OSHQOZON-ICHAK KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17862549Abstract
Ushbu ma’ruzada oshqozon-ichak tizimi kasalliklariga chalingan bemorlarda kuzatiladigan psixologik o‘zgarishlar, ularning kelib chiqish sabablari va namoyon bo‘lish mexanizmlari tahlil qilinadi. Oshqozon-ichak kasalliklari nafaqat jismoniy nosog‘lomlikni, balki bemorning emotsional holati, stressga bardoshliligi, tashvish darajasi va ruhiy barqarorligiga ham bevosita ta’sir qilishi mumkin. Kasallik rivojlanishida surunkali og‘riq, ovqat hazm qilishning buzilishi, hayot sifati pasayishi, shuningdek, uzoq davom etuvchi tibbiy muolajalar natijasida bemorlarda depressiya, tashvish sindromi, somatizatsiya kabi psixologik holatlar paydo bo‘lishi mumkin. Ma’ruzada psixosomatik aloqalarning o‘rni, stressning oshqozon-ichak tizimiga ta’siri, bemorlardagi psixologik reaksiyalar va ularni aniqlash usullari haqida batafsil ma’lumot beriladi. Shuningdek, bemorlarning psixologik holatini baholash, psixokorrektsiya va psixoterapiya usullaridan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqilib, kompleks yondashuvning kasallikni boshqarishdagi ahamiyati yoritib beriladi.Downloads
Published
2025-12-09
Issue
Section
Articles
How to Cite
Yulduz, N., & Durdona, S. (2025). OSHQOZON-ICHAK KASALLIKLARIGA CHALINGAN BEMORLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 3(12), 78-80. https://doi.org/10.5281/zenodo.17862549
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads