Maqolalar

TARKIBIDA SALITSIL KISLOTA SAQLAGAN YUMSHOQ DORI SHAKLLARINING ASSORTIMENT TAHLILI

Jild 5 son 12 (2026): Zamonaviy dunyoda amaliy fanlar 79-80

DOI: 10.5281/zenodo.20700739 2026-06-15 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Pashakulova S.A. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti 4-kurs talabasi,
  • Ramazonova K.R. Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti katta o’qituvchisi, farm.f.b.d (PhD)

Annotatsiya

Teri kasalliklarini davolashda keratolitik vositalar muhim o‘rin tutadi. Ular terining qalinlashgan muguz qatlamini yumshatib, uning ko‘chishini tezlashtiradi hamda boshqa dori moddalarning teriga kirib borishini yaxshilaydi. Keratolitik vositalar orasida salitsil kislotasi eng ko‘p qo‘llaniladigan faol moddalardan biri hisoblanadi. U terining qalinlashgan muguz qatlamini yumshatadi va ko‘chishini tezlashtiradi. Shu sababli u tangachasimon temiratki (psoriaz), husnbuzar (akne), so‘gallar, o‘tkir uchli kondilomalar, terining muguz qatlami qalinlashishi (giperkeratoz) hamda boshqa dermatologik kasalliklarni davolashda keng qo‘llaniladi. Salitsil kislotasi ko‘pincha yumshoq dori shakllari, xususan maz, pasta, krem va gellar tarkibiga kiritiladi. Shu sababli farmatsevtika bozorida mavjud salitsil kislotasi saqlovchi yumshoq dori shakllari assortimentini o‘rganish dolzarb hisoblanadi.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

Карнаух.Э.В., Кошелева.Я.Ю. Кератолитики в дерматологии и косметологии // Студенческий научный форум: IV Международная студенческая электронная научная конференция. – 15 февраля – 31 марта 2012 г. – URL: http://rae.ru/forum2012/282/2416

Козин.В.М., Козина.Ю.В., Янковская.Н.Н. Дерматологические болезни и инфекции, передаваемые половым путем: учебно-методическое пособие. – Витебск: ВГМУ, 2016. – 409 с.

Zaytseva.V.A. Analysis of the assortment of the extemporal prescription in the pharmacies of Vitebsk and Mogilev region // Актуальные вопросы современной медицины и фармации: материалы 70-й научно-практической конференции студентов и молодых учёных (Витебск, 25–26 апреля 2018 г.). – Витебск: ВГМУ, 2018. – Ч. 2. – С. 827–828.

O‘zbekiston Respublikasi Dori vositalari va tibbiy buyumlar Davlat reyestri. – Toshkent, 2024–2026.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-06-15

Iqtibos keltirish tartibi

Pashakulova, S., & Ramazonova, K. (2026). TARKIBIDA SALITSIL KISLOTA SAQLAGAN YUMSHOQ DORI SHAKLLARINING ASSORTIMENT TAHLILI. Zamonaviy Dunyoda Amaliy Fanlar, 5(12), 79-80. https://doi.org/10.5281/zenodo.20700739
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads