RETINAL VENA OKKLYUZIYASI DAVOSIDA KORTIKOSTEROIDLARNING ROLI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19758418Аннотация
Retinal vena okklyuziyasi — bu retina venalarining qisman yoki to‘liq to‘silib qolishi natijasida yuzaga keladigan kasallik bo‘lib, to‘satdan va og‘riqsiz ko‘rishning pasayishi bilan namoyon bo‘ladi. U zararlangan tomirga qarab markaziy va tarmoqli turlarga bo‘linadi. Kasallik ko‘pincha qon tomir kasalliklari yoki qon ivish tizimidagi buzilishlar fonida rivojlanadi. Dastlabki belgilariga ko‘rishning xiralashishi, metamorfopsiya va skotomalar kiradi, odatda bir ko‘z zararlanadi. Ko‘z tubini tekshirganda qon quyilishlar va makula shishi aniqlanadi. Uzoq davom etgan holatlarda ko‘rish qaytmas darajada yomonlashishi, ko‘rish maydoni torayishi va neovaskulyarizatsiya rivojlanishi mumkin. Kasallik asosan 50 yoshdan oshganlarda uchraydi va gipertoniya, qandli diabet, ateroskleroz hamda glaukoma bilan chambarchas bog‘liq. Kasallikning dunyo bo‘yicha tarqalishi taxminan 0,52% ni tashkil etadi, Osiyoda esa bu ko‘rsatkich 0,9–2,1% atrofidaЗагрузки
Опубликован
2026-04-25
Выпуск
Раздел
Articles
Как цитировать
Nilufar, T., & Yulduz, N. (2026). RETINAL VENA OKKLYUZIYASI DAVOSIDA KORTIKOSTEROIDLARNING ROLI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 6(4), 68-72. https://doi.org/10.5281/zenodo.19758418
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads