BOLALARDA BIRIKTIRUVCHI TO'QIMA DISPLAZIYASI FONIDA HAZM TIZIMI KLINIK-FUNKSIONAL O'ZGARISHLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18035048Abstract
Ushbu maqolada bolalarda bog‘lam (biriktiruvchi) to‘qima displaziyasi fonida hazm tizimi, xususan, o‘t yo‘llari va o‘t pufagining tug‘ma anatomik anomaliyalari bilan bog‘liq klinik-funksional o‘zgarishlar tahlil qilindi. Tadqiqotda kardiologik shikoyatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan 45 nafar bog‘lam to‘qima displaziyasi aniqlangan bolalar klinik, instrumental va ultratovush tekshiruvlari asosida baholandi. Natijalarga ko‘ra, bemorlarning aksariyatida tashqi fenotipik belgilar, yurakning kichik anatomik anomaliyalari, shuningdek, o‘t pufagi va o‘t yo‘llarining shakliy o‘zgarishlari aniqlandi. O‘t pufagi diskineziyasi, dizpeptik sindrom, surunkali toshsiz xolecistit va reaktiv gepatit belgilari bolalarda tez-tez uchrashi qayd etildi. Olingan ma’lumotlar bog‘lam to‘qima displaziyasi bo‘lgan bolalarda hazm tizimi patologiyalarini erta aniqlash va kompleks yondashuv asosida kuzatish muhimligini ko‘rsatadi.Downloads
Published
2025-12-23
Issue
Section
Articles
How to Cite
N.A., X. (2025). BOLALARDA BIRIKTIRUVCHI TO’QIMA DISPLAZIYASI FONIDA HAZM TIZIMI KLINIK-FUNKSIONAL O’ZGARISHLAR. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 5(12), 19-24. https://doi.org/10.5281/zenodo.18035048
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads