INKLYUZIV TA'LIM TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK VA IJTIMOIY MOHIYATI
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.18428097Abstract
Inklyuziv ta’lim zamonaviy ta’lim siyosati va pedagogik amaliyotda “hamma uchun sifatli ta’lim” g‘oyasini ro‘yobga chiqaruvchi asosiy mexanizmlardan biri sifatida qaraladi. Mazkur maqolada inklyuziv ta’lim tushunchasining pedagogik va ijtimoiy mohiyati nazariy-metodologik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida inklyuziyaning shakllanishi, maxsus ta’lim va integratsiya yondashuvlari bilan chegaradosh jihatlari, “tenglik” va “adolat” kategoriyalari bilan bog‘liqligi yoritiladi. Kontent va konseptual tahlil natijalari inklyuzivlikning pedagogik mazmuni, avvalo, ta’lim dizaynini moslashuvchan qurish, to‘siqlarni bartaraf etish, o‘qitish metodlarini diversifikatsiya qilish va baholashni rivojlantiruvchi mexanizmga aylantirish orqali namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. Ijtimoiy mohiyat esa kamsitmaslik, ijtimoiy integratsiya, fuqarolik ishtiroki hamda jamiyatda tolerantlik va hamjihatlik madaniyatini mustahkamlash bilan izohlanadi. Maqolada inklyuziv ta’limni ta’lim sifati va ijtimoiy adolatni birlashtirgan integrativ strategiya sifatida talqin qilish asoslanadi, shuningdek, milliy kontekstda huquqiy poydevor va amaliy amalga oshirish sharoitlariga oid muhokamalar keltiriladi..Downloads
Published
2026-01-30
Issue
Section
Articles
How to Cite
Barno, M. (2026). INKLYUZIV TA’LIM TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK VA IJTIMOIY MOHIYATI. Central Asian Journal of Academic Research, 4(1), 42-47. https://doi.org/10.5281/zenodo.18428097
Article metrics
Views and PDF downloads
3
Views
0
Downloads