ABDOMINAL O'SMALAR TARQALISHI, KOLOREKTAL O'SMALAR DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI

Authors

  • Muzaffarov, Dilshodbek Author
  • Abdurahimov, Nurmuhammad Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20080745

Abstract

Abdominal o‘smalar (gastrointestinal trakt neoplazmlari) dunyo bo‘yicha yuqori morbidite (kasallanish darajasi) va mortalite (o‘lim darajasi) bilan bog‘liq kasalliklar hisoblanadi. Ular oshqozon, yo‘g‘on ichak, rektum va boshqa ichki organlarda rivojlanadi. Kolorektal neoplazmlar, ayniqsa, sinxron (bir vaqtda) va metoxronik (keyinchalik) o‘smalar sifatida uchrashi mumkin. Klinik jihatdan, o‘smalarning erta aniqlanishi va samarali davolash bemorlarning prognozi va hayot sifati uchun muhimdir. Oshqozon saratoni bilan kasallangan bemorlarning 35–40% da kolorektal neoplazm uchrashi aniqlangan. Shu sababli, oshqozon yoki boshqa abdominal neoplazm tashxisi qo‘yilgan bemorlarda kolorektal skrining va erta diagnostika zarur. Abdominal o‘smalar — qorin bo‘shlig‘idagi a’zolarda rivojlanadigan yaxshi yoki yomon sifatli o‘smalardir. Ular oshqozon, jigar, ichaklar, oshqozon osti bezi va boshqa organlarda paydo bo‘lishi mumkin. Asosiy belgilariga qorin og‘rig‘i, vazn yo‘qotish, ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi va ich ketishi yoki qabziyat kiradi. Yomon sifatli o‘smalar tez o‘sib, metastaz berishi mumkin. Tashxis qo‘yish uchun ultratovush (UZI), KT, MRT va biopsiya ishlatiladi. Davolash usullari o‘smaning turiga qarab jarrohlik, kimyoterapiya yoki nurlanish terapiyasini o‘z ichiga oladi. Erta aniqlash davolash samaradorligini oshiradi

Downloads

Published

2026-05-08

Issue

Section

Articles

How to Cite

Dilshodbek, M., & Nurmuhammad, A. (2026). ABDOMINAL O’SMALAR TARQALISHI, KOLOREKTAL O’SMALAR DIAGNOSTIKASI VA DAVOLASH CHORA TADBIRLARI. Central Asian Journal of Academic Research, 4(5), 128-131. https://doi.org/10.5281/zenodo.20080745
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads