ZAMONAVIY ESTRADA QOʻSHIQLARIDA VOKAL IJRO VA DRAMATURGIK KOMPOZITSIYANING UYG'UNLASHUVI
Jild 3 son 6 (2025): Центральноазиатский журнал академических исследований 123-125
Annotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy estrada qo‘shiqlarining badiiy tuzilmasi va ijro texnikasi o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik tahlil qilinadi. Ayniqsa, vokal ijroning ifodaviy imkoniyatlari, emotsional yetkazuvchanlik darajasi hamda dramaturgik kompozitsiya unsurlarining mazmun bilan uyg‘unlashuvi asosida qo‘shiqning ta’sirchanlik kuchi aniqlanadi. Estrada san’atining bugungi bosqichida vokal ijrochilarning sahnaviy xarakteri, ovoz tembri, dinamika va intonatsiyaviy uslublar orqali musiqiy obraz yaratishdagi yondashuvlari alohida o‘rganiladi. Shuningdek, dramaturgik yechimning asosiy tarkibiy qismlari – kirish, rivojlanish, kulminatsiya va yakun bosqichlari qo‘shiq matni va musiqasi orqali qanday uyg‘unlashayotgani misollar orqali ochib beriladi. Tadqiqot yakunida estrada ijrochiligi sohasidagi kreativ yondashuvlar va badiiy tafakkur asosida yaratilgan namunalarning vokal va dramaturgik uyg‘unlik mezonlariga ta’siri haqida xulosalar berilgan.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
2025-06-19
Son
Boʻlim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Mirzabek, A. (2025). ZAMONAVIY ESTRADA QOʻSHIQLARIDA VOKAL IJRO VA DRAMATURGIK KOMPOZITSIYANING UYG’UNLASHUVI. Markaziy Osiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(6), 123-125. https://doi.org/10.5281/zenodo.15696712
Article metrics
Views and PDF downloads
3
Views
0
Downloads