BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSTQAIL FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Jild 4 son 8 (2026): Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali 190-195
Annotatsiya
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchining tayyor bilimlarni o‘zlashtirishi bilan bir qatorda, mustaqil ravishda fikrlashi, o‘z nuqtayi nazarini shakllantirishi, berilgan muammoli vaziyatni tahlil qilishi, turli fikrlarni taqqoslashi, asoslangan xulosa chiqarishi va o‘z qarorini dalillar asosida ifodalashi muhim kompetensiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish o‘quvchilarning keyingi ta’lim faoliyati va shaxsiy rivojlanishi uchun muhim pedagogik poydevor yaratadi.Tadqiqotda mustaqil fikrlash tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy komponentlari hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mazkur ko‘nikmani shakllantirishga ta’sir etuvchi pedagogik omillar tahlil qilingan. O‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishda muammoli ta’lim, interfaol metodlar, aqliy hujum, klaster, “B-B-B”, “Insert”, kichik guruhlarda ishlash, ijodiy topshiriqlar, mantiqiy savollar va didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish imkoniyatlari ochib berilgan. Shuningdek, o‘quvchilarga tayyor javobni taqdim etish o‘rniga ularni izlanishga, savol berishga, o‘z fikrini asoslashga va turli yechimlarni mustaqil izlab topishga yo‘naltirishning ahamiyati asoslangan.
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun. O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni. – Toshkent, 2019.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi PF-158-son Farmoni. – Toshkent, 2023.
Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2006.
Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A.H. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008.
Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006.
Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2004.
Mavlonova R.A., To‘rayeva O.T., Xoliqberdiyev K.M. Pedagogika. – Toshkent: O‘qituvchi, 2008.
G‘oziyev E.G‘. Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2010.
Vygotsky L.S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.
Dewey J. How We Think. – Boston: D.C. Heath & Co., 1933.
Bloom B.S. (Ed.). Taxonomy of Educational Objectives: The Classification of Educational Goals. – New York: David McKay Company, 1956.
Bruner J.S. The Process of Education. – Cambridge, MA: Harvard University Press, 1960.
Facione P.A. Critical Thinking: What It Is and Why It Counts. – Insight Assessment, 2015.
Fisher R. Teaching Children to Think. – Cheltenham: Stanley Thornes, 1995.
Paul R., Elder L. Critical Thinking: Tools for Taking Charge of Your Learning and Your Life. – Pearson Education, 2014.
Hattie J. Visible Learning: A Synthesis of Over 800 Meta-Analyses Relating to Achievement. – London: Routledge, 2009.
UNESCO. Reimagining Our Futures Together: A New Social Contract for Education. – Paris: UNESCO, 2021.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi