KOMPANIYANING IQTISODIY SALOHIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISH USULLARI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.15751825Abstrak
Mazkur maqolada kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini strategik tahlil qilish usullari tahlil qilingan. Iqtisodiy salohiyat kompaniyaning barqaror rivojlanishi, raqobatbardoshligini oshirish va bozor sharoitlariga moslashish imkoniyatlarini aniqlashda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada strategik tahlil jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy usullar va yondashuvlar, ularning amaliy ahamiyati hamda ustunliklari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida kompaniyaning iqtisodiy salohiyatini tahlil qilish uchun SWOT, PESTEL, Porterning beshta kuchi modeli kabi strategik tahlil vositalaridan foydalanish samaradorligi baholangan. Shuningdek, kompaniyaning moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini o‘rganish, raqamlashtirish imkoniyatlarini keng joriy qilish va xalqaro tajribani qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ushbu tadqiqot natijalari kompaniyalar uchun strategik rejalashtirish jarayonini optimallashtirish, investitsion qarorlarni samarali qabul qilish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishda amaliy ko‘mak sifatida foydalanilishi mumkin.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2025-06-27
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Mahbuba, M. (2025). KOMPANIYANING IQTISODIY SALOHIYATINI STRATEGIK TAHLIL QILISH USULLARI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(6), 148-153. https://doi.org/10.5281/zenodo.15751825
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads