga qarshi antagonistik faollik kabi xususiyatlari bilan biotexnologiya uchun muhim ahamiyatga ega.
2025-11-27
JINSSIZ KO`PAYISHNING NORASMIY TIPLARI
Jinssiz bo‘linish — bu yangi organizmlar hosil qilinishining oddiy va samarali usuli bo‘lib, ota organizmning genetik materiali o‘zgarmay avlodlarga o‘tadi. Tezisda jinssiz bo‘linishning an’anaviy turlari (mitoz) bilan bir qatorda, norasmiy yoki noformal bo‘linish turlari ham ko‘rib chiqiladi.
2025-11-27
JINSSIZ KO`PAYISHNING NORASMIY TIPLARI
Jinsiy ko‘payishning norasmiy tiplari — bu partenogenez, ginogenez, androgenez va ximerizm kabi normal jinsiy ko‘payishdan farq qiluvchi hujayra yoki genetik material almashinuvining o‘ziga xos shakllaridir. Ular genetik xilma-xillikni oshiradi va organizmlarning moslashuvchanligini ta’minlaydi.
2025-11-27
ODAMLARDA JINSNI SHAKLLANISHIDA GORMONLARNING AHAMIYATI
Ushbu tezisda odamlarda jinsni shakllanishida gormonlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan
2025-11-27
ЧАСТОТНОСТЬ И КОНТЕКСТУАЛЬНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В СОВРЕМЕННЫХ РУССКОЯЗЫЧНЫХ СМИ
Статья посвящена анализу частотности и контекстуального функционирования фразеологизмов в современных российских СМИ через призму корпусного подхода. Используя корпус «Русский национальный корпус» (РНК) и медиа-сегмент «СМИ-2020–2024», выявлены доминирующие типы фразеологизмов, их семантические и прагматические функции в контексте политической и экономической журналистики. Показано, что повторяемость определённых моделей коррелирует с риторическими стратегиями, направленными на формирование общественного мнения. Результаты подтверждают гипотезу о структурированном использовании фразеологии как средства конструирования легитимности и сокрытия противоречий в публичной коммуникации.
2025-11-27
SHAXSNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA IJTIMOIYLASHUVI
Ushbu maqolada shaxsning rivojlanishi, tarbiyasi va ijtimoiylashuvi jarayonlari pedagogik hamda psixologik nuqtai nazardan tahlil etiladi. Shaxs kamolotiga ta`sir etuvchi biologik, psixologik va ijtimoiy omillar o`rganilib, tarbiyaning shaxs shakllanishidagi o`rni yoritiladi. Ijtimoiylashuv bosqichlari, uning mexanizmlari hamda oilaning, maktabning va jamiyatning mazkur jarayondagi roli ilmiy asosda ko`rsatilib beriladi. Maqola shaxsni har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan pedagogik yondashuvlar va samarali tarbiya metodlarini taklif etib, zamonaviy ta`lim jarayonida ularning ahamiyatini ochib beradi.
2025-11-27
MOBIL TARMOQLAR VA FOYDALANUVCHI KIRISH TEXNOLOGIYALARI
Zamonaviy mobil aloqa tizimlarida qo‘llaniladigan foydalanuvchi kirish texnologiyalari, ularning tuzilishi va funksional imkoniyatlari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Tadqiqot 4G va 5G avlod mobil tarmoqlarining arxitekturasi, ularda qo‘llaniladigan marshrutizatsiya va paket yo‘naltirish mexanizmlarining takomillashgan jihatlari hamda abonent qurilmalarining bazaviy stansiyalarga ulanish jarayonini tahlil qiladi. Shuningdek, radioaloqa interfeysi, resurslarni taqsimlash, autentifikatsiya jarayonlari va tarmoqning yuqori o‘tkazuvchanlik, past kechikish kabi parametrlarini ta’minlashga qaratilgan optimizatsiya usullari ko‘rib chiqiladi. Ishda mobil tarmoqlar yuklamasini boshqarish, signal sifati va xizmat ko‘rsatish darajasini oshirishga qaratilgan texnologik yondashuvlar ilmiy asosda bayon etiladi. Olingan natijalar mobil tarmoqlarni samarali boshqarish va ularning kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini baholashda amaliy ahamiyatga ega.
2025-11-28
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING ICHKI ISHLAR ORGANLARI TAYANCH PUNKTLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu maqola ichki ishlar organlari huzuridagi profilaktika inspektorlarining tayanch punktlari faoliyatini takomillashtirish zaruriyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda mavjud infratuzilma, texnik jihozlanish, boshqaruv tamoyillari va jamoatchilik bilan hamkorlikning bugungi holati tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida tayanch punktlar faoliyatini modernizatsiya qilishda raqamlashtirish jarayonlari, innovatsion boshqaruv yondashuvlari va mahalla institutining ishtiroki alohida o‘rganildi. Maqolada taklif etilgan yechimlar profilaktika inspektorlari ish samaradorligini oshirish, jinoyatchilikni oldini olish tizimini mustahkamlash hamda aholining huquqiy madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilishi ilmiy asosda yoritilgan.
2025-11-28
FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOSHQARISH ORGANLARI, NODAVLAT NOTIJORAT TASHKILOTLARI VA FUQAROLARNING HUQUQBUZARLIKLAR PRAFILAKTIKASIDAGI ISHTIROKI
Mazkur maqola profilaktika inspektorlarining ichki ishlar organlari tayanch punktlari faoliyatini takomillashtirish masalasini fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va aholining huquqbuzarliklar profilaktikasidagi ishtiroki bilan uzviy bog‘liq holda tahlil qiladi. Unda mahalla tizimining jamoat xavfsizligi sohasidagi o‘rni, jamoatchilik nazoratining ahamiyati, NNTlarning reabilitatsiya va ijtimoiy yordam funksiyalari hamda fuqarolarning o‘z hududidagi xavfsizlikni ta’minlashdagi mas’uliyati keng yoritiladi. Tadqiqot doirasida tayanch punktlarning infratuzilmasini modernizatsiya qilish, inspektorlarning mas’uliyat doirasini qayta ko‘rib chiqish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va jamoatchilik bilan ko‘p tomonlama hamkorlik modelini shakllantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
2025-11-28
EVOLYUTSİYA VA EKOLOGİYA: TABİİY TANLANİSH HAMDA ATROF-MUHİT TA’SİRİNİNG SİNTEZİ
Kvaternary davrdagi iqlim o‘zgarishlari va turlarning javobi tahlil qilinadi hamda makroevolyutsiya jarayonida punctuated equilibria (to‘xtovsiz muvozanat) nazariyasi qo‘llab-quvvatlanadi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, stazis — turlarning uzoq vaqt davomida sezilarli o‘zgarishsiz qolishi — keng tarqalgan holat bo‘lib, hatto dramatik iqlim o‘zgarishlari mavjud bo‘lsa ham saqlanadi. Asta-sekin o‘zgarishlar tabiiy tanlanishdan tashqari jarayonlar natijasida yuz beradi. Allopatrik spesiyatsiya turlar ajralishining asosiy mexanizmi sifatida ko‘riladi, stazis esa orbital o‘zgarishlar ta’siridagi o‘zgaruvchan atrof-muhit sharoitida ham faol jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
2025-11-28
AVIATSIYA TIZIMIGA INVESTITSIYALAR KIRITISHNING MOHIYATI
Aviatsiyaga sarmoya kiritish iqtisodiyotni rivojlantirishning kuchli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, mamlakatimiz transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, xalqaro integratsiyani chuqurlashtirish va logistika ta’minotini yaxshilashda muhim o‘rin tutadi. Ushbu tadqiqotda aviatsiya sohasiga investitsiyalarning mohiyati, iqtisodiyot sektoriga taʼsir etuvchi oʻziga xos risklar va ularning mexanizmlari tahlil qilinadi. Aviatsiya infratuzilmasiga investitsiyalar moddiy-texnikaviy va texnologik modernizatsiyani, mintaqaviy barqarorlikni, oʻrnatish va yuk tashish hajmini, shuningdek, tashqi iqtisodiy barqarorlikni taʼminlash uchun kapital manbai hisoblanadi. Tadqiqot manbasi aviatsiya sohasining investitsion jozibadorligini oshirish, samarali investitsiya strategiyalari va sohaning uzoq muddatli istiqbollari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
2025-11-28
TARBIYA QONUNIYATLARI VA TAMOYILLARI
Ushbu maqolada tarbiya jarayonining mohiyati, uning asosiy qonuniyatlari hamda zamonaviy pedagogik tamoyillari tahlil qilinadi. Tarbiya jarayonining ijtimoiy mohiyati, maqsadga yo‘naltirilganligi, tizimliligi, izchilligi, individuallashtirilganligi va motivatsiya jarayonlari bilan bog‘liqligi ilmiy-nazariy yondashuv asosida yoritiladi. Shuningdek, tarbiya tamoyillarining insonparvarlik, demokratik yondashuv, uzluksizlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holdagi yondashuv pedagogik jarayondagi amaliy ahamiyati ochib beriladi.
2025-11-28
BLOGER ETIKASI VA IJTIMOIY MAS’ULIYAT: MA’NAVIY KONTENT UCHUN MEZONLAR
Ushbu maqolada zamonaviy raqamli makonda blogerlik fenomeni, uning jamiyat ma’naviy hayotiga ta’siri hamda bloger etikasining asosiy tamoyillari tahlil qilinadi. Blog va bloger tushunchalarining O‘zbekiston sharoitidagi xususiyatlari, ularning an’anaviy jurnalistika va ommaviy axborot vositalaridan farqli jihatlari ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor blogerning ijtimoiy mas’uliyati, yoshlar ma’naviyati va qadriyatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, shuningdek, ma’naviy kontent uchun aniq mezonlar ishlab chiqishga qaratiladi. Maqolada ma’lumotning haqqoniyligi, manbalar ishonchliligi, shaxs sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, diniy va madaniy sezgirlik, til madaniyati, reklama va tijoriy manfaatlarning oshkoraligi kabi etik talablar alohida tahlil qilinadi. Shuningdek, ijobiy va salbiy blogerlik tajribalari shartli misollar asosida tahlil qilinib, blogerlar, ta’lim tizimi, platformalar va jamiyat uchun amaliy tavsiyalar beriladi.
2025-11-28
