Articles

TUTQANOQ KASALLIGIDA ISHLATILADIGAN LAMOTRIDJIN DORI PREPAPATINI TIBBIYOTDA ISHLATILISHI VA TAHLILLARINI O‘RGANISH

Vol. 4 No. 6 (Special Issue) (2024): Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 107-108

2024-06-27 Articles CC BY 4.0 Open Access

Authors

  • S.Sh. Alimova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
  • Yo.T. Saidkarimova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
  • A.B. To’xtayeva Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

Abstract

Jahon Sog‘liqni Saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotiga asosan tutqanoq (epilepsiya) kasalligi turli xil xurujlar va hushdan ketishlar bilan nomoyon bo‘luvchi bosh miyaning surunkali kasalligi. Bu kasallikni 70 foizi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda rivojlanadi. Bu esa davolanishda ushbu preparatning keng qo‘llanilishiga va bu preparat bilan zaharlanish holatlarining kuzatilishiga sabab bo‘lmoqda. Lamotridgin keng tarqalgan klinik ta’sirlarda uyquchanlik va uyqusizlik, qusish, ko‘ngil aynishi,   bosh aylanishi va taxikardiya holatlarini keltirib chiqaradi. Kam uchraydigan asosiy klinik ta’sirlarga quyidagilar kiradi koma, tutqanoq, nafas depressiyasi,  siqilish va ko‘p organli tizimli allergik turdagi reaksiyalar kuzatilgan. [1,2].  Ushbu dorilar zamonaviy tibbiyot amaliyotida  tutqanoqqa qarshi farmakoterapiyaning asosiy qismlaridan bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ham davlatimizga hozirgi kunda ilm-fan, texnika, kimyo sanoatini rivojlanishi bilan bir qatorda ko’p chet mamlakatlardan turli guruhlarga mansub turli-tuman sintetik preparatlar tibbiyot sohasiga kirib kelmoqda. Bunday preparatlar organizmda paydo bo‘lgan patologik jarayonni normal holatga keltirish bilan bir qatorda, ayrim hollarda me’yoridan ortiq qo‘llash natijasida yoki organizmida kumulyasiyalanishi natijasida kuchli zaharlanish holatlariga olib kelish sabablari ro’y bermoqda [4]. Tutqanoqqa qarshi dori prepatlaridan gabapentin, lomotridjin, va boshqa  dorilari keng ishlatilib kelinmoqda.  

References

Yu.V.Bыkov,R.A. Bekker “Lamotridjin v kachestve korrektora

ryada povedencheskix narusheniy pri razlichnыx psixicheskix patologiyax”

Sokratis E. Karaoulanis*, Markos Syngelakis and Konstantinos Fokas “Rhabdomyolysis after lamotrigine overdose: a case report and review of the literature”

Lamotridgin dori moddasini YuKX usulida tahlilini o’rganish // S.Sh.Shokirova, Yo.T.Saidkarimova

Yo.T. Saidkarimova, F.S. Jalilov // Tutqanoqqa qarshi gabapentin dori preparatining O‘zbekiston farmatsevtika bozorida tutgan o‘rni // 2022 yil 3-son “Farnatsiya” Ilmiy-amaliy jurnali Toshkent-2023 mart oyida chop etildi 19-31 betlar

Readership

3 Views
0 PDF downloads
1 Countries

    Published

    2024-06-27

    How to Cite

    Alimova, S., Saidkarimova, Y., & To’xtayeva, A. (2024). TUTQANOQ KASALLIGIDA ISHLATILADIGAN LAMOTRIDJIN DORI PREPAPATINI TIBBIYOTDA ISHLATILISHI VA TAHLILLARINI O‘RGANISH. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 4(6 (Special Issue), 107-108. https://www.in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/10476
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    3 Views
    0 Downloads