BURUN-TOMOQ ONKOLOGIYASIDA DAVOLASHNING YANGI USULLARI

Авторы

  • Matyusupov, Hamid Автор
  • Ismoilova, Munojat Автор
  • Abdurahmonova, Mehribon Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.19969074

Аннотация

Burun va tomoq sohasidagi o‘smalarni davolashda zamonaviy innovatsion usullar, xususan immunoterapiya muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada immunoterapiyaning kompleks davolashdagi roli hamda yangi davolash protokollarining an’anaviy kimyoterapiya va radioterapiya usullariga nisbatan ustunliklari tahlil qilinadi. Nazofaringeal o‘smalar, ayniqsa nazofaringeal karsinoma ko‘pincha Epstein–Barr virusi bilan bog‘liq bo‘lib, immun tizim bilan chambarchas aloqador hisoblanadi. Shu sababli immunoterapiya ushbu kasallikni davolashda istiqbolli yo‘nalish sifatida keng qo‘llanilmoqda. Immunoterapiya organizmning o‘z immun tizimini o‘sma hujayralariga qarshi kurashishga faollashtiradi. PD-1/PD-L1 ingibitorlari T-limfotsitlarni faollashtirib, o‘sma hujayralarining parchalanishiga olib keladi. Kombinatsiyalangan davolashda umumiy yashash ko‘rsatkichining sezilarli yaxshilanishi kuzatilmoqda.

Опубликован

2026-05-02

Как цитировать

Hamid, M., Munojat, I., & Mehribon, A. (2026). BURUN-TOMOQ ONKOLOGIYASIDA DAVOLASHNING YANGI USULLARI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 6(4), 145-148. https://doi.org/10.5281/zenodo.19969074
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads