“BO’YMADORON VA EMAN PO’STLOG’I EKSTRAKTI” TARKIBIDAGI VITAMIN K NI MIQDORINI ANIQLASH

Mualliflar

  • D.G’. Qurambayeva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahar,O’zbekiston Respublikasi Muallif
  • Sh.S. Yo’ldosheva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahar,O’zbekiston Respublikasi Muallif

Abstrak

Hozirda og’iz bo’shlig’i kasalliklaridan milklarni qonashi  aholi o’rtasida ko’plab uchraydigan klinik sindromlardandir.Og’iz bo’shlig’ida sodir bo’layotgan har qanday  klinik sindromlar bevosita asab sistemasiga ta’sir qiladi va nerv tolalarining sezuvchanligini yanada oshiradi. Hozirgi kunda stomatologiya sohasi yanada rivojlanib, taraqqiy etmoqda. O’rganilgan adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra o’simliklar tarkibidagi biofaol moddalardan flavonoidlar, vitamin K, oshlovchi moddalarni og’iz bo’shlig’i  kasalliklarini davolashda ishlatilishi  ma’lum  bo’ladi. Jumladan, Bo’ymadoron va Eman 70% li etil spirtida ekstrakti ajratib olindi. Bo’ymadoron va Eman po’stlog’i ekrstrakti stomatologiya amaliyotida tish olinganda qon to’xtatuvchi va burishtiruvchi sifatida foydalanishga tavsiya etiladi. Po’stloq  tarkibi o’rganib chiqildi. Yana shuni ta’kidlash joizki,ekstrakt tarkibidagi biofaol moddalar milklarga infeksiya tushishdan,tinchlantiruvchi va mahalliy og’riq qoldirish xususiyatiga ega ekanligi o’rganildi.  Mahalliy yaratilgan o’simliklar ekstrakti  tarkibidagi biofol moddalar mukammal o’rganilib,  stomatologiya amaliyotida qo’llashga tavsiya etilsa, farmatsevtika sohasining yuksalishiga hissa qo’shadi.

Iqtiboslar

H. X. X olmatov, 0‘. A. Ahmedov “FARMAKOGNOZIYA” Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2008y

Parida Mirxamidova ,Dilnoza Boboxonova, Abdukarim Zikiryayev “Biologik kimyo va molekulyar biologiya” “NAVRO‘Z” nashriyoti TOSHKENT – 2018y

N.A.Raxmatov, T.M.Maxmudov, S.Mirzayev “Bioximiya” “Ta’lim “nashiryoti, Toshkent 2009y

Nashr qilingan

2024-06-26

Iqtibos keltirish tartibi

“BO’YMADORON VA EMAN PO’STLOG’I EKSTRAKTI” TARKIBIDAGI VITAMIN K NI MIQDORINI ANIQLASH. (2024). Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 4(6 (Special Issue), 88-89. https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10466