"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-11-07

MEXMONXONA XIZMATLARIDA MIJOZLAR QONIQISHINI OSHIRISHNING INNOVATSION USULLARI

Mazkur maqolada mehmonxona sohasida mijozlar qoniqishini oshirishning innovatsion usullari chuqur tahlil qilinadi. Xususan, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, xizmatlarni shaxsiylashtirish, xodimlar malakasini oshirish, mijoz fikrini monitoring qilish hamda ekologik va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirish kabi yondashuvlar ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston sharoitida innovatsion yondashuvlarni joriy etishning amaliy istiqbollari va natijalari ham tahlil qilinadi.

Rashidova Gulhayo Alisherovna

11-15

2025-11-06

TA‘LIM SIFATI VA XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI (PISA, TIMSS, PIRLS)GA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK YONDOSHUV

Ushbu maqola ta‘lim sifatini baholashning xalqaro tizimlari-PISA, TIMSS va PIRLS dasturlarining pedagogik-psixologik jihatlari tahlilini o‘z ichiga oladi. Maqolada ushbu baholash tizimlarining o‘quvchilar bilim darajasini aniqlashdagi ahamiyati, ularning metodologik asoslari va ta‘lim jarayoniga ta‘siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, xalqaro baholash tizimlari o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlari, tanqidiy fikrlash malakasi va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ushbu xalqaro baholash tizimlarining o‘quvchilar bilim darajasini ob‘ektiv baholashdagi afzalliklari va cheklovlari, shuningdek ularni milliy ta‘lim tizimiga integratsiya qilish masalalari ham yoritilgan

Achilova Sunbula Asrorovna

16-18

2025-11-06

ЗНАЧЕНИЕ ЗЕЛЕНОЙ ЭКОНОМИКИ ДЛЯ ЭКОНОМИКИ УЗБЕКИСТАНА И МЕТОДЫ ИССЛЕДОВАНИ

В статье анализируются основные пути и перспективы развития «зелёной экономики» в Узбекистане. «Зелёная экономика» рассматривается как модель, сочетающая социально-экономическое развитие с экологической устойчивостью. Освещаются проводимые в стране реформы в таких областях, как использование возобновляемых источников энергии, повышение энергоэффективности, переработка отходов и внедрение экологически чистых технологий. Отмечается, что перспективы развития «зелёной экономики» велики, опираясь на природные ресурсы Узбекистана и поддержку международных финансовых институтов. В статье раскрывается важная роль «зелёной экономики» в повышении экономической и экологической устойчивости страны.

Azimov Islom, Karimova Marjona Zafar qizi

5-10

2025-11-06

SUN’IY INTELLEKTNI IQTISODIYOTGA TA’SIRI

Ushbu maqola rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyotda sun’iy intellektni ijobiy va salbiy ta’sirlari yuzasida misollar bilan bayon etilgan.Shuningdek sun’iy intellektning ishlab chiqarish,mehnat bozori,moliya va qishloq xo’jaligi va savdoda qo’llanilib,mahsulot va tovar sifatini oshirish nazariyalari va ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olingan holda misol keltirilgan.Bunga qo;shimcha tarzda iqtisodiy-xavf xatarni oldini olish bo’yicha  yechimlar qayd qilib o’tilgan.Ushbu maqolada raqamli va zamonaviy bu davrda iqtisodiyotga sun’iy intellektni ta’siri haqida ma’lumot beriladi va rivojlanishdagi strategik o’rnini tudhunishga yordam beriladi.

Shoxsanam Boltayeva, Beknazarova Dilafruz

19-22

2025-11-10

NISHON TUMANIDA G‘ALLACHILIK SOHASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR: NATIJALAR VA STRATEGIK SALOHIYAT

Maqolada 1991-yildan boshlab Nishon tumanida g‘allachilik sohasida amalga oshirilgan islohotlar, ekin maydonlari, hosildorlik ko‘rsatkichlari, infratuzilma va boshqaruvning takomillashuvi tahlil qilinadi. Ushbu sohadagi o‘zgarishlar hududiy ixtisoslashuv, davlat siyosatining agrar yo‘nalishga qaratilishi va texnologik yangilanish bilan bog‘liq. Tarixiy bosqichlarga (1991-2005, 2006-2015, 2016-hozirgacha) bo‘linib, har bir davrdagi yutuqlar va muammolar ko‘rib chiqiladi.

Musurmonov Amir Anvar o‘g‘li

23-25

2025-11-10

SUD AMALIYOTI MA’LUMOTLAR BAZALARINING HUQUQIY TAHLILDAGI AHAMIYATI.

Ushbu maqola sud amaliyoti ma’lumotlar bazalarining huquqiy tahlil jarayonidagi o‘rni, afzalliklari va muammolarini keng yoritadi. Raqamli texnologiyalar davrida huquqshunoslik fanida Legal Tech yo‘nalishining jadal rivojlanishi sud amaliyoti ma’lumotlarini tahlil qilishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Sud qarorlarining ochiqligi, ularni tizimlashtirish, tahlil qilish va natijalarini solishtirish orqali adolatli qarorlar chiqarish imkoniyatlari kengaymoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi sud amaliyoti bazalari tahlil qilinadi va ular AQSh, Buyuk Britaniya, Estoniya, hamda Rossiya tajribalari bilan qiyoslanadi. Tadqiqotning maqsadi — sud amaliyoti ma’lumotlar bazalarining huquqiy tahlil sifatini oshirishdagi o‘rnini aniqlash, mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini taklif etishdir

Hobilova O’g’iloy Zafarjon qizi

26-35

2025-11-10

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРНИ ОЛДИНИ ОЛИШДА ФУҚАРОЛАРНИНГ ЎЗИНИ ЎЗИ БОШҚАРИШ ОРГАНЛАРИ БИЛАН ҲАМКОРЛИГИ

Мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматларининг ҳуқуқбузарликларни олдини олишда фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари билан ҳамкорлиги хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

36-42

2025-11-10

YURAKNING TUZILISHIDAGI INDIVIDUAL FARQLAR VA BOLALARDA TUG’MA YURAK NUQSONLARINING SABABLARI

Ushbu ilmiy maqola yurak tuzilishidagi individual farqlar va bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarining rivojlanish sabablari bilan bog‘liq ilmiy izlanishlarga bag‘ishlanadi. Yurak organizmning eng muhim organlaridan biri bo‘lib, uning tuzilishi va faoliyati jismoniy va fiziologik jihatdan juda murakkabdir. Maqolada yurakning anatomik xususiyatlaridagi individual farqlar, shu jumladan, qon tomir tizimi va yurak sohasidagi morfologik o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, bolalarda tug‘ma yurak nuqsonlarining rivojlanishiga olib keladigan genetik, ekologik, infektsion va boshqa omillar o‘rganiladi. Yurakning tuzilishidagi farqlar odamning yoshi, jinsi, irsiy xususiyatlari, hamda uning umumiy salomatligi bilan chambarchas bog‘liqdir. Bu nuqtai nazardan, bolalardagi yurak nuqsonlari ko‘pincha genetik omillar, intrauterin davrda yuzaga kelgan muammolar yoki birinchi uch oyda organizmda yuz beradigan infektsiyalar ta’sirida rivojlanadi.

Mashrabjonova Muxlisa Ulug’bek qizi, Nazirjonov Orifxo’ja Xusanxo’ja o’g’li

43-47

2025-11-11

TALABALARNINING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI

Mazkur maqolada talabalarda kreativlik qobiliyatlari paydo boʻlishi, rivojlanish shuningdek kreativ tendensiyalarnini rivojlantirish boʻyicha  ayrim muommalar batafsil  yoritib berilgan.

Qilichova Odina Umid qizi, Toʻxtayeva Matluba Xakimovna

48-50

2025-11-11

“PULNING SIYOSATDAGI O‘RNI VA UNING DEMOKRATIYAGA TA’SIRI”

Maqolada pulning siyosiy jarayonlardagi o‘rni, uning demokratiya tamoyillariga ko‘rsatadigan ta’siri, siyosiy tengsizlik, moliyaviy resurslar taqsimoti, saylov kampaniyalarida pulning roli va siyosiy qarorlarga moliyaviy kuchning ta’siri tahlil qilingan. Pul siyosiy partiyalar, nomzodlar va siyosiy institutlar faoliyatida zarur resurs sifatida ishlatilishi, lekin nazoratsiz moliyalashtirish demokratiya asoslariga  adolat, tenglik va oshkoralikka salbiy ta’s Ushbu ir qilishi mumkinligi ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan. Maqolada korrupsiya xavfi, siyosiy manfaatlar to‘qnashuvi, moliyaviy lobbichilik, shaffoflikning yetishmasligi kabi muammolar ham yoritiladi. Shuningdek, demokratik jamiyatlarda siyosiy moliyalashtirishning tartibga solinishi, nazorat mexanizmlari, jamoatchilik ishonchini mustahkamlash yo‘llari va moliyaviy adolatni ta’minlashning ahamiyati haqida fikrlar bayon qilingan. Tadqiqot yakunida pulning siyosatdagi ta’sirini cheklash va demokratik jarayonlarda oshkoralikni kuchaytirish bo‘yicha muhim takliflar umumlashtirilgan.

Eshchonov Qobuljon

51-54

2025-11-12

STARTUP MADANIYATINI YOSHLARGA O’RGATISHNING PSIXOLOGIK JIHATLARI: MUVAFFAQIYATSIZLIKDAN QO’RQMASLIK

Startup madaniyati zamonaviy jamiyatda nafaqat iqtisodiy o‘sish omili, balki yoshlarning kreativ salohiyati, mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati va psixologik barqarorligini shakllantiruvchi jarayon sifatida ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ammo startap faoliyatida muvaffaqiyatsizlik ehtimoli yuqori bo‘lgani sababli, ko‘plab yoshlar ijodiy g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirishdan cho‘chiydi. Ushbu tadqiqotning maqsadi — yoshlarga startap madaniyatini o‘rgatishda muvaffaqiyatsizlikdan qo‘rqmaslikni psixologik jihatdan shakllantirish mexanizmlarini tahlil qilishdir.

Xamroqulova Layloxon Arabjon qizi, Axmedova Zulayxo Nuralibek qizi, Xalimjanov Abduqunduz Rahimjon o’g’li

55-58

2025-11-12

АНАТОМИЯ ПЕЧЕНИ И ЖЕЛЧНЫХ ПУТЕЙ И ИХ РОЛЬ ПРИ ЖЕЛТУХАХ У ДЕТЕЙ

    В данной научной работе рассматриваются анатомические особенности печени и желчных путей у детей, а также их роль в развитии и клинических проявлениях желтух различного происхождения. Особое внимание уделено морфологическим и функциональным отличиям печени в разные возрастные периоды детства, строению внутрипечёночных и внепечёночных желчных протоков, а также механизмам формирования холестаза. В статье подробно освещаются анатомо-физиологические основы метаболических и детоксикационных функций печени, особенности кровоснабжения, иннервации и микроциркуляции в детском возрасте. На основе анализа клинических наблюдений и литературных данных описаны взаимосвязи между нарушением анатомической структуры гепатобилиарной системы и развитием неонатальных, паренхиматозных и обтурационных форм желтухи. Работа направлена на углублённое понимание роли анатомических факторов в патогенезе детских гепатобилиарных заболеваний и может быть полезна студентам медицинских вузов, педиатрам и специалистам в области детской гастроэнтерологии.

Курбонова Мутабарой Умиджоновна , Нилуфар Бурхонова

59-63

2025-11-12

YURAK QON TOMIR TIZIMINING TUZILISHI VA ASOSIY FUNKSIYASI

Yurak-qon tomir tizimi inson organizmining hayot faoliyatini boshqarishda asosiy o‘rin tutadi. Tizim yurak va qon tomirlar majmuasidan iborat bo‘lib, ularning asosiy vazifasi hujayralarni kislorod va ozuqa moddalari bilan ta’minlash hamda almashinuv jarayonida hosil bo‘lgan chiqindi mahsulotlarni organizmdan chiqarib yuborishdan iboratdir. Ushbu maqolada yurakning tuzilishi, qon tomirlarning turlari va ularning fiziologik ahamiyati, shuningdek, qon aylanish jarayonining umumiy mexanizmlari yoritilgan. Tizimning organizm homeostazini saqlashdagi ahamiyati ham ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqilgan..

Abdujabborov Xojiakbar, Tojiddinov Mirzo Ulug’bek Avazbekovich

64-67

2025-11-12

HUQUQIY NIGILIZMNING NAZARIY - ASOSIY TUSHUNCHALARI

Bugungi kunda jamiyat taraqqiyoti va davlat boshqaruvi samaradorligi, avvalo, fuqarolarning huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir. Huquqiy davlat barpo etish jarayonida fuqarolarning qonunlarga nisbatan hurmati, ularga bo‘lgan ishonchi va rioya etish madaniyatini shakllantirish muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim hollarda jamiyatda huquqiy me’yorlarning ahamiyatini inkor etish, qonunlarga bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish holatlari kuzatiladi. Bunday salbiy holat huquqiy nigilizm deb ataladi. Huquqiy nigilizm — bu shaxsning yoki ijtimoiy guruhning huquqqa, qonunlarga va davlat institutlariga nisbatan ishonchsizlik, e’tiborsizlik yoki rad etish holatidir. U nafaqat huquqiy tizimning barqarorligiga, balki jamiyatda adolat va tartibni ta’minlashga ham jiddiy xavf tug‘diradi. Shu bois, huquqiy nigilizmni o‘rganish va uni bartaraf etish masalalari nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham dolzarb ahamiyatga ega.

G’ulomov Abdulaxadxon Baxtiyor o’g’li

68-73

2025-11-13

HOW ENGLISH LANGUAGE EFFECTS IN YOUNG UZBEK GENERATION

This article provides a detailed analysis of the influence of the English language on the young generation of Uzbekistan. It examines the role of the language in specific fields, access to scientific and technological resources, professional development, and advantages in the labor market, as well as its impact on cultural exchange and a global worldview. The article also offers recommendations for young people to learn English effectively and purposefully while preserving their native language and culture.

Shaxzoda Xotambekova

74-76

2025-11-17

ILMIY AXBOROTNI HOMOYA QILISHDA KIBERXAVFSIZLIK TAMOYILLARINING O’RNI

Ushbu maqolada ilmiy axborotni himoya qilish jarayomida kiberxavfsizlik tamoyillarining o’rni va ahamiyati yoritilgan. Raqamli texnologiyalar tez sur’atlarda rivojlanayotgan bugungi kunda ilmiy ma’lumotlarning maxfiyligi, butunligi va ishonchliligini taminlash muhim masalalardan biridir. Maqolada kiberxavfsizlikning asosiy tamoyillari – maxfiylik, butunlik va mavjudlik – ilmiy faoliyatda qanday qo’llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, akademik muhitda ma’lumot o’g’irlanishining oldini olishda kiberxavfsizlik choralarining ahamiyati muhokama etiladi. Tadqiqot natijalariga ko’ra, ilmiy axborotni himoya qilish madaniyatini rivojlantirish akademik halollikni mustahkamlash va ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirishga xizmat qiladi..

Mamalatifov Amirjon Farruxovich, M.A.Axrorova

77-80

2025-11-19

XALQARO MIQIYOSDA FOYDALANILADIGAN HUQUQIY PLATFORMALARNING AHAMIYATI

Jadal globallashuv va raqamli texnologiyalarining kundan kunga rivojlanishi barcha sohalarni qamrab olmoqda va yuridik sohada ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada xalqaro miqiyosda keng qo‘llanib kelayotgan huquqiy platformalarning ahamiyati, ularning huquqiy axborotlarni alamshtirishdagi o‘rni, shaffofligi, mamlakatlar o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni rivojlantirishdagi olib borilayotgan say-harakatlar tahlil qilinadi. Shu bilan birga, mazkur huquqiy platformalarning afzalliklari, huquqiy axborotlarni global miqiyosda almashinuvidagi roli o‘rganiladi.

Zaynobiddinov Xasanboy

81-86

2025-11-20

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIDA OG’IZAKI VA YOZMA HISOBLASHNI SHAKILLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida og‘zaki va yozma hisoblash malakalarini shakllantirishning samarali metodikasi yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, matematik tafakkurining bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda hisoblash jarayonida qo‘llaniladigan o‘qitish usullari ilmiy-amaliy asosda tahlil qilingan. Shuningdek, og‘zaki hisoblashni rivojlantirishda didaktik o‘yinlar, tezkor mashqlar, mantiqiy topshiriqlar va turli interaktiv metodlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Yozma hisoblashni o‘rgatishda esa algoritmlarni ketma-ket tushuntirish, misol yechish jarayonini bosqichma-bosqich ko‘rsatish, o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatuvchi mashqlar tizimi va nazorat turlari haqida fikr yuritilgan. Maqola davomida boshlang‘ich sinf matematika darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda ko‘rgazmali vositalardan foydalanishning o‘quvchilarning hisoblash ko‘nikmalariga ta’siri misollar orqali asoslab beriladi. Olingan natijalar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi

Soliyev Ilxomjon Sobirovich, Ne’matjonova Zarnigor Yo‘ldashali qizi

87-89

2025-11-20

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK IQTIDORINI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matematika o‘qitish metodlari, ularni qanday amalga oshirish, o‘quvchilarga puxta bilim berishga, o‘quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish yo‘llarini o‘rgatish, matematika o‘qitish jarayonida insonni mehnatni sevishga, o‘zining qadr-qimmati bir-biriga hurmati kabi fazilatlarni tarbiyalashni ko‘rsatib berish to‘g‘risida fikr yuritilgan.

Soliyev Ilxomjon Sobirovich, Abdusattorova Mohidil Sahobiddin qizi

90-92

2025-11-20

BIG DATA: HUQUQIY TAHLIL UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Ushbu maqola Big Data texnologiyalarining huquqiy tahlil sohasidagi ahamiyati va qoʻllanilish imkoniyatlariga bagʻishlangan. Maqolada katta hajmdagi maʼlumotlarni yigʻish, saqlash, qayta ishlash va tahlil qilish orqali huquqiy jarayonlarni optimallashtirish, sud qarorlarini bashorat qilish, huquqiy risklarni baholash va qonunchilikni takomillashtirishda Big Data ning roli tahli qilinadi. Shuningdek, Oʻzbekiston huquqiy tizimida Big Data dan foydalanishning hozirgi holati, muammolari va istiqbollari, shu bilan birga maʼlumotlar maxfiyligi va xavfsizligi masalalari ham oʻrganiladi.

Xusrav Xo’janazarov Firuzovich

93-102

2025-11-24

O’ZBEKISTONDA “ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO’G’RISIDA”GI QONUNNING AHAMIYATI

Mazkur ilmiy maqola O‘zbekiston Respublikasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini chuqur huquqiy tahlil qilishga bag’ishlangan bo’lib, tadqiqotning dolzarbligi shundan iboratki, bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida fuqarolarning iste’molchi sifatidagi manfaatlarini ishonchli kafolatlash zarurati bilan belgilanadi. Maqolaning nazariy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, xususan, "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonun normalari tashkil etadi. Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Yevropa Ittifoqining tegishli tajribalari hamda xalqaro huquqiy tamoyillar o‘rganib chiqiladi. Maqolada empirik tadqiqotlar va amaliy so’rovnomalar natijalariga tayangan holda tizimdagi bir qator asosiy muammolar ham aniqlangan.

Sevinch Erkinova Zafarovna

103-112

2025-11-24

LEGALTECH VOSITALARINING ADVOKATLIK FAOLIYATIDA ISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDAGI RO‘LI

Mazkur tatqiqot advokattura sohasida LegalTech vositalarining ish samaradorligini oshirishdagi ro‘lini o‘rganishga bag‘ishlangan. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar hayotning barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda va huquq tizimi bundan mustasno emas. LegalTech — bu huquqiy xizmatlarni raqamlashtirish, avtomatlashtirish va optimallashtirishga xizmat qiluvchi texnologiyalar majmuasidir. Tadqiqotda huquqiy hujjatlarni avtomatlashtirish dasturlari, yuridik ma’lumot bazalari, mijozlar bilan aloqani boshqarish tizimlari (CRM), hamda elektron sud tizimlari kabi vositalarning afzalliklari tahlil qilingan. Bu vositalar advokatlarga hujjatlarni tez tayyorlash, xatoliklarni kamaytirish, vaqtni tejash va mijozlar bilan samarali aloqa o‘rnatish imkonini beradi. Shuningdek, O‘zbekistonda LegalTech rivojining hozirgi holati, xususan “E-SUD” tizimi, “e-advokat” boshqa raqamli loyihalar misolida amaliy natijalar ko‘rsatib o‘tilgan. Ishda shuningdek, raqamli savodxonlik, ma’lumot xavfsizligi va texnologik xarajatlar kabi mavjud muammolar ham tahlil etilgan. Xulosa sifatida LegalTech vositalari advokatlik faoliyatining ajralmas bo‘lagiga aylanib, yuridik xizmatlar sifatini oshirishi ta’kidlangan..

Raximberdiyev Rustambek Karimjon o‘g‘li

113-122

2025-11-24

AVTONOM NERV TIZIMI VA ICHKI ORGANLAR FAOLIYATI O‘ZARO TA’SIRINING BUZILISHI: SOMATOFORM BUZILISHLARNING FIZIOLOGIK VA PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada avtonom nerv tizimi (ANT) va ichki organlar faoliyati o‘rtasidagi fiziologik integratsiya, ushbu tizimlararo o‘zaro ta’sirning buzilishi natijasida shakllanadigan somatoform buzilishlarning asosiy mexanizmlari hamda ularning patofiziologik jarayonlari tahlil qilinadi. ANTning simpatik va parasimpatik bo‘limlari tomonidan boshqariladigan yurak-tomir tizimi, nafas olish, ovqat hazm qilish, endokrin va immun tizimlari o‘rtasidagi neyroregulyator aloqalar normada organizm homeostazini ta’minlaydi. Stress, psixoemotsional zo‘riqish, neyroendokrin disbalans, neyrotransmitterlar almashinuvi buzilishi hamda vegetativ neyronlar sezuvchanligining oshishi bu integratsiyani izdan chiqaradi. Shuning natijasida klinik jihatdan organik shikastlanishsiz somatik simptomlarga boy bo‘lgan somatoform buzilishlar namoyon bo‘ladi.

Egamnazarova Shahnoza Tursunbayevna, Mazalova Azizaxon Jahongir qizi

123-128

2025-11-24

ELEKTRON DAVLAT HARIDLARINI DAVLAT BOSHQARUVIDAGI O`RNI

Mazkur maqolada elektron davlat xaridlari tizimining mazmuni, uning shakllanish jarayoni va zamonaviy davlat boshqaruvidagi o‘rni haqida umumiy ma’lumot beriladi. Bugungi kunda davlat xaridlarini raqamlashtirish jarayoni ko‘plab mamlakatlarda boshqaruv samaradorligini oshirish, byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashning muhim vositasiga aylangan. Elektron davlat xaridlari an’anaviy qog‘oz shaklidagi jarayonlarni soddalashtirib, barcha ishtirokchilarga teng imkoniyat yaratadi, korrupsiya xavfini kamaytiradi va tender jarayonlarida adolatli raqobatni kuchaytiradi. Maqolada elektron xaridlarning shakllanish tarixi, elektron platformalarning asosiy funksiyalari hamda davlat boshqaruvi uchun keltiradigan afzalliklari yoritiladi. Shuningdek, turli davlatlarning tajribasi qisqacha ko‘rib chiqilib, xalqaro amaliyotda qo‘llanilayotgan yondashuvlar haqida umumiy tahlil beriladi. Tadqiqot elektron xaridlarning huquqiy asoslari, texnologik tamoyillari, jarayon ishtirokchilari va boshqaruvga ta’siri bo‘yicha to‘plangan ochiq ma’lumotlarga asoslanadi. Natijada, elektron davlat xaridlari tizimi samaradorlikni oshirish, xarajatlarni qisqartirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va boshqaruv mexanizmlarini raqamlashtirishdagi muhim vosita sifatida baholanadi. Maqola elektron xaridlarning bugungi kundagi ahamiyatini yoritish bilan birga, tizimni yanada takomillashtirish zarurligi haqida umumiy xulosalar beradi..

Xaydarov Diyorbek Shuxrat o`g`li

129-134

2025-11-24

LEGALTECH VA INTELLEKTUAL MULK HUQUQINI RO’YXATDAN O’TKAZISH JARAYONLARI: AVTOMATLASHTIRISH

Ushbu maqolada LegalTech (huquqiy texnologiyalar) tushunchasining mazmuni va uning intellektual mulk (IM) huquqlarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarida tutgan o‘rni yoritilgan. Maqolada an’anaviy IM ro‘yxatdan o‘tkazish tizimidagi muammolar, avtomatlashtirishning afzalliklari, LegalTech vositalarining amaliy qo‘llanilishi, xalqaro tajriba hamda O‘zbekiston misolida mavjud imkoniyatlar tahlil qilingan. Muallif o‘zining shaxsiy fikrlariga asoslanib, huquqiy sohada raqamlashtirishning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy ahamiyatini yoritgan hamda istiqboldagi yo‘nalishlar bo‘yicha takliflar bergan.

Jig’ayev Rinat Jobir o’g’li

135-138

2025-11-24

KARYERA MUOFAQQIYATIGA TA’SIR ETUVCHI SHAHSIY OMILLAR

Ushbu maqolada shaxsning kasbiy faoliyatida yuqori natijalarga erishishiga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy shaxsiy omillar har tomonlama tahlil qilingan. Avvalo, karyera muvaffaqiyati tushunchasining mazmuni, uning shakllanish jarayoni va uni baholash mezonlari yoritib beriladi. Shaxsning professional rivojlanishiga ta’sir etuvchi motivatsiya, bilim va ko‘nikmalar, kasbiy malaka, samarali muloqot madaniyati, mas’uliyat, o‘ziga ishonch, maqsadga intilish hamda o‘zgaruvchan ish sharoitlariga moslasha olish qobiliyatining o‘rni alohida ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada shaxsiy fazilatlar karyera o‘sishining ichki harakatlantiruvchi kuchi sifatida talqin qilinib, aynan ushbu sifatlar mehnat bozorida raqobatbardoshlikni oshirishdagi hal qiluvchi omillar ekanligi asoslab beriladi. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiyot talablariga mos ravishda kasbiy kompetensiyalarni muntazam rivojlantirib borish, tajriba orttirish, o‘z ustida ishlash va maqsadlarni to‘g‘ri belgilashning ahamiyati ilmiy-nazariy va amaliy mulohazalar orqali asoslangan. Mazkur maqola kasbiy o‘sishga intiluvchi mutaxassislar uchun nazariy asos hamda amaliy ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi.

Xakimova Omadxon

139-142

2025-11-28

BRONXIAL ASTMANING KELIB CHIQISH SABABLARI, ASOSIY PATOGENEZ MEXANIZMLARI VA DAVOLASHDA ZAMONAVIY USULLARDAN FOYDALANISH YO'LLARI

Bronxial astma - bu surunkali yallig‘lanish bilan kechadigan nafas yo‘llarini torayishi bo‘lib, bronxospazm va mukus ishlab chiqarishning ortishi bilan xarakterlanadi. Astma ko‘pincha nafas qisilishi, yo‘tal, ko‘krak qismida og‘irlik va shovqinli nafas olish bilan namoyon bo‘ladi. Ushbu kasallik butun dunyo bo‘yicha keng tarqalgan bo‘lib, har qanday yoshdagi insonlarda uchrashi mumkin. Astmaning paydo bo‘lishida genetik omillar, atrof-muhit sharoitlari va immunologik mexanizmlar o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu maqolada bronxial astmaning kelib chiqish sabablari, asosiy patogenez mexanizmlari, shuningdek zamonaviy davolash usullari keng qamrovli tahlil qilindi. Tadqiqotlar allergenlar, genetik predispozitsiya, atrof-muhit omillari va immunologik reaktsiyalarni bronxial astma rivojlanishidagi asosiy omillar sifatida ko‘rsatadi.

Nazirjonov Diyorbek Sherzodbek o’g’li, Nazirjonov Orifxo’ja Xusanxo’ja o’g’li

143-149

2025-11-30

OILA PSIXOLOGIYASI VA GENDER TADQIQOTLAR

Ushbu tezis ishida oila psixologiyasi va gender tadqiqotlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ularning zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati hamda oilaviy munosabatlar tizimiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi — oilaviy rollarni shakllanishida gender stereotiplarining psixologik omillarini aniqlash va ularning ijtimoiy-madaniy kontekstdagi o‘zgaruvchanligini o‘rganishdir. Ishda empirik va nazariy usullar uyg‘un qo‘llanilib, turli yoshdagi oilaviy juftliklar hamda turmush o‘rtoqlar o‘rtasidagi psixologik iqlim, kommunikatsiya strategiyalari va gender rollarining ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari oila psixologiyasi sohasi mutaxassislari uchun muhim amaliy tavsiyalar berishga, shuningdek, gender tenglik tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi

Abduraxmonova Saodatxon Xakimjonovna

150-153

2025-11-30

TA`LIMNI O`RTA BOSHQICHIDAN BOSHLAB PSIXOLOGIYA FANI O‘TILISHI QANCHALAR ZARUR? HAYOTIY MUAMMOLARNI ANGLASHDA PSIXOLOGIK BILIMLARNING O‘RNI

Maktab psixologining hamma o‘quvchi bilan ishlashga vaqti yetmasligi, asosan, muammosi og‘ir o‘quvchilar bilangina ishlashini hisobga olsak, psixologiya fani o‘tilishi boshqa o‘quvchilarning psixologik bilimlarga bo‘lgan chanqog‘ini qondiradi. Maktabda o‘tiladigan fanlar bilimni oshirishga qaratilgan bo‘ladi. Psixologiya fanining joriy etilishi nafaqat o‘smirning psixika haqidagi bilimlarini kengaytirishi, balki o‘z-o‘ziga yordam vositasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Husanova Shoxsanam

154-156

2025-11-30

ЎЗБЕКИСТОНДА ОИЛАВИЙ (МАИШИЙ) ЗЎРАВОНЛИККА ҚАРШИ КУРАШНИНГ ЖИНОИЙ-ҲУҚУҚИЙ МЕХАНИЗМЛАРИ

Оилавий зўравонлик кўп омилли ижтимоий-ҳуқуқий ҳодиса бўлиб, унинг келиб чиқиши индивидуал, психологик, ижтимоий ва маданий омиллар ўзаро таъсирининг мураккаб тизими билан белгиланади. Бугунги кунда оилавий муносабатларни ҳуқуқий тартибга солиш, оила аъзолари, айниқса болаларнинг жисмоний ва руҳий дахлсизлигини таъминлаш давлат сиёсатининг устувор йўналишларидан бири ҳисобланади. Шу муносабат билан оилага қарши жиноятларни самарали тартибга солиш ва уларнинг олдини олиш мақсадида жиноий-ҳуқуқий механизмларни такомиллаштириш муҳим аҳамият касб этади. Мазкур мақолада оилавий (маиший) зўравонликнинг ҳуқуқий табиати, уни барвақт аниқлаш, профилактика чораларини қўллаш ва жабрланувчиларни ҳимоя қилиш масалалари илмий асосда таҳлил қилинади.

Homidova Rayxona Orif qizi

157-163

2025-11-30

O‘ZBEKISTONDA ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISHDA PATRONAJNING ROLI

Kasalliklarni erta aniqlash ,homlador ayollar va chaqalog’i bor onalarni nazoratda ushlash va sog’lom turmush tarzini takomillashtirish to’g’risidagi tushuntirish ishlarini olib boruvchi kasb siz uchun ahamiyatsizga o’xshar lekin ,oilangizda mahallangizda qishloq yoki tumaningizda viloyatingizda yokida jamiyatimizda muhim ahamiyatga egadir .Xalq bilan muloqatda bo’lishda, xalni dardiga davo topishda , kelajak avlodlarni yanada sog’lomashishida Patranajlik juda katta ahamiyat kasb qiladi

Axmedova Muslimaxon Ulug'bek qizi, Marufjonova Naziraxon Muhammadjon qizi

164-166

2025-11-30

ICHKI ISHLAR ORGANLARINING MAJBURIYATLARI VA HUQUQLARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonunining 16- va 17-moddalarida belgilangan ichki ishlar organlarining majburiyatlari va huquqlari ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, huquq-tartibotni ta’minlash, fuqarolar xavfsizligi, jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni aniqlash va bartaraf etish kabi asosiy majburiyatlarning huquqiy asoslari ochib beriladi. Shu bilan birga, ichki ishlar organlariga berilgan huquqlarning mazmun-mohiyati, ularni amalga oshirishda qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, huquqiy chegaralar va amaliy mexanizmlar tahlil etiladi. Maqolada mazkur qonun normalarining ahamiyati va amaliyotdagi o‘rni yuzasidan ilmiy mulohazalar ham keltiriladi.

Ummatov Muhammadrasul Tursunovich

167-170

2025-11-30