Taqriz jarayoni

«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar» (ZDIT)

Konferensiyaga kelib tushgan har bir tezis quyidagi bosqichlardan oʻtadi. Bu tahririy koʻrik (editorial review) modeli — tezis janri jurnal maqolasidan farq qilgani uchun ikki taraflama yopiq taqriz qoʻllanilmaydi; qaror tahririyat tomonidan qabul qilinadi.

  1. Qabul. Tezis roʻyxatga olinadi, muallifga tasdiq yuboriladi.
  2. Dastlabki koʻrik. Mavzuning konferensiya yoʻnalishlariga muvofiqligi, hajmi, tuzilishi va rasmiylashtirilishi tekshiriladi.
  3. Originallik tekshiruvi. Matn Copyleaks orqali tekshiriladi; originallik kamida 60% boʻlishi shart.
  4. Tahrir. Tahririyat matnni koʻrib chiqadi va zarur boʻlsa muallifdan tuzatish soʻraydi. Muallif tuzatilgan variantni qayta yuboradi.
  5. Qaror. Tezis qabul qilinadi yoki asoslantirilgan rad javobi beriladi.
  6. Toʻlov va nashr. Ishtirok toʻlovi tasdiqlangach tezis navbatdagi toʻplamga kiritiladi, DOI biriktiriladi va ochiq kirishda chop etiladi.
  7. Sertifikat. Har bir muallifga elektron sertifikat beriladi.

Muddatlar

  • Dastlabki koʻrik — odatda 1–3 ish kuni
  • Originallik tekshiruvi — 1 ish kuni ichida
  • Toʻliq jarayon (qabuldan nashrgacha) — toʻplam chiqish sanasiga qarab; toʻplam oyiga ikki marta chiqadi

Rad etish asoslari

  • mavzu konferensiya yoʻnalishlariga mos emas
  • originallik 60% dan past
  • tezis talab qilingan tuzilishga (dolzarblik, usul, natija, xulosa) ega emas
  • muallif soʻralgan tuzatishlarni kiritmagan

Qaror bilan rozi boʻlmasangiz — shikoyat va apellyatsiya tartibi.


Nashriyot: Innovative Academy Research Support Center (Innovative Academy RSC)

Manzil: 100017, Toshkent, Amir Temur shoh koʻchasi 120/30

Aloqa: info@in-academy.uz · +998 93 569 23 06