TARIQ (PANICUM MILIACEUM) RIZOBAKTERIYALARINI AJRATIB OLISH VA ULARNING AYRIM XUSUSIYATLARINI O‘RGANISH
Main Article Content
Аннотация:
Hozirgi kunda mikrobiologiya sohasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri — yuqori faollikka ega mikroorganizmlarni ajratish, ularni identifikatsiya qilish va amaliyotga tadbiq etish hisoblanadi. Bunday mikroorganizmlar qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati va chorvachilikda keng qo‘llaniladi. Ayniqsa, rizobakteriyalar — ya’ni o‘simlik ildiz zonasida yashovchi foydali mikroorganizmlar — o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi, ularning oziqlanishini yaxshilovchi va turli kasalliklardan himoya qiluvchi xususiyatlari bilan ahamiyatlidir. Shu bois, ko‘plab olimlar tomonidan tariq (Panicum miliaceum) o‘simligining rizosferasidan bakteriyalarni ajratish va ularning biologik faolligini o‘rganish bo‘yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Ushbu bakteriyalar azot fiksatsiyasi, fosfor mobilizatsiyasi, fitogormonlar sintezi va patogenlarga qarshi antagonistik faollik kabi xususiyatlari bilan biotexnologiya uchun muhim ahamiyatga ega.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Z.J. Shapulatova “Mikrobiologiya” . Toshkent -2013
Xamidova D., To‘xliyeva M. Tuproq mikrobiologiyasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 2018.
Григорьев А.Ю. Ризосферные микроорганизмы и их роль в росте растений. – Москва: Колос, 2019.
Сергеева Л.Е. Почвенные бактерии: физиология и экология. – СПб.: ЛЭТИ, 2017.
