DAVLATNING ASOSIY VA QO'SHIMCHA BELGILARI: NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLAR VA KONSEPTUAL YONDASHUVLAR
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18951357Abstract
Ushbu maqolada davlatning asosiy va qo‘shimcha belgilari nazariy-metodologik yondashuvlar asosida keng qamrovli tahlil qilinadi. Asosiy belgilar — hudud, aholi, davlat hokimiyati va suverenitet — mahalliy va xorijiy olimlar qarashlari orqali chuqur izohlanadi. Tadqiqotda Odilqoriev, Saidov, Xidoyatov kabi o‘zbek olimlari hamda Vebber, Bodin, Jeykobz singari klassik nazariyachilar fikrlari solishtirilgan holda davlat belgilari mazmuni ochib beriladi. Qo‘shimcha belgilar — davlat ramzlari, pul birligi, qurolli kuchlar, poytaxt va ayniqsa soliq tizimi — davlatning barqaror faoliyat yuritishidagi zaruriy iqtisodiy-moliyaviy asos sifatida izohlanadi. Shuningdek, davlatning vujudga kelishiga doir ilohiy, shartnoma, zo‘rlov, patriarxal, iqtisodiy va marksistik nazariyalar qiyosiy o‘rganilib, zamonaviy davlatning shakllanishida har bir nazariyaning nisbiy o‘rni ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida davlatning asosiy belgilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq murakkab tizim bo‘lib, qo‘shimcha belgilar ushbu tizimning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynashi xulosasi keltiriladi.Downloads
Published
2026-03-11
Issue
Section
Articles
How to Cite
Islom, C. (2026). DAVLATNING ASOSIY VA QO’SHIMCHA BELGILARI: NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLAR VA KONSEPTUAL YONDASHUVLAR. Central Asian Journal of Academic Research, 4(3), 31-37. https://doi.org/10.5281/zenodo.18951357
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads