O'ZBEKISTONDA INSONNING SOG'LIQNI SAQLASH HUQUQI: KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLAR VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.19547741Abstrak
Mazkur ilmiy maqolada Yangi O‘zbekiston sharoitida inson huquqlari tizimining fundamental asosi hisoblangan sog‘liqni saqlash va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqining konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari kompleks ravishda tahlil qilinadi. Tadqiqotda 2023-yilda yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ijtimoiy davlat tamoyilining belgilanishi va uning sog‘liqni saqlash sohasidagi transformatsion ahamiyati yoritib berilgan. Maqolaning asosiy mazmunini davlatning aholi salomatligini asrash borasidagi majburiyatlari, xususan, tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini bepul taqdim etishning huquqiy mexanizmlari hamda tibbiy sug‘urta tizimini joriy etishning nazariy-uslubiy jihatlari tashkil etadi. Shuningdek, maqolada sohani raqamlashtirish (E-Health), tibbiy xizmat ko‘rsatishda qonuniylikni ta’minlash va "Tibbiy huquq" tushunchasining shakllanishi bilan bog‘liq dolzarb masalalar amaliy misollar va xalqaro tajriba bilan qiyoslangan holda o‘rganilgan. Tadqiqot yakunida sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish va bemorlar huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari surilgan. Maqola huquqshunos olimlar, tibbiyot xodimlari, magistrantlar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallangan..##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-04-13
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Parizoda, N. (2026). O’ZBEKISTONDA INSONNING SOG’LIQNI SAQLASH HUQUQI: KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLAR VA TRANSFORMATSIYA JARAYONLARI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 4(4), 72-80. https://doi.org/10.5281/zenodo.19547741
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads