HOMILADORLIKNING UCHINCHI TRIMESTRIDA COVID-19 INFEKSIYASINING KLINIK, GORMONAL VA PERINATAL OQIBATLARI: RETROSPEKTIV TAHLIL
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17749408Аннотация
Ushbu retrospektiv tadqiqot homiladorlikning uchinchi trimestrida COVID-19 infeksiyasining klinik kechishi, steroid gormonlar darajasiga taʻsiri va perinatal natijalar bilan bogʻliqligini baholashga qaratilgan. Tadqiqotga jami 100 nafar homilador ayol jalb qilinib, ularning 100 nafari SARS-CoV-2 bilan kasallangan asosiy guruhni tashkil etdi. Natijalar COVID-19ning uchinchi trimestrda hatto yengil shaklda kechishi ham akusherlik xavflarni oshirishi, ogʻir kechish esa estradiol va progesteron darajasining sezilarli pasayishi bilan kechishini koʻrsatdi. Akusherlik asoratlari — temir tanqisligi kamqonligi (37,5%), muddatidan oldin tugʻruq (27,5%) va kesarcha kesish amaliyoti (47,5%) — COVID-19 bilan bogʻliq xavflarning muhim klinik koʻrsatkichlari sifatida qayd etildi. Neonatal reanimatsiya ehtiyoji 7,5%ni tashkil etdi. Olingan maʻlumotlar COVID-19 infeksiyasi homiladorlikning kech bosqichida klinik va perinatal oqibatlar xavfini sezilarli darajada oshiruvchi omil ekanligini tasdiqlaydi.Загрузки
Опубликован
2025-11-28
Выпуск
Раздел
Articles
Как цитировать
G.F., R. (2025). HOMILADORLIKNING UCHINCHI TRIMESTRIDA COVID-19 INFEKSIYASINING KLINIK, GORMONAL VA PERINATAL OQIBATLARI: RETROSPEKTIV TAHLIL. Евразийский журнал медицинских и естественных наук, 5(11), 254-262. https://doi.org/10.5281/zenodo.17749408
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads