BARIATRIK-METABOLIK DAVOLASHDAN KEYINGI DAVRDA SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK MEZONLARINING QIYOSIY TAHLILI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.19469701Abstrak
Ushbu maqolada semizlik va 2-tur qandli diabet bilan kechuvchi metabolik buzilishlari bo‘lgan bemorlarda bariatrik-metabolik davolashdan keyingi erta davr natijalari qiyosiy baholandi. Tadqiqot prospektiv, kuzatuvli, ikki guruhli taqqoslovchi dizaynda o‘tkazilib, 2023–2025 yillarda statsionar sharoitda jarrohlik davolashga ko‘rsatmaga ega 80 nafar bemor kuzatildi. Asosiy guruhda bir anastomozli shuntlash yondashuvi, nazorat guruhida esa bipartishn modifikatsiyalari qo‘llanildi. Barcha bemorlarda operatsiyadan oldin va 3 oy o‘tgach antropometrik ko‘rsatkichlar hamda uglevod almashinuvi va insulin sekresiyasi bilan bog‘liq markerlar dinamikasi tahlil qilindi. Natijalarga ko‘ra, uch oyda ikkala guruhda ham ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi, biroq asosiy guruhda vazn kamayishi va glikemik nazoratning yaxshilanishi aniqroq namoyon bo‘ldi. Vazn yo‘qotishning mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlari, shuningdek tana vazni indeksi kamayishi asosiy guruhda ishonchli ustunlik bilan kechdi (p<0,001). Glyukoza ko‘rsatkichlari, glikozillangan gemoglobin hamda insulin va S-peptid dinamikasi ham asosiy guruhda tezroq normallashuv yo‘nalishini ko‘rsatdi (p<0,05). Olingan ma’lumotlar bariatrik-metabolik davolashdan keyingi erta davrda samaradorlikni baholashda kompleks yondashuv zarurligini hamda klinik tanlovda metabolik javob sur’atini inobatga olish muhimligini tasdiqlaydi.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-04-08
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
B.N., T., & T.A., Y. (2026). BARIATRIK-METABOLIK DAVOLASHDAN KEYINGI DAVRDA SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK MEZONLARINING QIYOSIY TAHLILI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 4(4), 46-50. https://doi.org/10.5281/zenodo.19469701
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads