SO’ZLARNING O’Z VA KO’CHMA MA’NOLARI

Авторы

  • Norqulova Zarnigor Shavkat qizi Axborot texnologiyalari va menejment universiteti. O’zbek tili va adabiyoti yo’nalishi 2-kurs talabasi Автор

Ключевые слова:

o’z ma’no, ko’chma ma’no, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya.

Аннотация

So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tilning mazmun va ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. O’z ma’nosi so’zning dastlabki, asosiy va konkret tushunchani ifodalaydigan ma’nosidir. Bu ma’no hamma uchun tushunarli va bevosita anglanadi. Masalan, ,,yurak” sozi qon haydash a’zosini bildiradi. Biroq, so’zlar ko’pincha badiiylik, obrazlilik yoki ko’proq ta’sir uyg’otish maqsadida ko’chma ma’noda ishlatiladi. Ko’chma ma’no so’zning o’z ma’nosidan chekinib, boshqa tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu jarayon asosida o’xshashlik, metafora yoki majoziy ma’no yotadi. Masalan, ,,yurak” ko’chma ma’noda jasorat yoki mehir-oqibatni ifodalaydi. Tilning boyligi va badiiy ifoda kuchi ko’p jihatdan so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan  foydalanishga bog’liq. Bu hodisa adabiyot, muloqot va boshqa sohalarda tushunchalarni yanada rang-barang ifodalash imkonini beradi. So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolarini o’rganish, nafaqat tilshunoslik balki adabiy asarlarni tahlil qilish uchun ham muhimdir. Bu hodisa til rivojlanishida ijodkorlik va nutq ta’sirchanligini oshiradi.

Библиографические ссылки

Rustamjon O’rinov, Mamatqulova Zulayho Ona tili o’quv qo’llanma Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2022- 288 b

Zulfiya To’ychiyeva Ona tilidan sertifikat va attestatsiyaga tayyorlov: Toshkent: Bayoz, 2023- 416 bet

Загрузки

Опубликован

2026-05-13

Как цитировать

Norqulova , Z. (2026). SO’ZLARNING O’Z VA KO’CHMA MA’NOLARI. Инновационные исследования в современном мире, 5(15), 56-59. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/41027
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads