https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/issue/feed Инновационные исследования в современном мире: теория и практика 2026-03-19T13:23:14+00:00 Nurislom Akbarov info@innacademy.uz Open Journal Systems
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/75913 ВЛИЯНИЕ СПОРТИВНОГО ТУРИЗМА НА ФИЗИЧЕСКОЕ И ПСИХОЭМОЦИОНАЛЬНОЕ СОСТОЯНИЕ ЧЕЛОВЕКА 2026-03-06T05:38:04+00:00 Гульназ Марупова info@in-academy.uz
В условиях стремительной урбанизации, роста цифровизации и увеличения доли малоподвижного образа жизни проблема сохранения здоровья населения становится особенно актуальной. Современный человек все чаще сталкивается с гиподинамией, стрессами и эмоциональным выгоранием. В этой связи возрастает значение активных форм отдыха, направленных на укрепление физического и психического здоровья. Одним из наиболее эффективных и доступных способов является спортивный туризм — вид деятельности, сочетающий физическую нагрузку, пребывание в природной среде и элементы преодоления трудностей. Он включает различные направления: пешеходный, горный, водный, лыжный и велосипедный туризм.
2026-03-05T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/75970 “YASHIL IQTISODIYOT SOHASIDA ILMIY DISKURS TARJIMASINING MUAMMOLARI” 2026-03-07T04:35:24+00:00 Malohat Mavlyanova info@in-academy.uz
"Yashil iqtisodiyot" tushunchasi barqaror rivojlanish, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit siyosati bo'yicha global munozaralarda markaziy o'rinni egalladi. Xalqaro tashkilotlar, hukumatlar va tadqiqotchilar turli tillarda bilim almashganligi sababli, "yashil iqtisodiyot" munozarasining tarjimasi samarali muloqotda muhim rol o'ynaydi. Biroq, bu munozara iqtisodiyot, ekologiya, texnologiya va siyosat doiralarini o'z ichiga olgan fanlararo tabiati bilan ajralib turadi. Murakkablik tarjima uchun o'ziga xos qiyinchiliklarni tug'diradi. Rivojlangan mamlakatlarda ilmiy va texnologik jadal rivojlanish va ushbu fan va texnologiyalarni rivojlanayotgan mamlakatlarda yoyish zarurati tufayli "yashil iqtisodiyot" bo'yicha ilmiy tarjimaga talab oshdi. Ushbu tadqiqot tarjimonlar ilmiy matnlarni ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilishda duch keladigan asosiy muammolarni o'rganishga va bu muammolarning asosiy sabablarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, tarjimonlar "Yashil iqtisodiyot" bo'yicha ilmiy matnlarni tarjima qilishda so'zlarning aniqligi, aniqligi, terminologik izchilligi, so'z tartibi, kelishuv, zamon va aspekt hamda passiv tuzilma kabi leksik va sintaktik muammolarga duch kelishgan. Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko'rsatadiki, tarjimonlarning bu sohada tajribasining yo'qligi, talabalarning so'zma-so'z tarjimaga to'liq bog'liqligi va ilmiy matnlarning sezgirligidan xabardor emasligi bu muammolarning eng muhim sabablaridan biridir.
2026-03-06T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76023 TASVIRIY SAN’AT ASARLARIDA PERSPEKTIVE QONUNINING QO’LLANILISHI 2026-03-09T07:08:28+00:00 ASILBEK HAMIDOV info@in-academy.uz
Ushbu maqolada tasviriy san’at asarlarida perspektiva qonunining amaliy qo‘llanilishi, uning shakl, hajm va fazoviy chuqurlikni ifodalashdagi roli, kompozitsiyadagi ahamiyati keng yoritiladi. Perspektiva qonuni rassomga uch o‘lchamli makonni ikki o‘lchamli sathda to‘g‘ri ifodalash imkonini beradi. Maqola akademik va amaliy san’at yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar va pedagoglar uchun mo‘ljallangan.
2026-03-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76029 BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI 2026-03-09T07:20:33+00:00 Intizor Rustamova info@in-academy.uz
Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish masalalariga bag'ishlangan. Maqolada og'zaki va yozma nutqni rivojlantirish yo'nalishlari, samarali pedagogik metodlar hamda ularni amaliyotga tatbiq etish yo'llari ko'rib chiqilgan. O'qituvchilarning roli va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan
2026-03-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76062 DETEKTIV JANRIDAGI ASARLAR TARJIMASIDA PRAGMATIK MOSLASHTIRISH (AGATA KRISTI ASARLARI MISOLIDA) 2026-03-10T04:59:05+00:00 Mashxura Shoxidova mashkhurashokhidova@gmail.com
Ushbu maqolada detektiv janr matnlarida pragmatik moslashtirish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot Agata Kristi asarlarining inglizcha asl matni, ruscha va o‘zbekcha tarjimalari asosida olib borildi. Pragmatik moslashtirishning leksik, stilistik va sintaktik darajadagi namoyon bo‘lishi, madaniy va emotsional ekvivalentlik muammolari, shuningdek tarjimonlar tomonidan qo‘llanilgan strategiyalar (ekvivalentlik, kompensatsiya, modulyatsiya, transpozitsiya va madaniy moslashtirish) real matn parchalari misolida ko‘rib chiqildi. Natijalar detektiv matnning emotsional ta’sirini saqlashda pragmatik moslashtirishning muhim rolini tasdiqlaydi.
2026-03-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76088 ҚОРАҚАЛПОҒИСТОН ФОСФОРИТ УНИНИ КИМЁВИЙ ФАОЛЛАШТИРИШ 2026-03-10T07:08:27+00:00 Д.Ш. Уразматова info@in-academy.uz Б.Д. Маденов Madenovberdan@6gmail.com Б.У. Пирназаров bakhtiyarpirnazar@gmail.ru
Қорақалпоғистон фосфорит унини 70оС даги аммоний нитратининг 70 ва 85 %-ли эритмалари ҳамда 140оС даги карбамид суюқланмаси билан кимёвий фаоллаштириш жараёни ўрганилган. Фаоллаштириш натижасида ўзлашувчан Р2О5 шаклининг нисбий миқдори ортиши кўрсатилган.
2026-03-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76112 OLIY TA’LIMDA AKADEMIK MUNOZARA TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH ORQALI TALABALARNING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING DIDAKTIK IMKONIYATLARI 2026-03-10T09:34:51+00:00 Shohrux Toshqinboyev info@in-academy.uz
Mazkur tezisda akademik munozaraning didaktik imkoniyatlari kognitiv, kommunikativ, metakognitiv va motivatsion qirralarda yoritiladi, munozarani dars dizayniga kiritish bosqichlari va metodik talablari asoslanadi. Munozara jarayoni ta’limning yuqori kognitiv darajalariga olib chiqishi, talabaning nutqiy madaniyatini kuchaytirishi, dalil va manba bilan ishlash intizomini shakllantirishi, refleksiya orqali o‘z fikrlashini boshqarishga yaqinlashtirishi ko‘rsatib beriladi. Baholash rubrikasi, tengdoshlar baholashi va tahliliy debrifing munozaraning ta’limiy qiymatini barqarorlashtiradigan mexanizmlar sifatida tavsiflanadi.
2026-03-09T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76164 QISH MAVSUMIDA YURAK ISHEMIK KASALLIGIDA MIOKARDNING MORFOFUNKSIONAL O‘ZGARISHLARI 2026-03-11T04:56:21+00:00 Uchkun Narzikulov info@in-academy.uz Maqsud Saidov info@in-academy.uz Djaxongir Sabirov info@in-academy.uz
Yurak-qon tomir kasalliklari dunyo bo‘yicha o‘lim va nogironlikning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ularning ichida yurak ishemik kasalligi (YUIK) eng ko‘p uchraydigan patologiyalardan biri bo‘lib, yurak mushagining qon bilan ta’minlanishi buzilishi natijasida rivojlanadi. Zamonaviy kardiologiya yutuqlariga qaramasdan, ushbu kasallikning klinik kechishi ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib, ular orasida tashqi muhit va iqlim sharoitlari muhim o‘rin egallaydi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76165 BARQAROR QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANISHDA XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI VA ULARDAN FOYDALANISH YO‘LLARI 2026-03-11T04:58:47+00:00 Komoliddin Raxmatov info@in-academy.uz
Iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy tendensiyalari globallashuv, normarkazlashuv, iqtisodiyotni erkinlashtirish, raqobatning shiddatli tus olishi, innovatsion iqtisodiyotni yo‘lga qo‘yish,  ijtimoiy ehtiyojlarning insonlarning hayot darajasi va sifatini yaxshilashga  yo‘naltirilishi bularning barchasi, bugungi kunda Yangi O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan jihat hisoblanadi. Dunyo hamjamiyatining ajralmas bir qismi sifatida  O‘zbekiston bundan buyon kutilayotgan texnologik o‘zgarishlarning yangi to‘lqini va ulardan samarali foydalanish; xomashyo eksportiga asoslangan iqtisodiy o‘sish modelidan voz kechish; barqaror qbshloq xo‘jaligini rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi tavofutlarni bartaraf etish;iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida inson kapitaliga alohida e’tibor qaratishi lozim.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76177 SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA TALABALARNING BILIM DARAJASINI ANIQLOVCHI VA TAHLIL QILIB XULOSA CHIQARUVCHI PLATFORMA YARATISH 2026-03-11T05:18:09+00:00 Juldiz Dauletmuratova info@in-academy.uz
XXI asrda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt tizimlarining jadal rivojlanishi inson hayotining barcha sohalariga, ayniqsa, ta’lim tizimiga katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Zamonaviy ta’limda o‘qitish jarayonini standart, hamma uchun bir xil usulda olib borish o‘quvchilarning individual farqlarini hisobga olish imkonini bermaydi [2]. Har bir o‘quvchining bilish faolligi, o‘rganish tezligi, eslab qolish qobiliyati va qiziqish sohasi turlicha bo‘lganligi sababli, an’anaviy ta’lim yondashuvlari hamma uchun birdek samarali natija bermaydi. Shu bois, ta’lim jarayonida shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish va individual ta’lim yo‘nalishlarini shakllantirish zamon talabi bo‘lib qolmoqda [4]. Sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari ta’lim jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasi va o‘rganish xususiyatlarini aniqlash hamda ularga mos o‘quv strategiyalarini taklif qilish imkonini beradi [1]. Bunday tizimlar o‘qituvchilarga har bir o‘quvchi haqida chuqur tahliliy ma’lumot beradi, shu orqali o‘qitish jarayonini individual ehtiyojlarga moslashtirish imkonini yaratadi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76188 KEYT SHOPEN BADIIY METODIGA TA’SIR KO‘RSATGAN ADABIY OQIMLAR 2026-03-11T05:53:28+00:00 ZILOLA IBODULLAYEVA zilolaibodullayeva2@gmail.com
Mazkur maqolada amerikalik yozuvchi Keyt Shopen ijodining badiiy metodiga ta’sir ko‘rsatgan asosiy adabiy oqimlar ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda yozuvchi asarlarida realizm, naturalizm, regionalizm (local color) hamda feministik g‘oyalarning aks etish xususiyatlari o‘rganilgan. Xususan, Shopen asarlarida inson psixologiyasi, ayol shaxsiyati, ijtimoiy muhit hamda shaxs erkinligi masalalarining badiiy talqini realizm va naturalizm tamoyillari asosida namoyon bo‘lishi ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, yozuvchining Luiziana hududining madaniy muhitini tasvirlash orqali regional adabiyot an’analarini davom ettirgani hamda ayol erkinligi va gender tengligi masalalarini yoritishi proto-feministik qarashlar bilan bog‘liqligi ilmiy asosda yoritiladi. Tadqiqot natijalari Keyt Shopen ijodining Amerika realizmi va feministik adabiyot rivojidagi muhim o‘rnini aniqlashga xizmat qiladi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76208 TURKIY TILLAR TAJRIBASI ASOSIDA QORAQALPOQ TILI UCHUN MORFOLOGIK KORPUS YARATISH 2026-03-11T06:58:43+00:00 Abdimurat Esemuratov info@in-academy.uz Raushan Aymbetova info@in-academy.uz
Ushbu maqola qoraqalpoq tili uchun morfologik korpus va teglangan modellarni yaratish muammosiga bag‘ishlangan. Tadqiqotda turkiy tillar (o‘zbek, qozoq, turk) uchun mavjud morfologik resurslar tahlil qilinib, ularni qoraqalpoq tiliga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Transfer o‘rganish usuli orqali mavjud turkiy tillar modellarini moslashtirish konsepsiyasi taklif etiladi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76267 BANKLAR FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING IQTISODIY AHAMIYATI 2026-03-11T10:31:48+00:00 Dildora Babaxanova info@in-academy.uz
Hozirgi kunda jahon moliya tizimida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari, moliyaviy bozorlarning integratsiyalashuvi hamda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi bank tizimi faoliyatining samaradorligini oshirish masalasini dolzarb iqtisodiy masalalardan biriga aylantirmoqda. Banklar iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikni amalga oshiruvchi asosiy institutlar sifatida iqtisodiy resurslarni samarali taqsimlash, investitsiya jarayonlarini moliyalashtirish hamda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli banklar faoliyati samaradorligini oshirish nafaqat bank tizimining barqaror rivojlanishi, balki milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76288 CHAQAQALOQLARDA VIRUSLI GEPATIT: EPIDEMIOLOGIYA, DIAGNOSTIKA VA PROFILAKTIKA MASALALARI 2026-03-11T12:39:14+00:00 Nilufar Jórayeva djuraevanilufar2@gmail.com
Mazkur maqolada chaqaloqlarda virusli gepatitning epidemiologik xususiyatlari, kasallikning etiologik omillari, diagnostika usullari va profilaktika choralarining samaradorligi tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, neonatal davrda virusli gepatitning asosiy yuqish yo‘li vertikal transmissiya hisoblanadi. Ayniqsa, gepatit B virusi chaqaloqlarda surunkali infeksiya rivojlanishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri bo‘lib, erta yoshda infeksiyalangan bolalarning 90% gacha qismida kasallik surunkali shaklga o‘tishi mumkin. Tadqiqot davomida epidemiologik ma’lumotlar, statistik tahlillar hamda zamonaviy ilmiy manbalar asosida neonatal gepatitning klinik xususiyatlari va profilaktika choralarining ahamiyati yoritildi. Shuningdek, kasallikning oldini olishda homilador ayollarni skrining qilish va tug‘ilgandan keyingi vaksinatsiyaning muhim roli ko‘rsatib berildi.
2026-03-10T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76318 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BO‘YICHA YANGI TIZIM VA INKLYUZIV MUHIT YARATISH 2026-03-12T06:38:12+00:00 Noila Uzaqova info@in-academy.uz
Ushbu tezisda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratishning dolzarbligi, Yangi O‘zbekistonda ijtimoiy tenglikni ta’minlash kabi masalalar yoritiladi. Shuningdek, inklyuziv muhitning yutuq, kamchilik va istiqbollari haqida taklif va tavsiyalar bayon etiladi.
2026-03-11T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76356 THE DEVELOPMENT OF ARCHITECTURAL DECORATIVE ARTS AND MUQARNAS IN THE TIMURID PERIOD 2026-03-12T11:40:48+00:00 Madina Saipova info@in-academy.uz
This article examines the flourishing of architectural and decorative arts during the Timurid period, with particular attention to thematic ornamentation in monumental architecture and the development of muqarnas as a complex three-dimensional decorative system. Special emphasis is placed on the architectural projects of Mirzo Ulugʻbek, where astronomical imagery, symbolic motifs, and polychrome glazed decorations were widely applied. The theoretical foundations of muqarnas, as described in the works of Ghiyath al-Din Jamshid al-Kashi, are also analyzed. The study highlights the synthesis of science, symbolism, and aesthetics in Timurid architectural monuments.
2026-03-11T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76393 THE EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF ISLAMIC PHILOSOPHY 2026-03-13T04:26:25+00:00 Akobir Meliboyev info@in-academy.uz
When we say “Islamic philosophy”, we should understand this idea as a set of philosophical teachings of the Eastern peoples who used the Arabic language extensively and adopted the religion of Islam. In this sense, terms such as “Arab philosophy”, “Muslim philosophy”, “Arab-Muslim philosophy”, “Arab Oriental philosophy” are also used in science. In the last century, the concept of “Islamic philosophy” was mainly used in the form of “Arab-Muslim philosophy”. This term was understood as the philosophy of various peoples who were part of the Arab Caliphate. However, part of this philosophy was created not only in Arabic, but also in Persian, and Persian-speaking peoples, as well as Turkic and other peoples, made a significant contribution to this philosophy. Although this philosophy did not always have a religious content, it developed within the culture dominated by Islam. It is also worth noting that over the past half century, most researchers, both Eastern and Western, have preferred to use the term “Islamic philosophy” instead of the term “Arab-Muslim philosophy.”
2026-03-12T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76397 THE EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF ISLAMIC PHILOSOPHY 2026-03-13T04:31:40+00:00 Akobir Meliboyev info@in-academy.uz
When we say “Islamic philosophy”, we should understand this idea as a set of philosophical teachings of the Eastern peoples who used the Arabic language extensively and adopted the religion of Islam. In this sense, terms such as “Arab philosophy”, “Muslim philosophy”, “Arab-Muslim philosophy”, “Arab Oriental philosophy” are also used in science. In the last century, the concept of “Islamic philosophy” was mainly used in the form of “Arab-Muslim philosophy”. This term was understood as the philosophy of various peoples who were part of the Arab Caliphate. However, part of this philosophy was created not only in Arabic, but also in Persian, and Persian-speaking peoples, as well as Turkic and other peoples, made a significant contribution to this philosophy. Although this philosophy did not always have a religious content, it developed within the culture dominated by Islam. It is also worth noting that over the past half century, most researchers, both Eastern and Western, have preferred to use the term “Islamic philosophy” instead of the term “Arab-Muslim philosophy.”
2026-03-12T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76406 INTERAKTIV METODLAR ORQALI TALABALARNING TANQIDIY VA IJODIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH 2026-03-13T04:55:45+00:00 Zuxra Tuxtayeva toxiregamberdiyev17@gmail.com
Oliy ta’limda bilimni yodlashga tayangan o‘qitish modeli talabaning real muammolarni ko‘rishi, tahlil qilishi, dalil bilan baholashi va yangi yechim yaratishi kabi asosiy intellektual ehtiyojlarni to‘liq qondirmaydi. Tanqidiy fikrlash dalilni saralash, mantiqiy xulosa chiqarish, qarama-qarshi pozitsiyani tushunish, xatoni aniqlash va qarorni asoslash ko‘nikmalarini birlashtiradi. Ijodiy fikrlash esa muammoni qayta talqin qilish, g‘oyalar oqimini ko‘paytirish, noodatiy kombinatsiyalar topish, yechimni sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish qobiliyatini anglatadi. Interaktiv metodlar talabaning fikrlashini faollashtirib, hamkorlikdagi muloqot, muammoli vaziyat, bahs va loyiha jarayonida bilimni amaliy harakatga aylantiradi.
2026-03-12T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76432 BOSHLANG’ICH SINFDA SINFDAN TASHQARI MASHG’ULOTLARIDA MATEMATIK O’YINLAR ORQALI MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH 2026-03-13T07:10:51+00:00 Umida Bovanova umidabovanova8@gmail.com Nargiza Ro‘zaliyeva info@in-academy.uz
Bugungi kunda yosh avlodni hozirgi zamonaviy ilm-fan bilan qurollantirish orqali ularning intellektual salohiyatini maksimal darajada rivojlantirish umumta’lim maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Ushbu vazifani amalga oshirishda sinfdan tashqari ishlarning o’rni beqiyosdir. Mazkur maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilarining  sinfdan tashqari mashg’ulotlarida mantiqiy fikrlashi va kognitiv salohiyatini rivojlantirishda matematik o’yinlardan foydalanish haqida so’z boradi.
2026-03-12T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76530 KICHIK BIZNES SUB’EKTLARINING RAQOBATDOSHLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI VA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASIDAN FOYDALANISH 2026-03-14T09:02:07+00:00 Abdusalim Shavkatov abdusalimshavkatov9@gmail.com
Hozirgi globallashuv sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Kichik biznes sub’ektlari iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, raqobat muhitini shakllantirish hamda innovatsiyalarni joriy etishda muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda, aholi bandligini oshirishda va hududiy rivojlanishni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda kichik biznes sub’ektlarining raqobatdoshligini oshirish masalasi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Chunki bozor iqtisodiyotida muvaffaqiyatga erishish ko‘p jihatdan korxonaning raqobatbardoshligi bilan belgilanadi. Shu sababli kichik biznes sub’ektlari faoliyatida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, samarali boshqaruv usullaridan foydalanish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.
2026-03-13T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76592 UZOQ MUDDATLI DAVOLANISH CHORA TADBIRLARIGA MUHTOJ BOʻLGAN BOLALAR VA OʻSMIRLARNING TAʼLIMGA BOʻLGAN EHTIYOJLARI 2026-03-16T06:51:09+00:00 Gulmiraxon Ortiqova info@in-academy.uz
Mazkur maqolada uzoq muddatli davolanish chora-tadbirlariga muhtoj bo‘lgan bolalar va o‘smirlarning ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyojlari, ularning psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy xususiyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida mazkur toifadagi bolalarning uzluksiz ta’limini ta’minlash mexanizmlari, masofaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati hamda O‘zbekiston Respublikasida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlar yoritiladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, uzoq muddatli davolanish jarayonida bo‘lgan bolalar uchun individual ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, psixologik qo‘llab-quvvatlash va raqamli ta’lim resurslaridan samarali foydalanish muhim omil hisoblanadi.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76593 MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 2026-03-16T06:53:28+00:00 Madinaxon Toirova info@in-academy.uz Oyshaxon Sohobova info@in-academy.uz
Ushbu  maqolada  maktabgacha  ta’limda  qator  fanlarni  o’qitishda    Steam  ta’lim  texnologiyasining   ahamiyati,  uning   mazmun  mohiyati,    Steam  ta’lim  texnologiyasining  afzalliklari,     Xorijiy  rivojlangan  davlatlarning  metodikalari  va     yondashuvlari   kabi  masalalar  haqida  so’z boradi.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76594 BIR INSON-BIR MILLAT UYG‘ONISHI: MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA JADIDCHILIK HARAKATI 2026-03-16T06:56:57+00:00 Zilola Mirzaolimova info@in-academy.uz Nuriddin Qolqanov info@in-academy.uz
Mazkur maqolada XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkistonda yuzaga kelgan jadidchilik harakati hamda uning yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning ma’rifatparvarlik faoliyati yoritiladi. Unda Behbudiyning ta’lim tizimini isloh qilish, yangi usul maktablarini tashkil etish, matbuot va dramaturgiya orqali xalqni ilm-fan va ma’rifatga chorlagan faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, uning milliy uyg‘onish jarayonidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rsatib beriladi.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76656 TASAVVUF TARIQATI VA HOZIRGI ZAMON 2026-03-16T12:45:20+00:00 Malika Hakimova Hakimovamalika06@icloud.com
Ushbu maqolada tasavvuf tariqatining hozirgi zamon bilan bog‘liq o‘zgarishlari, uning zamonaviy hayotga ta’siri va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tasavvuf, tarixan, ruhiy poklanish va Allohga yaqinlashishning muhim usuli sifatida shakllangan bo‘lsa-da, bugungi kunda uning ahamiyati va qo‘llanilish sohalari kengayib bormoqda. Maqolada tasavvufning zamonaviy psixoterapiya, meditasiya va ichki tinchlikni saqlashdagi roli, shuningdek, uning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati o‘rganiladi. Tadqiqotda tasavvufga bo‘lgan qiziqishning ortishi, tasavvufiy amallar va o‘qishlarning ruhiy holatga ta’siri haqida mavjud ma’lumotlar tahlil qilingan. Shuningdek, tasavvufning zamonaviy psixologiya bilan qanday uyg‘unlashayotgani va uning ijtimoiy aloqalarga ta’siri haqida ham muhokama qilinadi.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76657 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH 2026-03-16T12:47:14+00:00 Maftuna Sattorova info@in-academy.uz Saodat Saparova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning pedagogik asoslari, mazmuni va samarali usullari yoritilgan. Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotidagi o‘rni, o‘quv jarayonida va sinfdan tashqari faoliyatda ularni singdirish mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, oilaviy hamkorlik, xalq og‘zaki ijodi, milliy bayramlar va an’analar orqali yosh avlodda vatanparvarlik, hurmat, odob-axloq fazilatlarini shakllantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76658 ПОНЯТИЕ, СУЩНОСТЬ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ПОТЕНЦИАЛ АКТИВНЫХ МЕТОДОВ ОБУЧЕНИЯ 2026-03-16T12:50:26+00:00 Феруза Киличева info@in-academy.uz
В статье рассматриваются понятие и сущность активных методов обучения, а также их педагогический потенциал в образовательном процессе. Раскрывается роль интерактивного взаимодействия и активизации познавательной деятельности обучающихся.
2026-03-16T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76800 PSIXOFIZIKA FANI PAYDO BO‘LISHI HAMDA SHAKLLANISHIDA E. VEBER VA T. FEXNER TADQIQOTLARINING O‘RNI 2026-03-18T07:21:14+00:00 Fazilat Xidirova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada psixofizika fanining shakllanishi va rivojlanish jarayonida E. Veber hamda T. Fexner tadqiqotlarining ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Psixofizika psixologiya va fiziologiya tutashgan nuqtada shakllangan ilmiy yo‘nalish bo‘lib, inson sezgi jarayonlari hamda tashqi jismoniy ta’sirlar o‘rtasidagi qonuniyatlarni o‘rganadi. Mazkur maqolada ayniqsa XIX asr ilmiy tafakkurida muhim o‘rin egallagan Veber qonuni va Fexner tomonidan ishlab chiqilgan psixofizik o‘lchash usullarining nazariy asoslari yoritiladi. E. Veber sezgi sezgirligining nisbiy xarakterini aniqlab, sezgi chegaralari va sezgi intensivligi o‘rtasidagi munosabatni empirik tajribalar asosida asoslab berdi. T. Fexner esa Veber natijalarini umumlashtirib, psixofizikaning matematik asoslarini yaratdi hamda psixologik hodisalarni miqdoriy o‘lchash imkoniyatini ilmiy jihatdan asoslab berdi. Tadqiqotda psixofizikaning psixologiya fanining mustaqil yo‘nalishi sifatida shakllanishida ushbu olimlarning ilmiy qarashlari, metodologik yondashuvlari va eksperimental usullarining o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, psixofizika nazariyalarining zamonaviy psixologiya, neyropsixologiya va kognitiv tadqiqotlar rivojiga ko‘rsatgan ta’siri ham ko‘rib chiqiladi.
2026-03-17T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76851 O‘QUVCHILARNING KIMYOVIY BILIMLARINI MUSTAHKAMLASHDA INTERAKTIV O‘YIN METODLARINING AHAMIYATI 2026-03-18T10:34:42+00:00 Zavqiddin Nigmatov info@in-academy.uz
“Kimyo” ta’limida interaktiv o’yinlardan foydalanish  ulardan ayrimlari jumladan;  “zakovat sohibi”, “kim tez yozadi”, “men kimman?”, “domino” kabi interaktiv o’yinlarni dars jarayoniga qo’llash samaradorligi haqida va kimyo darslarida interaktiv o‘yinlardan foydalanishning samaradorligini o‘rganish va ularni o‘quv jarayoniga tatbiq etish muhim metodik ahamiyatga ega. Mazkur maqolada kimyo darslarida interaktiv o‘yinlardan foydalanishning ta’limiy imkoniyatlari hamda ularning o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni yoritib beriladi.
2026-03-17T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76868 ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИГРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ НА УРОКАХ ВОСПИТАНИЯ В НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЕ 2026-03-18T11:49:19+00:00 Зульфия Иноятова info@in-academy.uz Сабрина Усмонова info@in-academy.uz
В статье рассматривается использование игровых технологий в воспитательном процессе начальной школы. Анализируется роль игры как эффективного педагогического средства формирования нравственных качеств, познавательной активности и коммуникативных навыков младших школьников. Рассматриваются основные виды педагогических игр и педагогические условия их применения на уроках воспитания.
2026-03-17T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76896 EMPIRIK MA’LUMOTLAR TURLARI 2026-03-19T05:07:21+00:00 Roziya Qanoatova info@in-academy.uz
Ushbu maqolada ilmiy tadqiqotlarda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan empirik ma’lumotlarning mazmuni, ularning shakllanish jarayoni hamda asosiy turlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Empirik ma’lumotlar ilmiy izlanishlarning dastlabki bosqichida to‘plangan real kuzatishlar, tajribalar va amaliy faoliyat natijalari asosida shakllanadigan axborot majmui sifatida tavsiflanadi. Tadqiqot jarayonida bunday ma’lumotlar obyekt yoki hodisani bevosita o‘rganish, kuzatish, o‘lchash, eksperiment o‘tkazish va so‘rovlar tashkil etish orqali olinadi. Maqolada empirik ma’lumotlarning asosiy turlari sifatida kuzatish natijasida olingan ma’lumotlar, eksperimental ma’lumotlar, statistik ma’lumotlar hamda so‘rov va intervyu orqali to‘plangan ma’lumotlar alohida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ularning ilmiy tadqiqotlarda ishonchliligi, obyektivligi va tekshiriluvchanligini ta’minlash omillari ham yoritiladi. Empirik ma’lumotlarni to‘g‘ri yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish ilmiy xulosalarning asoslanganligini oshirishi ta’kidlanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, empirik ma’lumotlarning turli shakllarini kompleks qo‘llash ilmiy muammoni yanada chuqurroq o‘rganish hamda nazariy xulosalarni amaliy dalillar bilan mustahkamlash imkonini beradi. Mazkur maqola ilmiy tadqiqot metodologiyasini o‘rganishda hamda empirik tadqiqotlarni tashkil etishda nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76946 ПСОРИАЗДАГИ СУЯК-МЕТАБОЛИК БУЗИЛИШЛАР ВА УЛАРНИ КОРРЕКЦИЯЛАШНИНГ ЗАМОНАВИЙ УСУЛЛАРИ 2026-03-19T10:18:26+00:00 Navvatoy Mirzaeva mirzaeva.navvatoy@tdmu.uz
Ushbu maqolada psoriaz bilan og'rigan bemorlarda suyak-metabo'lik buzilishlar mexanizmlari va ularni korreksiyalashning zamonaviy yondashuvlari ko'rib chiqilgan. Psoriazning tizimli yallig'lanish kasalligi sifatidagi xususiyatlari, IL-6, IL-17 va TNF-alfa sitokinlarining suyak to'qimasiga ta'siri, D vitamini defitsiti bilan korelyatsiyasi tahlil etilgan. Klinik tekshirish ma'lumotlari asosida osteopeniya va osteoporoz ko'rsatkichlari baholangan. Biologik preparatlar (IL-17 va IL-23 inhibitorlari) hamda D vitamini metabolitlari bilan davolash natijalari muhokama qilingan. Maqolada korseksiyaning kompleks patogenetik yondashuvlari tavsiya etilgan va ilmiy adabiyotlar tahlili keltirilgan.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76951 РОЛЬ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕХАНИЗМОВ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ЭЛЕКТРОЭНЕРГЕТИЧЕСКОЙ ОТРАСЛИ 2026-03-19T10:47:13+00:00 Дилсора Маърупова info@in-academy.uz
Электроэнергетическая отрасль относится к числу системообразующих отраслей экономики, эффективность которых определяет темпы промышленного роста, уровень энергетической безопасности и устойчивость социально-экономического развития страны. В этой связи особое значение приобретает исследование роли организационно-экономических механизмов в повышении эффективности электроэнергетической отрасли. Под организационно-экономическим механизмом в данном случае следует понимать совокупность институционально-правовых, организационных, финансово-экономических и технологических инструментов, обеспечивающих координацию субъектов отрасли и достижение целевых параметров ее развития. Нормативная база Узбекистана в области электроэнергетики прямо ориентирована на надежность энергоснабжения, развитие конкуренции, формирование правил рынка и привлечение инвестиций, что подтверждает системное значение рассматриваемого механизма.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76952 NODAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUVIDA ICHKI AUDITNING STRATEGIK AHAMIYATI 2026-03-19T10:49:12+00:00 Norpo‘lat Turmanqulov norpulat@inbox.ru
Mazkur maqolada nodavlat oliy ta’lim muassasalari boshqaruvida ichki auditning strategik ahamiyati tadqiq etilgan. O‘zbekistonda nodavlat oliy ta’lim sektorining jadal rivojlanishi sharoitida oliygohlarning moliyaviy barqarorligi, resurslardan samarali foydalanish va ta’lim xizmatlari sifatini ta’minlash masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Tadqiqotda ichki audit korporativ boshqaruv, ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimining muhim elementi sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatida yuzaga keladigan asosiy risklar - kontrakt tushumlarining kamayishi, akademik sifat va reputatsiya riski, IT va kiberxavflar  hamda resurslardan samarasiz foydalanish kabi omillar tahlil qilingan.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76961 НУТҚ КАМЧИЛИКЛАРИНИ БАРТАРАФ ЭТИШДА НАФАС МАШҚЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ 2026-03-19T11:07:32+00:00 Р.Л. Назруллаева info@in-academy.uz
Нутқ-инсон хаётини таъминловчи функциялардан биридир.Нормада физиологик нафас жараёни ритмик амалга ошади.Нафас чуқурлиги организмнинг кислородга бўлган эҳтиёжига мос келади.Нафас олиш,нафас чиқаришга қараганда нафаснинг нисбатан фаол базаси ҳисобланади.Нафас чиқаришда диафрагма мускуллари бўшашади.Кўкрак қафасини кўтарувчи ва пасайтирувчи қовирғалараро мушаклар билан биргаликдадиафрагма юқорига кўтарилади ва ўпкани қисади. Диафрагманафаснинг таъминланишида асосий ҳаракатлантирувчи куч бўлиб,нафасда иштирок этади.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/76977 MULOQOT JARAYONIDA NOVERBAL VOSITALARNING PRAGMATIK XUSUSIYATLARI 2026-03-19T13:23:14+00:00 Xayotxon Asqaraliyeva hayotxonasqaraliyeva5@gmail.com Dildora Ganiyeva info@in-academy.uz
Ushbu maqola muloqot jarayonida noverbal vositalarning pragmatik xususiyatlarini lingvopragmatika nazariyasi asosida chuqur tahlil qiladi. Noverbal vositalar (mimika, imo-ishoralar, paralingvistik elementlar, proksemika, haptika va artifaktlar) nutqiy aktning kontekstida illokutsion kuch hosil qilishi, muloqot maqsadi va natijasiga ta’sir etishi, implicature va politeness strategiyalarini ifodalashi, shuningdek, madaniyatlararo muloqotdagi pragmatik to‘siqlar va o‘zbek milliy muloqotining o‘ziga xos xususiyatlari ilmiy jihatdan yoritilgan. Verbal vositalar bilan integratsiyalashgan holda noverbal birliklarning kommunikativ samaradorligi, emotsional-ekspressiv funksiyasi va pragmatik xatolarni oldini olishdagi roli misollar asosida ochib berilgan. Tadqiqot natijalari muloqot madaniyatini oshirish va zamonaviy lingvistik jarayonlarda noverbal vositalarning strategik ahamiyatini ta’kidlaydi.
2026-03-18T00:00:00+00:00 Copyright (c) 2026