SOXTA KASHTAN URUG’I TARKIBIDAGI POLISAXARIDLAR TAHLILI

Mualliflar

  • Sh.X. Xayitboyeva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O`zbekiston Respublikasi Muallif
  • K.S. Jauinbayeva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O`zbekiston Respublikasi Muallif
  • A.T. Sharipov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O`zbekiston Respublikasi Muallif

Abstrak

Respublikamizda so’ngi yillarda farmatsevtika sohasini tubdan isloh qilish bo’yicha keng qamrovli islohotlar olib borilmoqda. 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining to‘rtinchi yo‘nalishida «Mamlakatda ishlab chiqariladigan dori-darmon va tibbiyot vositalarining ulushini 80 foizga yetkazish...» kabi dolzarb vazifalar belgilangan. Bu borada import mahsulotlar hajmini va tarkibini optimallashtirish, mahalliy korxonalar tomonidan turli farmakoterapevtik guruhga oid preparatlarni assortimentini kengaytirish, jumladan, dori substansiyalarini mahalliylashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Toshfarmida mahalliy xomashyo – Soxta kashtan urug’laridan farmakopeya talablariga mos essin substansiyasi olish texnologiyasini ishlab chiqish nomli loyiha amalga oshirilmoqda. Xomashyodan essin ajtarib olish jarayonini “Yashil texnologiya” asosida amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda Soxta kashtan urug’lari kimyoviy tarkibini o’rganish, jumladan polisaxaridlar tarkibini tadqiq etish hal etilishi zarur bo’lgan vazifadir.

Nashr qilingan

2024-06-30

Iqtibos keltirish tartibi

SOXTA KASHTAN URUG’I TARKIBIDAGI POLISAXARIDLAR TAHLILI. (2024). Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 4(6 (Special Issue), 251-252. https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10546