«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-02-05

CHET TILI TA’LIMIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINING FUNKSIONAL VA DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Tadqiqotlari uchun 22 mingdan ortiq resurslardan foydalanadigan «Statista» statistik portaliga ko'ra, 2016 yilda dunyoda 2,5 milliardga yaqin smartfon foydalanuvchisi bo'lgan, 2019 yilga kelib esa bu raqam allaqachon 3,2 milliardni tashkil etgan va har yili u faqat o'sishda davom etmoqda. Rossiya Federatsiyasiga kelsak, xuddi shu portal ma'lumotlariga ko'ra, 2016 yilda foydalanuvchilar soni 60 milliondan ortiq kishini tashkil etgan bo'lsa, 2021 yilga kelib 100 milliondan ortiq [263] kutilmoqda. Yana bir nufuzli portal «Pew Research Center» 2018-yilda smartfonlarning dunyoda mashhurligi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni taqdim etdi, unga ko‘ra butun dunyo bo‘ylab 4,3 milliard odam smartfonlardan foydalanadi [252].

Madmusayev Jaxongir Muxtorali o‘g‘li

4-7

2026-02-04

ZAMONAVIY DUNYODA INNOVATSION TADQIQOTLAR: NAZARIYA VA AMALIYOT

Mazkur tezis zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlarning nazariy va amaliy jihatlarini tahlil qilishga bag‘ishlangan. Ishda innovatsiya tushunchasining ilmiy-nazariy asoslari, innovatsion tadqiqotlarning turlari hamda ularning turli sohalardagi amaliy ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uyg‘unlik masalalari tahlil qilinib, innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish yo‘llari ko‘rsatib berilgan. Tezis natijalari innovatsion rivojlanish jarayonlarini chuqurroq anglash va ularni amaliyotga tatbiq etishda ilmiy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.

Mirzaumarov Dilmurod Bobir o‘g‘li

8-9

2026-02-04

MUSIQIY RITMIK HARAKATLARNING MAZMUN MOHIYATI

Ushbu maqolada musiqiy ritmik harakatlarning pedagogik va psixologik mazmun mohiyati nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda musiqiy ritmik harakatlarning bolalar rivojlanishidagi o'rni, ularning emotsional, kognitiv va jismoniy rivojlanishga ta'siri ilmiy adabiyotlar asosida o'rganilgan. Tadqiqot natijalarida musiqiy ritmik harakatlarning shaxs kamolotida kompleks ta'sir ko'rsatuvchi vosita ekanligi asoslangan hamda zamonaviy ta'lim jarayonida ulardan foydalanishning metodologik ahamiyati yoritilgan.

Xudoyberdiyeva Ozodaxon Olimjon qizi, Nurmatova Iroda To'xtasinovna

10-12

2026-02-05

LINGUACULTURAL INTERPRETATION OF PHRASEOLOGICAL UNITS EXPRESSING PERSONAL SPIRITUALITY IN UZBEK AND ENGLISH LANGUAGES

This article examines the linguacultural interpretation of Uzbek and English phraseological units that convey human spirituality. It analyzes idioms, proverbs, and fixed expressions as reflections of moral and cultural values, drawing on the works of Uzbek and international scholars. The study demonstrates that phraseology is both a linguistic and cultural phenomenon, contributing to the preservation of national identity, intercultural understanding, and the transmission of spiritual heritage in the context of globalization.

Zuxra Safarova

13-17

2026-02-05

МЕТОДИКА М. МОНТЕССОРИ В РАЗВИТИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ ДЕТЕЙ С ЗАДЕРЖКОЙ ПСИХИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ

Рост числа детей с задержкой психического развития (ЗПР) требует внедрения эффективных коррекционно-развивающих подходов. Методика М. Монтессори представляет собой педагогическую систему, направленную на развитие самостоятельности, сенсорного опыта, моторики и познавательной активности. Подход основан на создании специально подготовленной среды и использовании автодидактических материалов, позволяющих ребёнку обучаться через собственную активность и опыт.

Одилбекова Хурлиқо, Мажидова Ё.Н.

18-19

2026-02-06

SERVIS XIZMATI TA’LIMIDA KREATIV METODLAR ORQALI MEHNAT BOZORIGA MOS MUTAXASSIS TAYYORLASH

Mazkur maqolada servis xizmati ta’limida kreativ metodlardan foydalanish orqali mehnat bozorining zamonaviy talablariga mos, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash masalalari yoritiladi. Tadqiqotda servis xizmati yo‘nalishida ta’lim jarayonini innovatsion va ijodiy yondashuvlar asosida tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Kreativ metodlar — muammoli ta’lim, loyihaviy faoliyat, interfaol mashg‘ulotlar va amaliy vaziyatlar orqali talabalarda kasbiy kompetensiyalar, mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish hamda mijozlar bilan samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini shakllantirish yo‘llari ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, maqolada ta’lim mazmunini mehnat bozori ehtiyojlari bilan uyg‘unlashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini tashkil etish va amaliyotga yo‘naltirilgan ta’limning samaradorligi asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari servis xizmati sohasida zamonaviy, kreativ va kasbiy jihatdan yetuk mutaxassislar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Barataliyeva Nasiba Mahmadaminovna

20-22

2026-02-06

ADABIY TA’LIMDA NAZARIY BILIMLARNI AMALIY TAHLIL BILAN UYG‘UNLASHTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur maqolada adabiy ta’lim jarayonida nazariy bilimlarni amaliy badiiy tahlil bilan uyg‘unlashtirish masalasi metodik va pedagogik nuqtayi nazardan yoritiladi. Adabiy-nazariy tushunchalarning o‘quvchi tafakkurida shakllanishi, ularning badiiy asar tahlilidagi funksional ahamiyati, nazariy bilimlarning shaxs rivojiga ta’siri ilmiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek, adabiy tahlil jarayonida yosh xususiyatlarini inobatga olish, interfaol metodlardan foydalanish hamda tabaqalashtirilgan ta’limning ahamiyati asoslab beriladi.

N.J.Oramova

23-25

2026-02-06

LAWFUL OBTAINING OF EVIDENCE AS A FUNDAMENTAL REQUIREMENT OF A FAIR TRIAL

This paper examines the principle of lawful obtaining of evidence as a fundamental requirement of a fair trial in criminal proceedings. It argues that admissibility of evidence should not be understood as a purely formal or technical issue, but as a core guarantee of procedural justice and the rule of law. The study analyses the relationship between legality in evidence-gathering and the protection of fundamental procedural rights, including the right to defence, the prohibition of coercion, and the right against self-incrimination. Particular attention is paid to the role of courts in excluding unlawfully obtained evidence and in safeguarding the overall fairness of criminal proceedings. The paper also draws on comparative perspectives to demonstrate that both continental and common law systems recognise, in different forms, the importance of legality in evidence collection. It concludes that lawful evidence-gathering is not only a condition for reliable fact-finding, but also a key element in maintaining public confidence in the legitimacy and integrity of the criminal justice system.

Sh.Kh. Mamatalieva

26-28

2026-02-09

O.ÁBDIRAXMANOV SHÍǴARMALARÍNDA FEYIL FRAZEOLOGIYALÍQ SINONIMLERDIŃ QOLLANÍLÍWÍ

Bul maqalada xalqımızdıń talantli jazıwshısı O.Ábdiraxmanovtıń «Bir  muhabbat tarıyxı» shıǵarmasında   jumsalǵan   feyil  frazeologiyalıq sinonimlerdiń  qollanılıwı, frazeologizmler arasındaǵı sinonimiya qubılısı, jáne kórkem shıǵarmalarda  frazeologiyalıq sinonimlerdiń atqaratuǵın xizmeti haqqında keń túsinik berilgen. Feyil mánili frazeologiyalıq sinonimlerdiń biriniń ornına birin almastırıp qollanıwda ózgeshelikleri jaziwshı dóretpesi tiykarında analizlengen .

Perdebaeva Gúlzar

29-31

2026-02-09

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK BIZNESNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI

Mazkur tezisda yashil iqtisodiyot sharoitida kichik biznesni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Zamonaviy iqtisodiy transformatsiya jarayonlarida kichik biznes subyektlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashda ekologik barqarorlik, innovatsion rivojlanish hamda davlat tomonidan institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarining o‘rni tahlil qilingan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yashil iqtisodiyot tamoyillarini tadbirkorlik faoliyatiga integratsiya qilish resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qilishi ilmiy asoslangan.

Norboyev Sarvar Azodovich

32-34

2026-02-09

QISHLOQ HUDUDLARDA KAMBAG‘ALLIK VA BANDLIK O’RTASIDA BOG’LIQLIK

Maqolada kambag’allik va daromadlar o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda turli faoliyat kesimida o‘rtacha oylik ish haqi tafovutlari tahlil qilingan. Ilmiy izlanishda ish haqi bo‘yicha yuqori, o‘rta va past daromad guruhlari mavjudligini ko‘rsatdi. O’zbekistonda kambag’allik hududlar bo‘yicha notekis taqsimlangani, ayniqsa qishloq joylari va kichik aholi punktlarida vaziyat og‘irligi aniqlandi.

Xoliqov Sulaymon O’tkir ug’li

35-38

2026-02-09

MAHSULOT TANNARXINI SHAKLLANTIRISHNING YENGIL SANOATDAGI O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (ELEGANT GARMENT TEXTILE MCHJ MISOLIDA)

Hozirgi zamonaviy iqtisodiyotining bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining moliyaviy barqarorligi, avvalo, mahsulot tannarxining qanchalik asosli va shaffof shakllantirilishiga bog‘liq. Yengil sanoat tarmoqlari, xususan to‘qimachilik va tikuv-trikotaj ishlab chiqarishida tannarxni aniqlash masalasi alohida dolzarblik kasb etadi. Bunga sabab sifatida ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi, moddiy resurslarga yuqori darajada bog‘liqlik hamda mehnat resurslarining faol ishtirokini ko‘rsatish mumkin. Yengil sanoat tarmoqlarida mahsulot tannarxini shakllantirish masalasi ishlab chiqarish samaradorligi va raqobatbardoshlikni ta’minlashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ayniqsa to‘qimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarida tannarx tarkibining murakkabligi, xomashyo ulushining yuqoriligi hamda ishlab chiqarish jarayonlarining ko‘p bosqichliligi ushbu masalani chuqur tadqiq etishni talab etadi.

Kholisa Kuldosheva Kamoliddin qizi

39-42

2026-02-09

АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО (НА ПРИМЕРЕ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ ИСТОРИЧЕСКОГО НАПРАВЛЕНИЯ)

Данное исследование посвящено анализу актуальных проблем преподавания английского языка как иностранного (EFL) на примере студентов исторического направления. Рассматриваются педагогические, лингвистические и культурные аспекты обучения, влияние учебных материалов, мотивации студентов и интеграции современных технологий. Особое внимание уделяется проблемам усвоения специализированной лексики, развития коммуникативных навыков, а также влиянию национальных и культурных факторов на эффективность обучения. Результаты исследования имеют практическое значение для оптимизации учебного процесса и повышения качества преподавания английского языка как иностранного.

Садикова Сурия Саидовна, Умарова Ойзода Солежоновна

43-46

2026-02-09

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI PROFESSIONAL NUTQ FORMULALARINING LINGVOKULTUROLOGIK TADQIQI

Ushbu tezis ingliz va o‘zbek tillaridagi professional nutq formulalarining lingvokulturologik va pragmatik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Ijtimoiy rol nazariyasi, nutq aktlari nazariyasi va Grice kooperatsiya prinsipi asosida tadqiqot madaniy kodlangan ifodalarning professional muloqotni qanday boshqarishini, odob-axloq qoidalarini qanday ifodalashini va ijtimoiy rollarni qanday aks ettirishini tahlil qiladi. Tahlil natijalari ingliz va o‘zbek formulalari o‘rtasidagi sezilarli farqlarni ko‘rsatadi, bu esa individualistik va kollektivistik muloqot naqshlarini ochib beradi. Tadqiqot natijalari xalqaro biznes muloqoti va korporativ til bo‘yicha ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.

Xolboyeva Farida Abdushukurovna

47-49

2026-02-09

O‘ZBEK VA INGLIZ XALQ ERTAKLARIDA QAHRAMON OBRAZINING LINGVOKULTUROLOJI TALQINI

Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida qahramon obrazining lingvokulturoloji talqini tahlil qilinadi. Ertaklar qahramonlari milliy ong, axloqiy qadriyatlar va madaniyatning ifodasi sifatida o‘rganiladi. Lingvokulturoloji yondashuv yordamida qahramonlarning xarakteri, ularning ijtimoiy va madaniy roli hamda til vositalari orqali berilgan xususiyatlari solishtiriladi. Tadqiqot natijalari xalq ertaklaridagi umumiy va milliy obraziy o‘ziga xosliklarni ko‘rsatadi.

Ibragimova Sitora Bahodir qizi

50-51

2026-02-09

COMPARATIVE ANALYSIS OF METAPHORICAL EXPRESSIONS IN ENGLISH AND UZBEK TEXTS

This article explores the use of metaphorical expressions in English and Uzbek texts, highlighting similarities and differences shaped by cultural, cognitive, and linguistic factors. Metaphors in English often reflect individualism, abstract thinking, and modern societal values, while Uzbek metaphors draw on folklore, moral principles, and natural imagery. By analyzing examples from literature, media, and everyday speech, the study demonstrates how language and culture influence metaphorical expression. The findings contribute to a deeper understanding of cross-linguistic metaphor usage and its implications for translation and intercultural communication.

Dilshoda Nurmatova, Muxlisa Sobirjonova

52-53

2026-02-09

INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDAGI TAOMLAR BILAN BOG‘LIQ IBORALARNI MADANIY KONTEKSTDA TAQQOSLASH

Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillaridagi taomlar bilan bog‘liq iboralar madaniy nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Taomlar inson hayoti uchun nafaqat oziq-ovqat, balki madaniy belgilar sifatida ham ahamiyatga ega. Ingliz va o‘zbek tilidagi iboralar, maqollar va kundalik nutqda ishlatiladigan ifodalar orqali bu ikki tilning madaniy tafovutlari va o‘xshashliklari ko‘rsatiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ingliz tilidagi taomlar bilan bog‘liq iboralar ko‘pincha individualizm va abstrakt tushunchalarni aks ettirsa, o‘zbek tilidagi iboralar jamiyat, oilaviy qadriyatlar va axloqiy normalar bilan chambarchas bog‘liqdir.

Xudoyqulov Abdulla Eshkuvotovich, Shahzod Xursandov

54-55

2026-02-09

MAHALLIY RESURSLARDAN FOYDALANGAN HOLDA TSEMENTBETON YO‘L QOPLAMALARINING EKSPLUATATSION XOSSALARINI YAXSHILASH

Bugungi kunda avtomobil yo‘llarining mustahkamligi va uzoq muddat xizmat qilishi transport infratuzilmasining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, iqlim sharoiti keskin bo‘lgan hududlarda tsementbeton yo‘l qoplamalarining sovuqqa, suv ta’siriga va dinamik yuklamalarga chidamliligini oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan, mahalliy xomashyolardan foydalanish asosida tsementbeton yo‘l qoplamalarini modifikatsiyalash katta ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Kayratdinova Aynura , Qalilaev Tauasar

56-57

2026-02-09

INTERNETNING SALBIY VA IJOBIY TOMONLARI

Ushbu maqolada internet texnologiyalarining zamonaviy jamiyat hayotidagi o‘rni, uning ijobiy va salbiy jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Internetning ta’lim, iqtisodiyot, fan va ijtimoiy munosabatlar rivojiga qo‘shayotgan hissasi bilan bir qatorda, undan noto‘g‘ri foydalanish natijasida yuzaga kelayotgan muammolar — internetga qaramlik, axborot xavfsizligi, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir kabi masalalar yoritib beriladi. Shuningdek, internetdan samarali va ongli foydalanish yo‘llari bo‘yicha xulosalar keltiriladi.

Berdiqulova M.E., Rahmatullayeva M.B.

58-60

2026-02-09

XALQARO TIJORAT ARBITRAJIDA RAQAMLI BITIMLAR BO‘YICHA NIZOLARNI KO‘RIB CHIQISHNING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va uning xalqaro savdoga integratsiyasi bitimlar tuzish, aktivlarni boshqarish va nizolarni hal qilish usullarida tub o'zgarishlarga olib kelmoqda. Blokcheyn texnologiyasi, sun'iy intellekt va boshqa raqamli vositalarning keng qo'llanilishi an'anaviy huquqiy kategoriyalarni va mavjud nizo hal qilish mexanizmlarini qayta ko'rib chiqish zaruratini tug'dirmoqda. Xususan, raqamli bitimlar bo'yicha yuzaga keladigan nizolarni hal qilishda xalqaro tijorat arbitraji muhim rol o'ynaydi, chunki u moslashuvchanlik, erkinlik taklif etadi. Biroq, bu sohadagi o'zgarishlar bilan bir qatorda, raqamli aktivlarning o'ziga xos xususiyatlari, aqlli kontraktlarning murakkabligi va transchegaraviy yurisdiksiya masalalari arbitraj jarayonida yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Raqamli aktivlar bozorining 2027 yilga borib 100.2 milliard dollarga yetishi va yillik o'sish sur'ati 9.94% ni tashkil etishi kutilayotgani  bunday nizolarning soni va murakkabligi ortib borishini anglatadi. Ushbu tezis raqamli bitimlar bo'yicha nizolarni xalqaro tijorat arbitrajida ko'rib chiqishning o'ziga xos jihatlarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, uning asosiy muammolari, moslashuv yo'llari va kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini o'rganadi. Tezis raqamli iqtisodiyot sharoitida arbitrajning samaradorligini oshirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qilgan.

Nurmatova Aziza Sirojiddin qizi

61-64

2026-02-09

ADAPTIV PLATFORMALAR VA BULUTLI TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI ASOSIDA WEB-LOYIHALASH KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur tezisda adaptiv ta’lim platformalari va bulutli texnologiyalar integratsiyasi asosida web-loyihalash kompetentligini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Tadqiqotda web-loyihalash kompetentligining zamonaviy ta’lim sharoitidagi dolzarbligi asoslab berilib, adaptiv ta’lim platformalarining pedagogik imkoniyatlari hamda bulutli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi roli tahlil qilingan. Integratsiyalashgan yondashuv asosida tashkil etilgan o‘quv muhitining talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga ta’siri aniqlangan. Tadqiqot natijalari adaptiv va bulutli texnologiyalar uyg‘unligi web-loyihalashni o‘qitish samaradorligini oshirish, individual o‘quv trayektoriyalarini shakllantirish va kasbiy kompetentligni rivojlantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.

Kayumov Oybek Achilovich

65-68

2026-02-09

BO‘LAJAK PEDAGOGLARNING KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY PEDAGOGIK YONDASHUVLARI

Ushbu maqolada ta'lim jarayonidagi pedagogning muvaffaqiyati asosan kommunikativ kompetentligidir. Kommunikativ kompetentlik, ya'ni o‘qituvchining samarali muloqot o‘rnatish va o‘quvchilari bilan to‘g‘ri aloqada bo‘lish qobiliyati, ta'lim tizimining qo‘llaniladigan interfaol metodlar asosida talabalarning shaxsiy va kasbiy sifatlarini rivojlantirish imkoniyatlari oshirish haqida so‘z boradi.

Yusupova Diloromxon Sabirdjanovna, Karamirzaeva Sevara Kozimjon qizi

69-72

2026-02-10

O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TO‘LOV INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISH VA PUL MUOMALASI BARQARORLIGINI MUSTAHKAMLASH

Tezisda O‘zbekistonda raqamli to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish jarayonining pul muomalasi barqarorligiga ta’siri va uni yanada kuchaytirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Pul muomalasi barqarorligi nafaqat naqd pul bilan ta’minlanganlik, balki naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblarning uzluksizligi, hisob-kitob intizomi, to‘lovlarning tezkorligi, tizim ishonchliligi hamda operatsion va firibgarlik xatarlarining boshqarilishi bilan belgilanadi.

Xazratkulov O’ktamjon Xikmatullayevich

73-75

2026-02-10

ECONOMIC MECHANISMS FOR ENHANCING DECISION-MAKING EFFICIENCY IN PUBLIC ADMINISTRATION OF SOCIAL POLICY: RESOURCE ALLOCATION, PERFORMANCE ANALYSIS, AND SOCIAL WELFARE OUTCOMES

Social welfare constitutes one of the central concerns of economic science, particularly within the fields of welfare economics, public finance, and public sector economics. Governments intervene in economic and social processes primarily to correct market failures, reduce inequality, and improve the overall well-being of society. In this context, social policy serves as a key instrument through which the state seeks to influence social welfare outcomes. However, the effectiveness of social policy depends not only on political priorities or the scale of public expenditure, but critically on the efficiency of decision-making processes within public administration.

Mironshokh Uktamov

76-79

2026-02-10

TALABALARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASHDA MADANIY-MA’RIFIY TADBIRLAR SAMARADORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK ASOSLARI

Mazkur ilmiy tezisda talabalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida madaniy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va ahamiyati, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan metodik asoslar tahlil qilingan. Shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etishda zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv usullar hamda madaniy tadbirlarni tizimli ravishda tashkil etish masalalari yoritilgan.

Umida Sayfullayeva

80-81

2026-02-10

XORIJIY INVESTITSIYALARNI SANKSIYALAR VA QUROLLI MOJAROLAR SHAROITIDA HIMOYA QILISH: ZAMONAVIY HUQUQIY MUAMMOLAR VA MEXANIZMLAR

Mazkur maqolada iqtisodiy sanksiyalar va qurolli mojarolar sharoitida xorijiy investitsiyalarni xalqaro-huquqiy himoya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi. Ikki tomonlama investitsiya bitimlari (BIT), ICSID arbitraj amaliyoti (2024–2026 yillar), davlat javobgarligi tamoyillari hamda “zarurat” (state of necessity) doktrinasi o‘rganiladi. Zamonaviy tendensiyalar asosida investorlar huquqlarining himoyasi va davlatlarning tartibga solish vakolatlari o‘rtasidagi muvozanat masalasi yoritiladi.

Ismаilova Maxliyo

82-84

2026-02-10

QISHLOQ XO‘JALIGI KORXONALARINING IQTISODIY SALOHIYATINI BOSHQARISH YO‘LLARI

Maqolada qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy salohiyatini boshqarish usullaridan samarali foydalanish masalalari yoritilgan. Shuningdek xorij tajribalari ham o‘rganilib, taxlil qilingan.

Bosimova Guloyim Bahodir qizi

85-88

2026-02-11

SAMARQAND SHAHAR AHOLISI SONIGA DOIR (XIX ASRNING IKKINCHI YARMI XX ASRNING BOSHLARI)

Ushbu bo‘limda XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand shahri aholisi sonidagi o‘zgarishlar turli manbalar asosida tahlil qilingan. Rossiya imperiyasi bosqiniga qadargi ma’lumotlarning taxminiy xususiyati, keyinchalik esa rasmiy statistik hisob-kitoblarning joriy etilishi ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, ma’muriy-siyosiy o‘zgarishlar, migratsiya jarayonlari va iqtisodiy omillarning shahar demografiyasiga ta’siri ochib berilgan.

Tadjiyev Umid Anvarovich

89-92

2026-02-11

YASHIL TEXNOLOGIYALAR VA ULARNING IQTISODIYOTDA QO’LLANILISHI

Mazkur maqola yashil texnologiyalarning turlari, ularning ahamiyati va iqtisodiyotdagi qo’llanilishiga bag‘ishlanadi. Yashil texnologiyalar — bu ekologik zararlarni kamaytirish va tabiiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar hisoblanadi. Maqolada quyosh va shamol energiyasi, biogaz texnologiyalari, chiqindilarni qayta ishlash va suv resurslarini tejashga oid usullar misolida yashil texnologiyalarning asosiy turlari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bu texnologiyalarning sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmatlar sohasidagi amaliy qo‘llanilishiga urg‘u beriladi. Yashil texnologiyalar yordamida iqtisodiyotni raqamlashtirish, energiya tejamkorligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va ekologik barqarorlikni ta’minlash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Maqola davomida yashil texnologiyalarning O‘zbekiston sharoitida rivojlanish imkoniyatlari va bu boradagi qiyinchiliklar tahlil qilinib, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor chora-tadbirlar taklif qilinadi. Yashil texnologiyalarning rivojlanishi nafaqat iqtisodiy o‘sish, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham xizmat qilishi ta’kidlanadi.

Islamova Iroda Jahongir qizi

93-96

2026-02-11

ZAMONAVIY SHAROITDA YOSHLARNI BARKAMOL SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPTIRISHDA TA’LIM VA TARBIYA INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada hozirgi davrda yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi hamda bugungi kundagi mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda o‘rni va roli tahlil qilingan.

Ayimbetova Qaljan Jollibaevna

97-99

2026-02-11

INKULYIZIV TA'LIMNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada inklyuziv ta’limning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va uning barkamol avlod tarbiyasidagi hayotiy ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqotda inklyuziv yondashuvning har bir bola uchun teng huquqli ta’lim muhitini yaratish, ijtimoiy tengsizlikni kamaytirish va inson qadrini ulug‘lashdagi strategik vazifalari yoritilgan. Maqolada inklyuziv ta’limning nafaqat alohida ehtiyojli bolalar, balki sog‘lom tengdoshlar o‘rtasida insonparvarlik, hamdardlik va bag‘rikenglik fazilatlarini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Muallif tomonidan inklyuziv muhitning bolalar ijtimoiy moslashuviga ko‘rsatadigan ijobiy ta’siri bo‘yicha xulosalar taqdim etilgan.

Xasanova Rayxona

100-101

2026-02-11

TO‘NTARILGAN SINF TEXNOLOGIYASI

ushbu maqola ta’lim tizim jarayonida  samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi innovatsiya yondashuv-to‘ntarilgan sinf (Flippid Classroom) metodining nazariy asoslari va amaliy samaradorligi, texnalogiyasining mazmuni, tuzilishi va amaliy imkoniyatlari tahlil qilinadi.Ushbu yondashuvda o‘quvchilar nazariy materiallarni raqamli resurslar orqali mustaqil o‘z, auditoriya mashg‘ulotlari esa interfaol muhokama,muammo yechish va amaliy faoliyatga yo‘naltiradi. So‘nggi tadqiqotlar metodining o‘quv motivatsiyasini oshirishi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishi hamda o‘zlashtirish sifatini yaxshilashini ko‘rsatmoqda. Maqolada sun’iy intellect, onlayn platformalar va moslashuvchan o‘qitish bilan integratsiyalashga zamonaviy flipped learning modeli ham yoritiladi.

Abduraxmonova Sayyoraxon Shaxobidinovna, Xusanova Mohinur Nodirbek qizi

102-104

2026-02-11

“O‘ZBEKISTONDA XIZMATLAR SOHASINING IQTISODIY O‘SISHDAGI ROLI VA TARKIBIY TRANSFORMATSIYASI“

O‘zbekiston Respublikasida xizmatlar sohasining rivojlanish holati, muammolari va istiqbollari 2018-yildan 2025-yilgacha bo‘lgan davr doirasida o‘rganildi. Tahlillarga ko‘ra, sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan-yilga ortib, iqtisodiyotda muhim o‘rin egallab bormoqda. Xususan, 2018-yilda xizmatlar sohasining hajmi 19 milliard AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda bu ko‘rsatkich 65 milliard dollarga yetdi. 2025-yil uchun esa 82 milliard dollarlik hajm va 15 foizlik o‘sish prognoz qilinmoqda. Ish davomida statistik ma’lumotlar, davlat dasturlari va soha bo‘yicha tahlillar asosida xizmatlar sohasining tarkibiy tuzilmasi, asosiy yo‘nalishlari (savdo, transport, aloqa, turizm va boshqalar) o‘rganilib, iqtisodiy rivojlanishga ta’siri baholandi.

Ravshanov Azizbek Ravshanovich

105-110

2026-02-12

JAMOAT TRANSPORTINI BRUTTO-SHARTNOMA MEXANIZMI ASOSIDA MOLIYALASHTIRISHNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH VA UNI OSHIRISH YO‘LLARI

Shahar jamoat transporti tizimi barqaror iqtisodiy rivojlanish, mehnat bozorining harakatchanligi va aholining ijtimoiy farovonligini ta’minlovchi strategik infratuzilma hisoblanadi. Amaldagi “tushum reja” (net-contract) modeli sharoitida tashuvchilar daromadni yo‘lovchi tushumiga bog‘lab olgani sababli, asosiy e’tibor xizmat sifati yoki marshrut qamroviga emas, balki daromadli yo‘nalishlarga qaratiladi. Natijada transport sifati pasayadi, qatnov intizomi buziladi va ijtimoiy ahamiyatga ega, biroq past rentabelli yo‘nalishlar yetarlicha qamrab olinmaydi

Akobir Ashurov

111-113

2026-02-12

СИЁСИЙ МОДЕРНИЗАЦИЯ ШАРОИТИДА ХИТОЙГА ХОС СОЦИАЛИЗМ КОНЦЕПЦИЯСИ

Мақолада сиёсий модернизация шароитида Хитойга хос социализм концепциясининг шаклланиши, мазмуни ва амалий аҳамияти таҳлил қилинган. Мазкур концепциянинг Хитой сиёсий тизимини ислоҳ қилиш ва уни замонавий ривожланиш босқичига олиб чиқишдаги ўрни ёритилган. Шунингдек, Хитой Коммунистик партиясининг етакчи роли, давлат бошқаруви тизимининг институционал такомиллашуви ҳамда миллий хусусиятлар асосида модернизация жараёнларининг олиб борилиши илмий нуқтаи назардан баҳоланган.

Абдулхаев Абдурашид Нодир ўғли

114-117

2026-02-12

TURISTIK XIZMATLAR KO'RSATISHDA RAQAMLI XIZMATLARDAN FOYDALANISH

Zamonaviy turizm sanoatida raqamli transformatsiya jarayonlari mijoz tajribasini tubdan o‘zgartirmoqda va xizmat ko‘rsatish samaradorligini keskin oshirmoqda. Ushbu maqolada turistik xizmatlarni taqdim etishda raqamli texnologiya va platformalardan (onlayn bron qilish tizimlari, mobil ilovalar, virtual turlar, sun’iy intellektga asoslangan shaxsiylashtirilgan takliflar, raqamli marketing vositalari, big data tahlili va elektron to‘lov tizimlari) foydalanishning dolzarbligi, afzalliklari hamda amaliy qo‘llanilishi atroflicha o‘rganiladi.

Xidirov Boburjon Tojimurodovich, Mamadjonov Ulugbek Toxirovich

118-124

2026-02-12

SHARQ TILLARINI O‘QITISHDA INTERAKTIV METODLAR VA IJODIY YONDASHUV

Mazkur maqolada Sharq tillarini o‘qitishda interaktiv metodlar va ijodiy yondashuvlarning o‘rni hamda samaradorligi tahlil etilgan. Unda o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, muloqotga kirishish va ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi metodlar – “debate”, “brainstorming”, “project work”, “role play” kabi usullarning afzalliklari yoritilgan. Shuningdek, multimedia resurslari, yapon tilidagi o‘yinli mashg‘ulotlar (“Shiritori”, “Majikaru Banana”) yordamida motivatsiyani oshirish yo‘llari ko‘rib chiqilgan.

Mo‘minova Xumora Abdukarim qizi

125-126

2026-02-12

KO‘CHMAS MULKNI BAHOLASHDA DAROMAD, XARAJAT VA TAQQOSLASH YONDASHUVLARINING SAMARADORLIGI

Mazkur ilmiy tezisda ko‘chmas mulkni baholashda qo‘llaniladigan uch asosiy yondashuv — daromad yondashuvi, xarajat yondashuvi va taqqoslash (bozor) yondashuvining nazariy asoslari, qo‘llanish sohasi, afzallik va kamchiliklari tahlil qilinadi. Xalqaro baholash standartlari (IVS), O‘zbekiston Respublikasining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlari hamda ilmiy manbalarga tayangan holda mazkur yondashuvlarning samaradorligi solishtiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston sharoitida qaysi yondashuv ko‘proq maqbul ekanligi asoslab beriladi.

Karimov Botirjon Kamildjanovich

127-131

2026-02-12

O‘ZBEKISTON ISLOM SIVILIZATSIYASI MEROSINING ZAMONAVIY DAVLAT SIYOSATIDAGI O‘RNI VA XALQARO MODELI

Mazkur tezisda O‘zbekiston Respublikasida islom sivilizatsiyasi merosining zamonaviy davlat siyosatidagi o‘rni va xalqaro miqyosda taqdim etilayotgan modeli tahlil qilinadi. Tadqiqotda “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi, “Uchinchi Renessans” konsepsiyasi doirasida milliy-ma’naviy merosni saqlash va targ‘ib qilish, Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi, sekulyar davlat modeli bilan mo‘tadil islom an’analarining uyg‘unligi masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Shuningdek, mintaqaviy va global kontekstda “o‘zbek modeli”ning bag‘rikenglik, ma’rifat va tinchlik g‘oyalarini ilgari surishdagi o‘rni qiyosiy tahlil asosida baholanadi.

Xotamxonov Muhammadjon Murodjon o‘g‘li

132-134

2026-02-13

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ И ГУМАНИТАРНЫЕ ПРОЕКТЫ КАК СРЕДСТВО КУЛЬТУРНОЙ ДИПЛОМАТИИ ТУРЦИИ

Данная диссертация посвящена изучению культурной дипломатии Турции, в основном анализируя практику использования различных видов дипломатии во внешней политике страны. Действительно, в современной глобальной политической обстановке культурная дипломатия рассматривается как мощный инструмент международного диалога, доверия и стабильности. В этом направлении Турция не только расширяет свою сферу влияния посредством продвижения языка, культурных центров, телесериалов и СМИ, но и наращивает свое влияние на международной арене через культуру. Кроме того, культурная дипломатия является ключевым элементом мягкой силы страны, которая служит развитию дружбы, культурного обмена и взаимопонимания между народами. Благодаря этому страна имеет возможность представить свою культуру, историю и ценности международному сообществу, одновременно укрепляя свои позиции на мировой арене.

Джаппаров Шухрат Гаппарович

135-140

2026-02-13