«Zamonaviy dunyoda pedagogika va psixologiya: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-03-05

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHNING METODIK JIHATLARI

Ushbu tezisda boshlang'ich sinf o'quvchilarining lingvistik kompetensiyalarini takomillashtirishning metodik jihatlari ilmiy-nazariy va amaliy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Ishda fonetik, leksik, grammatik va nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirishga yo'naltirilgan zamonaviy metodlar, didaktik tamoyillar va ta'lim texnologiyalari ko'rib chiqiladi. Ona tili ta'limida kommunikativ, faoliyatli va shaxsga yo'naltirilgan yondashuvlarning metodik imkoniyatlari asoslanadi. Shuningdek, o'qituvchi-o'quvchi hamkorligini ta'minlovchi interaktiv usullar va ularning lingvistik kompetensiyani shakllantirishdagi o'rni mahalliy hamda xalqaro tadqiqotlar asosida yoritiladi.

D.H. Salimova

4-7

2026-03-05

YURAK PATOFIZIOLOGIYASI: ASOSIY BUZILISHLAR VA RIVOJLANISH MEXANIZMLARI

Yurak-qon tomir tizimi inson organizmining hayot faoliyatini ta’minlovchi eng muhim tizimlardan biridir. Yurak faoliyatining buzilishi butun organizmda gemodinamik o‘zgarishlar va to‘qimalarda kislorod yetishmovchiligiga olib keladi. Ushbu maqolada yurak patofiziologiyasining asosiy mexanizmlari, jumladan miokard qisqaruvchanligining buzilishi, yurak qo‘zg‘aluvchanligi va o‘tkazuvchanligidagi o‘zgarishlar hamda gemodinamik buzilishlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, yurak yetishmovchiligi rivojlanishida kompensator mexanizmlarning roli va ularning organizm uchun ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Raufova Jasmin Rasuljanovna

8-10

2026-03-09

O'ZBEK FILOLOGIYASI VA UNING RIVOJLANISHI

O'zbek filologiyasi Markaziy Osiyodagi lingvistik va adabiy tadqiqotlarning muhim sohalaridan biridir. U o'zbek tilini, uning tarixi, grammatikasi, lug'ati, lahjalari, adabiyoti va madaniy merosini o'rganadi. O'zbek filologiyasining rivojlanishi bir necha tarixiy bosqichlardan o'tdi, ilk turkiy yozma yodgorliklardan tortib, XXI asrning zamonaviy ilmiy lingvistik tadqiqotlarigacha. Ushbu dissertatsiyada o'zbek filologiyasining tarixiy evolyutsiyasi, uning asosiy ilmiy yo'nalishlari, taniqli olimlarning hissalari va globallashuv va raqamli texnologiyalar davrida uning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi.

Yulanova Nargiza Davlatovna , Gayubova Komila Anvarovna

11-13

2026-03-09

ERKIN VOHIDOV- SHERIYATIDA MILLIY RUH VA INSONIY QADRIYATLARNING BADIIY IFODASI

Ushbu maqolada O’zekiston Qahramoni, Xalq shoiri Erkin Vohidovning hayoti va ijodi, vatanparvarlik, insoniylik va ma’naviy qadriyatlar tahlil qilinadi. SHoirning sheriyatida o’zbek millatining dardini, inson kechinmalarini qalban his etish bosh ro’l hisoblanadi va satrlarga muhrlash orqali xalq qalbidan joy olishining sir-asrorlari yoritib beriladi.

Mahmatqulova Shirin

14-16

2026-03-09

DIQQAT YETISHMASLIGI VA GIPERAKTIVLIK SINDROMI

Ushbu maqola DEHB sindromi nima, qayerdan paydo bo’lgan, uning sabablari va asoratlari, qanday qilib bunday sindromi bor insonlar bilan muloqot qilish kerak degan savollarga javob beradi. Shu o’rinda maqolada DEHB sindromi bilan tashhislangan insonlarga qanday yordam berish mumkin va ular qanday davolanishlari mumkinligi haqida ma’lumot beradi.

Raxmadjonova Nilufar Kamoljon qizi

17-20

2026-03-09

OY RAMZIY MA’NOLARINING ARXITEKTURADAGI IFODASI

Ushbu maqolada oy timsolining ramziy, falsafiy va kosmologik ma’nolari hamda ularning me’morchilikda ifodalanish shakllari tahlil qilinadi. Oy qadimdan vaqt aylanishi, yangilanish, noziklik va ilohiy nur ramzi sifatida talqin etilgan. Markaziy Osiyo me’morchiligida oy shakllari bezak tizimlarida, gumbaz kompozitsiyalarida, me’moriy nisbat va yorug‘lik tashkilida muhim o‘rin tutgan. Maqolada oy ramzining qadimgi diniy qarashlardan tortib islomiy me’morchilikdagi talqinlarigacha bo‘lgan rivojlanish jarayoni yoritiladi.

Saipova Madina Saidaxbor qizi

21-23

2026-03-11

РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКОГО ПОТЕНЦИАЛА СТУДЕНТОВ В МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИНТЕРАКТИВНЫХ И КРЕАТИВНЫХ МЕТОДОВ

В данной работе анализируется роль интерактивных и креативных методов в преподавании музыкальных дисциплин на бакалавриате. Исследование направлено на развитие профессионального, педагогического и творческого потенциала студентов, а также формирование их методической подготовки и эстетического мышления. В работе рассматриваются интерактивные методы, креативные подходы и их педагогическая эффективность на основе научных данных, при этом тезис обогащен мнениями как международных, так и отечественных ученых.

Сабирджанова Дильнозахон Зафар кизи

24-27

2026-03-13

KREDIT-MODUL TIZIMI ASOSIDA O‘QUV MATERIALLARINING ZAMONAVIY DIDAKTIK TA’MINOTINI YARATISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada kredit-modul tizimi sharoitida o‘quv materiallarining zamonaviy didaktik ta’minotini yaratish, ularni kompetensiyaviy yondashuv asosida loyihalash hamda raqamli ta’lim muhitiga integratsiya qilish masalalari yoritiladi.

Maqsudbekova Shaxnoza Ilhom qizi

28-31

2026-03-13

AUDITORIYADAN TASHQARI MUSIQA MASHG‘ULOTLARI VA UNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK ZARURATI

Mazkur tezisda auditoriyadan tashqari musiqa mashg‘ulotlarini tashkil etishning pedagogik zarurati, uning o‘quvchi-yoshlarning estetik didini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, musiqa to‘garaklari, ijodiy uchrashuvlar, konsert dasturlari va musiqiy loyihalar kabi shakllar orqali o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning metodik jihatlari ko‘rib chiqiladi.

Muxammadjonova Husnida A’zamjon qizi

32-34

2026-03-13

SUN’IY INTELLEKTNING INSON TAFAKKURI VA MULOQOT JARAYONIGA TA’SIRI

Ushbu maqolada sun’iy intellektning inson tafakkuri va muloqot jarayoniga ta’siri haqida so‘z yuritiladi.Shuningdek, sun’iy intellektning inson fikrlash qobiliyatini rivojlantirishdagi ijobiy jihatlari hamda texnologiyalarga haddan tashqari bog‘liqlik natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ayrim salbiy tomonlari ilmiy hijatdan yoritiladi. Maqolada sun’iy intellektdan oqilona foydalanish inson tafakkuri rivoji va samarali muloqot uchun muhim ekani ta’kidlanadi. 

Ahmedova Ruxshona Shodi qizi

35-37

2026-03-16

НЕОЛОГИЗМЫ В СОВРЕМЕННОМ РУССКОМ ЯЗЫКЕ: СЛОВООБРАЗОВАТЕЛЬНЫЙ АСПЕКТ

В статье рассматриваются неологизмы современного русского языка с точки зрения их словообразовательной структуры. Анализируются основные способы образования новых слов, продуктивные словообразовательные модели, а также факторы, влияющие на появление неологизмов в различных сферах коммуникации. Особое внимание уделяется связи процессов неологизации с культурой речи и профессиональной компетенцией педагога-словесника.

Зоирова Ф.У.

38-41

2026-03-16

TAJRIBA-SINOV ISHLARI PEDAGOGIK RISKLAR FONDINI SHAKLLANTIRISH MANBAYI SIFATIDA

Mazkur tezisda tajriba-sinov ishlarining pedagogik jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan pedagogik risklarni aniqlash, baholash va ularni tizimli ravishda boshqarishdagi ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, pedagogik risklar fondini shakllantirish orqali ta’lim jarayonini yanada samarali tashkil etish, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etishda ehtimoliy muammolarni oldindan bashorat qilish hamda ularni bartaraf etish mexanizmlarini ishlab chiqish masalalari asoslab beriladi.

Xaytbayeva Nilufar G‘anijonovna

42-45

2026-03-16

TIFLOPEDAGOGIKA VOSITASIDA KOʻZI OJIZ OʻQUVCHILAR MUSIQIY SAVODXONLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Ushbu tezisda tiflopedagogika vositalari asosida ko‘zi ojiz o‘quvchilarning musiqiy savodxonligini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi musiqiy yozuvni idrok etish, ritm va intonatsiyani anglash hamda ijro ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladigan metodik shart-sharoitlarni asoslashdir. Metodologiya sifatida tizimli-tahliliy yondashuv, ta’limiy dizayn va diagnostik kuzatuvlar qo‘llanadi. Ilmiy yangilik tifloadaptiv didaktik yechimlar majmuasini pedagogik model sifatida asoslashda ifodalanadi.

Astanova Zumradxon Toxirovna

46-48

2026-03-16

“OʻZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI VA “MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI” DAVLAT DASTURI DOIRASIDA MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish boʻyicha davlat siyosati, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” davlat dasturi doirasidagi chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maktabgacha taʼlim tizimini modernizatsiya qilishning asosiy yoʻnalishlari, bolalar qamrovi, pedagoglarning malaka oshirish masalalari va xavfsizlik choralariga eʼtibor qaratilgan.

Sh.N.Qosimova

49-51

2026-03-16

PSIXOLOGIYADA SHAXS KOMMUNIKATIV VA TASHKILOTCHILIK XUSUSIYATLARINING NAZARIY TADQIQI

Ushbu maqolada shaxslararo muloqot jarayonining rivojlanishi, kommunikativ va tashkilotchilik qobiliyatining shakllanishi, muloqot insonlarning asosiy ijtimoilashuv vositasi hisoblanadi. Iqtidor-bu hayot davomida psixikani rivojlanish tizimidir. iqtidorli o‘quvchilarning psixologik xususiyatlari, ularning intellektual, ijodiy va emotsional rivojlanish jihatlari tahlil qilinadi Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash va ularning qobiliyatlarini rivojlantirish masalalari zamonaviy ta’lim tizimi nuqtai nazaridan yoritilgan.

Abdullayeva Zuhro Ismoilovna

52-56

2026-03-16

KICHIK MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARDA SHAXSLARARO MUNOSABATNI SHAKLLANISHIDA DO’STLIK HISSINING O‘RNI

Birinchi sinf o‘quvchilarining shaxslararo munosabatlari asosan o‘qituvchi tomonidan o‘quv jarayonini tashkil etish uslubi orqali shakllanadi. Chunki maktabga endigina qadam qo‘ygan bolalar uchun o‘qituvchi nafaqat bilim beruvchi, balki ijtimoiy muhitni boshqaruvchi va bolalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi muhim shaxs hisoblanadi. O‘qituvchi tomonidan dars jarayonining qanday tashkil etilishi, bolalarga bo‘lgan munosabat uslubi, ularni rag‘batlantirish yoki baholash jarayonlari sinfdagi shaxslararo munosabatlarning shakllanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli birinchi sinfda o‘qituvchi sinf jamoasining yetakchi figurasi sifatida namoyon bo‘ladi va bolalarning o‘zaro aloqalari ko‘p jihatdan uning pedagogik faoliyati bilan belgilanadi. Natijada sinf ichida ayrim o‘quvchilarning mavqei, ya’ni ijtimoiy maqomi shakllana boshlaydi.

Nig‘matova Shohsanam, Egamova Mushtariy, Qosimova Dilshunos

57-59

2026-03-16

KICHIK MAKTAB YOSHI DAVRIDA SHAXSLARARO MUNOSABATILARNING SHAKLLANISHIDA OILANING ROLI

Kichik maktab yoshi davri inson hayotining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ushbu davr odatda 6 (7) –10 (11) yosh oralig‘ini qamrab olib, bolaning shaxsiy, ijtimoiy va psixologik rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.[1] Aynan shu davrda bolada o‘zini anglash jarayoni faollashib, shaxs sifatida shakllanishning dastlabki asoslari vujudga keladi. Bola o‘zining imkoniyatlari, qobiliyatlari va atrofdagi insonlar bilan munosabatlarini asta-sekin anglay boshlaydi. Shu bilan birga, unda o‘z-o‘ziga baho berish mexanizmi shakllanadi. Bu jarayon bolaning o‘z faoliyatini baholashi, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarga bo‘lgan munosabatini belgilab beradi.[4]

Nig‘matova Shohsanam, Qobiljonova Shahzodabonu, Xolboyeva Afruza

60-62

2026-03-16

UL YUZI GUL NIGORNING MEHRI JAMOLINI KO‘RING G‘AZALI BADIIY TAHLILI

Ushbu maqolada Muhammad Rizo Ogahiy g‘azallarida qo‘llangan badiiy tasvir vositalari tahlil qilinadi. Shoir lirikasida tashbeh, isti’ora, mubolag‘a, tanosub, ramz kabi she’riy san’atlarning qo‘llanishi misollar asosida yoritiladi. Ogahiy g‘azallarida ushbu badiiy vositalar ma’shuqa go‘zalligini tasvirlash, oshiqning ruhiy kechinmalarini ifodalash hamda she’rning estetik ta’sirini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatib beriladi.

Yuldasheva Xilola , Baxtiyorova Madina Jasur qizi

63-65

2026-03-16

XUSUSIY MAKTABLAR BOSHQARUV FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA LOYIHAVIY MENEJMENTNING O‘RNI

Mazkur maqolada xususiy maktablar boshqaruv faoliyati samaradorligini oshirishda loyihaviy menejmentning o‘rni tahlil qilinadi. Unda xususiy maktab boshqaruvining o‘ziga xos xususiyatlari, loyihaviy menejmentning mazmuni va boshqaruv jarayoniga ta’sir etish mexanizmlari yoritiladi.

Abdullayev Farrux Rustam o‘g‘li

66-70

2026-03-16

O‘SMIRLARDA SANOGEN TAFAKKURNI RIVOJLANTIRISHDA STRESSGA CHIDAMLILIKNI OSHIRISH

Mazkur maqolada o‘smirlarda sanogen tafakkurni rivojlantirishda stressga chidamlilikni oshirishning psixologik mexanizmlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘smirlarning emotsional barqarorligi, kognitiv moslashuvchanligi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash omillarining ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, stressli vaziyatlarda konstruktiv fikrlashni shakllantirish, salbiy emotsiyalarni boshqarish hamda ichki resurslarni faollashtirish usullari ko‘rib chiqiladi. Maqolada zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida stressga chidamlilikni oshirish orqali sanogen tafakkurni rivojlantirishning samarali yo‘llari taklif etiladi.

Toshpulatov Abdulaziz Quvondiq o‘g‘li

71-76

2026-03-17

EKSPERIMENTAL PSIXOLOGIK MA'LUMOTLARNI EMPERIK TAHLIL QILISH TURLARI

Mazkur maqolada eksperimental psixologik tadqiqotlarda olingan ma’lumotlarni empirik tahlil qilishning nazariy va metodologik asoslari yoritiladi. Psixologik eksperiment jarayonida to‘plangan ma’lumotlarni tizimli ravishda qayta ishlash, ularning ishonchliligi va ilmiy asoslanganligini aniqlash muhim ilmiy vazifa hisoblanadi. Tadqiqotda empirik tahlilning asosiy turlari, jumladan, tavsifiy statistik tahlil, korrelyatsion tahlil, faktorli tahlil hamda qiyosiy tahlil usullarining ilmiy-amaliy imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, psixologik tajribalar natijalarini interpretatsiya qilish jarayonida statistik ko‘rsatkichlar va eksperimental omillar o‘rtasidagi bog‘liqliklarni aniqlashning ahamiyati asoslab beriladi. Maqolada empirik tahlilning psixologik tadqiqotlarda ob’ektivlikni ta’minlash, eksperimental gipotezalarni tekshirish hamda nazariy xulosalarni shakllantirishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, eksperimental ma’lumotlarni empirik tahlil qilishning kompleks yondashuvi psixologik jarayonlarni chuqurroq anglash va ularni ilmiy jihatdan izohlash imkonini beradi. Shu bilan birga, empirik tahlil usullarini to‘g‘ri tanlash va qo‘llash psixologik tadqiqotlarning metodologik aniqligi hamda natijalarining ilmiy ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Usmonova Diyora Dilshod qizi

77-82

2026-03-17

PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI

Mazkur maqolada psixofizika fanining paydo bo‘lishi va ilmiy fan sifatida shakllanish jarayonida nemis olimlari Ernst Veber hamda Gustav Teodor Fexner tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarning nazariy va metodologik ahamiyati tahlil qilinadi. Psixofizika inson sezgi jarayonlari bilan tashqi jismoniy ta’sirlar o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rganadigan muhim ilmiy yo‘nalish sifatida psixologiya tarixida alohida o‘rin egallaydi. Maqolada Veber tomonidan ishlab chiqilgan sezgi farqlanish chegaralari haqidagi ilmiy qarashlar hamda uning tajriba asosidagi kuzatuvlari psixofizikaning shakllanishiga qanday ta’sir ko‘rsatgani yoritiladi. Shuningdek, Fexner tomonidan taklif etilgan psixofizik qonun, ya’ni jismoniy ta’sir intensivligi bilan subyektiv sezgi kuchi o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi nazariy model ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda psixofizika fanining shakllanishi eksperimental psixologiyaning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligi asoslab beriladi. Veber va Fexner ilmiy ishlari psixologiyada miqdoriy o‘lchash usullarining paydo bo‘lishiga zamin yaratgani hamda sezgi jarayonlarini ilmiy eksperiment orqali o‘rganish imkoniyatini kengaytirgani ko‘rsatib beriladi. Natijada psixofizika inson sezgi tizimining qonuniyatlarini ilmiy asosda tushuntirishga xizmat qiluvchi muhim nazariy va amaliy yo‘nalish sifatida shakllanganligi xulosa qilinadi.

Amrullayeva Xosiyat Norbobo qizi

83-88

2026-03-17

PSIXOSOMATIK KASALLIKLARNI PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYA QILISH

Ushbu tezis psixosomatik kasalliklarning psixologik omillar bilan bog‘liqligini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda stress, emotsional zo‘riqish va ichki psixologik konfliktlarning somatik buzilishlarga ta’siri 35 nafar respondent ishtirokida o‘tkazilgan empirik kuzatuv asosida tahlil qilindi. Psixologik diagnostika usullari (suhbat, testlar) va psixokorreksiya metodlari salomatlikni tiklash jarayonida muhim ekani asoslandi. Natijalar kompleks yondashuv psixosomatik simptomlarni kamaytirish va psixologik barqarorlikni oshirishda samarali ekanini ko‘rsatdi.

Rasulova Naima Baxtiyorovna

89-91

2026-03-17

O‘SMIRLARDA O‘Z-O‘ZINI BAHOLASH SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK JIHATLARI VA OILAVIY MUNOSABATLAR TA’SIRI

Oʻsmirlik davri shaxs rivojlanishining oʻziga xos bosqichi boʻlib, unda insonning ruhiy, ijtimoiy va maʼnaviy jihatdan shakllanishi jadal surʼatda kechadi. Bu davrda oʻsmirlar oʻz shaxsini anglashga, oʻz qobiliyatlari va imkoniyatlarini baholashga intila boshlaydilar. Ayniqsa, oʻz-oʻzini baholash jarayoni ushbu davrda muhim psixologik ahamiyat kasb etadi. Oʻz-oʻzini baholash shaxsning oʻziga, oʻz xatti-harakatlariga va oʻz imkoniyatlariga beradigan bahosi sifatida namoyon boʻladi. Ushbu jarayon oʻsmirning ijtimoiy muhitga moslashuvi, oʻziga boʻlgan ishonchi hamda kelajakdagi hayotiy faoliyatiga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Nig‘matova Shohsanam, Temirova Maryam, Muzaffarova Marjona

92-93

2026-03-17

SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “KIMSASIZ HOVLI” TOʻPLAMIGA KIRGAN HIKOYALARI MATNIDA PEYZAJNING MAZMUNI VA VAZIFASI

Ushbu maqolada Shukur Xolmirzayev va uning hikoyalari tadqiq etilgan. Shuningdek, “Kimsasiz hovli” to‘plamidagi inson va uning atrofidagi tabiat tasviri haqidagi nazariy qarashlar ochib beriladi. Mazkur tadqiqotning bosh maqsadi ushbu durdona asarning asosini o‘quvchilarga yetkazish hamda adabiyotshunoslik sohasiga oz bo‘lsa-da hissa qo‘shishdir.

Choriyev Nurbek Jumanazar oʻgʻli

94-98

2026-03-17