O'ZBEKISTONDA AYOLLAR ORASIDA HPV VIRUSINING TURLI YOSH GURUHLARIDA UCHRASH DARAJASI VA KLINIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.19877895Аннотация
Human papilloma virusi dunyo miqyosida keng tarqalgan virusli kasalliklardan biri bo‘lib, ayniqsa reproduktiv yoshdagi aholida yuqori uchrash chastotasiga ega. Bachadon bo‘yni saratoni holatlarining deyarli barchasi (99%) HPV infeksiyasi bilan bog‘liq [8]. 2012 yilda taxminan 528,000 yangi holat qayd etilgan. Ko‘pchilik HPV viruslari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi, ammo onkogen yoki yuqori xavfli turlar bilan davom etuvchi virus orofaringeal va anogenital hududlar saratoniga olib kelishi mumkin [5]. Global statistikaga ko‘ra, dunyoda 15-49 yosh oralig‘idagi ayollarning taxminan 11-12% i HPV bilan zararlangan bo‘lishi mumkin [2]. Ba’zi tadqiqotlarda esa jinsiy faol yosh ayollarda HPV infeksiyasining uchrash darajasi 20–30% gacha yetishi mumkinligi qayd etilgan [4]. Bu ko‘rsatkichlar HPV infeksiyasining keng tarqalganligini va uning jiddiy epidemiologik muammo ekanligini ko‘rsatadi.Загрузки
Опубликован
2026-04-29
Выпуск
Раздел
Articles
Как цитировать
Yulduz, N., & Oyshaxon, G. (2026). O’ZBEKISTONDA AYOLLAR ORASIDA HPV VIRUSINING TURLI YOSH GURUHLARIDA UCHRASH DARAJASI VA KLINIK XUSUSIYATLARI. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 6(4), 110-114. https://doi.org/10.5281/zenodo.19877895
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads