HOMILA ICHI MEKONIYALI PERITONITIN TEKSHIRISH VA DAVOLASHNI TAKOMILASHTIRISH (ADABIYOTLAR SHARHI)

Authors

  • Boboyev, M. Sh. Author
  • Xaydarov, N. S. Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17732766

Abstract

Ushbu adabiyotlar sharhi homila ichi mekoniyali peritonit (MP)ning etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinik kechishi, prenatal va postnatal tashxis usullari hamda jarrohlik davolash tamoyillarini tahlil qiladi. MP homila ichaklarining perforatsiyasi natijasida mekoniy qorin bo‘shlig‘iga chiqishi bilan kechadigan, kam uchraydigan, ammo og‘ir kechuvchi neonatal xirurgik patologiya hisoblanadi. 1761–2024 yillar oralig‘idagi tarixiy va zamonaviy manbalarga asoslangan holda kasallikning shakllari (fibroadgeziv, kistoz va generalizatsiyalashgan), o‘lim ko‘rsatkichiga ta’sir etuvchi omillar, ultratovush tekshiruvining diagnostik ahamiyati, jarrohlik taktikaning evolyutsiyasi hamda ikki bosqichli jarrohlik yondashuvining afzalliklari yoritilgan. Prenatal tashxis imkoniyatlarining kengayishiga qaramay, mekoniyali peritonitda kech tashxis qo‘yilishi, jarrohlik protokollarining yetarli darajada standartlashtirilmaganligi va uzoq muddatli natijalar bo‘yicha ma’lumotlarning cheklanganligi ushbu patologiyani dolzarb ilmiy muammo sifatida saqlab qolmoqda. Kelgusidagi tadqiqotlar erta tashxis mezonlarini aniqlashtirish, optimal jarrohlik taktikalarini ishlab chiqish va neonatal intensiv terapiya yondashuvlarini takomillashtirishga yo‘naltirilishi zarur

Downloads

Published

2025-11-27

How to Cite

Sh., B. M., & S., X. N. (2025). HOMILA ICHI MEKONIYALI PERITONITIN TEKSHIRISH VA DAVOLASHNI TAKOMILASHTIRISH (ADABIYOTLAR SHARHI). Central Asian Journal of Academic Research, 3(11), 142-148. https://doi.org/10.5281/zenodo.17732766
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads