MAHALLALARDA XAVFSIZ MUHITNI ISHONCHLI TA’MINLASH BO‘YICHA MANZILLI PROFILAKTIK CHORA-TADBIRLAR TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
;
mahalla, xavfsiz muhit, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, kriminal o‘choq, “Mening inspektorim”, “E-ijtimoiy profilaktika”, ilmiy xulosa, elektron nazorat, manzilli chora-tadbir.Abstrak
Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, mahallalarda xavfsiz muhitni ishonchli ta’minlashga qaratilgan manzilli profilaktik chora-tadbirlar tizimini takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy, kriminologik va amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ijtimoiy profilaktika, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori, mahalliy hokimliklar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ta’lim-ilmiy muassasalar o‘rtasidagi hamkorlikni natijaga yo‘naltirilgan yagona sikl sifatida qurish zarurligi asoslangan. Maqolada Toshkent shahar Chilonzor tumani “Botirma” MFYda IIV Akademiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarga oid amaliy materiallar normativ-huquqiy tahlil bilan uyg‘unlashtirildi. Muallif mahalladagi xavfsizlik profilini shakllantirish, kriminal o‘choqlarni pasportlashtirish, “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-nizoli oila”, xizmat planshetlari hamda “Mening inspektorim” mobil ilovasi orqali elektron nazorat va aholining qayta aloqasini kuchaytirish, ijtimoiy moslashtirish dasturlarini individual keys-menejment shaklida yuritish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflarni ilgari suradi. Xulosa sifatida manzilli profilaktika faqat tadbirlar majmui emas, balki xavfni erta aniqlash, resursni aniq yo‘naltirish, ijrochini nomma-nom belgilash, natijani o‘lchash va aholining ishonchini oshirishga xizmat qiluvchi boshqaruv modeli ekanligi isbotlanadi..
Iqtiboslar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/uz/docs/7973611.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-son “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/7330260.
O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-2387357.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-dekabrdagi 754-son “Jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi Hukumat qarorlarini tizimlashtirish to‘g‘risida”gi qarori. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/ru/docs/7872510.
O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 22-apreldagi O‘RQ-350-son “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi: https://lex.uz/docs/-2156899.
Chilonzor tumani IIOFMB statistok malumotlari 2026-yil 27-aprel holatiga ko‘ra.
Ismoilov I. O‘zbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari // O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari: respublika amaliy-ilmiy konferensiyasi materiallari. - T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2015. - B. 14-20.
Ismoilov I., Ziyodullayev M.Z. Ichki ishlar organlari tayanch punktlarida faoliyat va hamkorlikni tashkil etish: o‘quv-amaliy qo‘llanma. - T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2017. - 254 b.
Matlyubov B.A., Muhamedov O‘.X., Tursunov A.S., Amirov Z.A., Alimov B.F. Ichki ishlar organlarining profilaktik faoliyatini boshqarish: darslik. - T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2018. - 295 b.
Murodov A.Sh. Ichki ishlar organlarining oiladagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklar profilaktikasini takomillashtirish: monografiya / Mas’ul muharrir: yu.f.d., prof. I. Ismoilov. - T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2020. - 96 b.
Goldstein H. Improving Policing: A Problem-Oriented Approach // Crime & Delinquency. - 1979. - Vol. 25. - P. 236. DOI: 10.1177/001112877902500207.
Sherman L.W. Evidence-Based Policing. Ideas in American Policing. - Washington, D.C.: Police Foundation, 1998. NCJ 177319.
Cohen L.E., Felson M. Social Change and Crime Rate Trends: A Routine Activity Approach // American Sociological Review. - 1979. - Vol. 44. - P. 588-608. DOI: 10.2307/2094589.
Felson M., Clarke R.V. Opportunity Makes the Thief: Practical Theory for Crime Prevention. Police Research Series, Paper 98. - London: Home Office, 1998.
Sampson R.J., Raudenbush S.W., Earls F. Neighborhoods and Violent Crime: A Multilevel Study of Collective Efficacy // Science. - 1997. - Vol. 277. - P. 918-924. DOI: 10.1126/science.277.5328.918.
Braga A.A., Turchan B., Papachristos A.V., Hureau D.M. Hot spots policing of small geographic areas effects on crime. Campbell Systematic Reviews. - 2019. DOI: 10.1002/cl2.1046.
Wilson J.Q., Kelling G.L. Broken Windows: The Police and Neighborhood Safety // The Atlantic Monthly. - 1982. - March.
Harcourt B.E., Ludwig J. Broken Windows: New Evidence from New York City and a Five-City Social Experiment // University of Chicago Law Review. - 2006. - Vol. 73. - P. 271.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi