ALLIUM MOTOR (MADOR PIYOZI) O’SIMLIGINING YER USTKI QISMIDAN QURUQ EKSTRAKT OLISH VA HPLC YORDAMIDA FLAVANOIDLARGA TAHLIL O’TKAZISH

Authors

  • A.B. Tillaboyev Toshkent Farmatsevtika Instituti Author
  • G.F. Zaynutdinova Toshkent Farmatsevtika Instituti Author

Abstract

Allium motor o‘simligi yoki Mador piyozi Loladoshlar oilasiga mansub ikki yillik o‘simlik. O’simlik tarkibidagi oqsil 30,3%, flavonoid 0,7%, fosfor 0,11%, uglevodlar 3,6% bundan tashqari vitaminlardan C, B1, B3, B6 va PP vitaminlari mavjud. O’simlikning asosan yer ustki qismi istemol qilinganligi uchun yer ustki qismidan ekstrak olindi va HPLC yordamida ekstrakt flavanoidlarga tahlil o’tkazildi va qaysi modda aktivlik berish uchun analizga yuborildi.  Allium motor o‘simligining yer ustki qismi quyoshsiz joyda 10 kun davomida qurutildi. Bunda o’simlik o’zining 20% massasini saqlab qoldi va olingan quruq hom ashyo ikki qismga ajratildi: Birinchi qismi: suvda 3 marotaba ekstraksiya qilindi va quyultirildi. Ikkinchi qismi:  40 % li etanolda 5 marotaba ekstraksiya qilindi va spirt haydash orqali ajratib olindi. Olingan ekstraktlar purkab qurutgich ( “Angydro”, Daniya ) uskunasida qurutildi va birinchi qismda hom ashyo massasiga nisbatan 1.11%, ikkinchi qismida hom ashyo massasiga nisbatan 12% quruq ekstraktlar olindi. Olinga ekstraktlar yuqori samarali suyuqlik xromotografiyasi  yordamida flavanoidlarga tahlil o’tkazsih uchun 3 gr dan olindi.

Published

2024-06-30

How to Cite

ALLIUM MOTOR (MADOR PIYOZI) O’SIMLIGINING YER USTKI QISMIDAN QURUQ EKSTRAKT OLISH VA HPLC YORDAMIDA FLAVANOIDLARGA TAHLIL O’TKAZISH. (2024). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 4(6 (Special Issue), 373. https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10609