OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMIZATSIYASI BILAN BOG'LIQ MASALALAR. XALQARO TAJRIBA VA NAZARIYALAR
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.18387928Abstrak
Maqola Oʻzbekiston Respublikasida voyaga yetmagan shaxslar (18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlar) ning zoʻravonlikning turli shakllarida – jismoniy, psixologik, jinsiy, iqtisodiy, e'tiborsizlik va kiberzoʻravonlikda qurbon boʻlish jarayonini – viktimizatsiyani keng koʻlamda oʻrganadi. Ilmiy nazariy asoslar (David Finkelhorning rivojlanish viktimologiyasi va poly-victimization konsepsiyasi, Urie Bronfenbrennerning ekologik tizim modeli, Lawrence Cohen va Marcus Felsonning routine activity nazariyasi)[1] asosida tahlil qilinib, Oʻzbekistondagi statistik ma'lumotlar, qonuniy mexanizmlar (Jinoyat kodeksining tegishli moddalari)[2], 2025 yil dekabr oyida Prezident tomonidan tasdiqlangan PF-256-son farmon bilan qabul qilingan 2026–2030 yillarga moʻljallangan Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to’g’risidagi farmonining mazmuni va amaliy ahamiyati koʻrib chiqiladi[3]. Maqola viktimizatsiyani oldini olish choralari, jabrlangan bolalarga psixologik, ijtimoiy va huquqiy yordam berish mexanizmlari, jamiyatdagi madaniy oʻzgarishlar va institutsional takomillashtirish yoʻllarini taklif etadi. Natijalar shuni koʻrsatadiki, poly-victimization va ekologik omillar Oʻzbekistonda bolalar xavfini oshiruvchi asosiy faktorlar boʻlib, yangi strategiya bu muammoni hal etishda muhim qadamdir. Maqola huquqshunoslar, psixologlar, pedagoglar va ijtimoiy xizmat xodimlari uchun foydali boʻlishi mumkin.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-01-27
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Shohrux, S. (2026). OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA VOYAGA YETMAGANLAR VIKTIMIZATSIYASI BILAN BOG’LIQ MASALALAR. XALQARO TAJRIBA VA NAZARIYALAR. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 4(1), 16-19. https://doi.org/10.5281/zenodo.18387928
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads