SO’ZLARNING O’Z VA KO’CHMA MA’NOLARI
Keywords:
o’z ma’no, ko’chma ma’no, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya.Abstract
So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolari tilshunoslikda muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular tilning mazmun va ifoda imkoniyatlarini kengaytiradi. O’z ma’nosi so’zning dastlabki, asosiy va konkret tushunchani ifodalaydigan ma’nosidir. Bu ma’no hamma uchun tushunarli va bevosita anglanadi. Masalan, ,,yurak” sozi qon haydash a’zosini bildiradi. Biroq, so’zlar ko’pincha badiiylik, obrazlilik yoki ko’proq ta’sir uyg’otish maqsadida ko’chma ma’noda ishlatiladi. Ko’chma ma’no so’zning o’z ma’nosidan chekinib, boshqa tushunchalarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu jarayon asosida o’xshashlik, metafora yoki majoziy ma’no yotadi. Masalan, ,,yurak” ko’chma ma’noda jasorat yoki mehir-oqibatni ifodalaydi. Tilning boyligi va badiiy ifoda kuchi ko’p jihatdan so’zlarning o’z va ko’chma ma’nolaridan foydalanishga bog’liq. Bu hodisa adabiyot, muloqot va boshqa sohalarda tushunchalarni yanada rang-barang ifodalash imkonini beradi. So’zlarning o’z va ko’chma ma’nolarini o’rganish, nafaqat tilshunoslik balki adabiy asarlarni tahlil qilish uchun ham muhimdir. Bu hodisa til rivojlanishida ijodkorlik va nutq ta’sirchanligini oshiradi.
References
Rustamjon O’rinov, Mamatqulova Zulayho Ona tili o’quv qo’llanma Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2022- 288 b
Zulfiya To’ychiyeva Ona tilidan sertifikat va attestatsiyaga tayyorlov: Toshkent: Bayoz, 2023- 416 bet
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite