Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI MAʼMURIY HUQUQBUZARLIKLAR TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH FAOLIYATIDA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritishdagi faoliyati va sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikni takomillashtirish yo‘llari tahlil qilinadi. Tadqiqotda hududiy profilaktika inspektorlarining faoliyati, ma’muriy ishlarni yuritish jarayoni, sohaviy xizmatlar bilan integratsiyalashgan ish mexanizmlari va mavjud kamchiliklar o‘rganildi. Shuningdek, xorijiy tajribalar va zamonaviy texnologiyalar orqali hamkorlik samaradorligini oshirish usullari ham tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, samarali hamkorlik tizimi ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olishda, shuningdek profilaktika ishlarini samarali amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Dehqonov Oybek Orifjon oʻgʻli

4-5

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARI MAʼMURIY HUQUQBUZARLIK TOʻGʻRISIDAGI ISHLARNI YURITISH FAOLIYATIDA SOHAVIY XIZMATLAR BILAN HAMKORLIK FAOLIYATI TUSHUNCHASI VA OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorlarining ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ishlarni yuritish jarayonida sohaviy xizmatlar bilan hamkorlik faoliyati tushunchasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida hamkorlik faoliyatining nazariy asoslari, integratsiyalashgan ish mexanizmlari, ish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va samarali yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, sohaviy xizmatlar bilan o‘zaro hamkorlik profilaktika inspektorlarining ish samaradorligini oshirish, huquqbuzarliklarni erta aniqlash va oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Dehqonov Oybek Orifjon oʻgʻli

6-7

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAʼMURIY HUDUDDA SODIR ETILADIGAN SUITSID HOLATLARNING PROFILAKTIKASINI TAʼMINLASH FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ilmiy maqolada ma’muriy hududlarda kuzatilayotgan suitsid holatlarining oldini olishda profilaktika inspektorlarining roli, funksional vazifalari va xizmatlararo hamkorlik mexanizmlari chuqur tahlil qilinadi. Suitsidning yuzaga kelishiga sabab bo‘luvchi psixologik, ijtimoiy, iqtisodiy va oilaviy omillar o‘rganilib, xavf guruhidagi shaxslarni aniqlash, ularni monitoring qilish hamda reabilitatsiya jarayonlarini takomillashtirishning yangi yondashuvlari taklif etiladi. Shuningdek, profilaktika inspektorining mahalla, psixologik xizmatlar, tibbiy tizim va ta’lim muassasalari bilan hamkorligi samaradorligi baholanadi. Tadqiqot natijalari integratsiyalashgan yondashuv suitsidning oldini olishda eng muhim omil ekanini ko‘rsatadi.

O.R.Boltaboyev, Ahmaddiyorov Davlatbek Obidjon oʻgʻli

8-9

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA CHET EL DAVLATLARIGA KETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqola profilaktika inspektorlarining uzoq muddat chet elda bo‘lib turgan fuqarolar bo‘yicha olib boradigan profilaktik faoliyatini takomillashtirishda Migratsiya va Fuqarolikni rasmiylashtirish organlari bilan idoralararo hamkorlikning ahamiyatini tahlil qiladi. O‘zbekiston fuqarolarining mehnat migratsiyasi oqimi kengayib borayotgani, turli mamlakatlarda ijtimoiy-iqtisodiy moslashuv jarayonida yuzaga keladigan huquqiy muammolar, xavf omillari va qaytgan shaxslarning reabilitatsiya ehtiyojlari ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Tadqiqot natijalari migrantlar bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazalarini integratsiya qilish, axborot almashinuvi tezligini oshirish, profilaktik suhbatu uchrashuvlarni masofaviy shakllarda yo‘lga qo‘yish va inspektorlarning migratsiya jarayonlari bo‘yicha maxsus tayyorgarligini kuchaytirish samaradorlikni sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

Raxmonqulov Muzaffar Ulug'bek o‘gʻli

10-12

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ MUDDATGA CHET EL DAVLATLARIGA KETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASHDA MAHALLA FUQROLAR YIĜINI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqola profilaktika inspektorlarining uzoq muddat chet elga ketgan shaxslar bilan ishlash jarayonida Mahalla fuqarolar yig‘ini bilan o‘zaro hamkorligini takomillashtirish masalalarini o‘rganadi. Uzoq muddat xorijga chiqib ketgan, migratsion xavf guruhiga mansub fuqarolar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, oilaviy-ijtimoiy vaziyatni tahlil qilish, ijtimoiy profilaktika choralarini belgilashda mahalla tizimi eng yaqin hamkor tuzilma hisoblanadi. Tadqiqot davomida mavjud hamkorlik mexanizmlaridagi kamchiliklar, axborot almashinuvi tartibining sustligi, nazoratning uzluksiz emasligi aniqlanib, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Maqolada integratsiyalashgan axborot tizimlari, qo‘shma monitoring guruhlari va migrantlar bilan ishlashning mahalla darajasidagi pedagogik-psixologik yondashuvlari samarali yechim sifatida ko‘rsatib o‘tiladi.

Raxmonqulov Muzaffar Ulug'bek o‘gʻli

13-15

2025-11-24

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QASDDAN ODAM OʻLDIRISH JINOYATLARINING MAXSUS PROFILAKTIKASI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarining oldini olishda profilaktika inspektorlarining roli, funktsional vazifalari va maxsus profilaktika mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida xavf guruhlari, oilaviy zo‘ravonlik, spirtli ichimliklar yoki giyohvand moddalardan foydalanish, ijtimoiy tanglik va boshqa psixologik-ijtimoiy omillar baholandi. Shuningdek, hududiy monitoring, erta ogohlantirish tizimi, profilaktika inspektorlarining psixologik tayyorgarligi va huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlikning samaradorligi ko‘rib chiqildi. Tadqiqot natijalari ko‘rsatdiki, zamonaviy va integratsiyalashgan yondashuv qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarini kamaytirishda eng samarali vosita hisoblanadi.

Sh.Gʻ.Gʻoyibnazarov, Musayev Sarvar Akmal oʻgʻli

16-18

2025-11-24

ENHANCING LISTENING COMPREHENSION THROUGH PODCASTS

This article explores how podcasts can effectively enhance listening comprehension among English language learners. It examines the cognitive processes involved in listening, the pedagogical value of authentic audio input, and the advantages podcasts offer over traditional listening materials. The paper reviews relevant theories such as input hypothesis, multimodal learning, and schema activation, while also presenting practical strategies for integrating podcasts into classroom activities and independent study. Furthermore, it discusses the role of learner autonomy, motivation, and digital literacy in improving listening proficiency. Based on current research findings and classroom applications, the article concludes that podcasts provide flexible, engaging, and pedagogically rich opportunities for learners to develop comprehension skills in real-life contexts.

Anvarjon Baxodirjonov

19-23

2025-11-24

O‘QUVCHILARDA MUSIQIY ESTETIK DIDNI SHAKLLANTIRISHNING SAMARALI YO‘LLARI

Ushbu maqolada musiqa  tarbiyasi  nafosat  tarbiyasining  asosiy  va  murakkab  qirralaridan  biri ekanligi  u atrofidagi go’zal narsalarni to’g’ri idrok etishga va  qadrlashga o’rgatishi va o’quvchilarda musiqa san’ati orqali  nafosat hissini shakllantirsh xaqida fikr yuritilgan.

Nargiza Raxmonova

24-27

2025-11-24

TA’LIM TASHKIL ETISH SHAKLLARI VA TURLARI

Ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashda ta’limni tashkil etish shakllari va turlarining ilmiy asosda belgilanishi muhim o‘rin tutadi. Ushbu maqolada an’anaviy, innovatsion va masofaviy ta’lim shakllarining pedagogik xususiyatlari hamda ma’lumot beruvchi, faol, interaktiv va ijodiy ta’lim turlarining psixologik-didaktik asoslari tahlil etilgan. Shuningdek, O‘zbekiston ta’lim tizimidagi normativ-huquqiy islohotlar bilan bog‘liq jihatlar yoritilgan.

Ortiqboyeva Muxlisa, Poyonova Guldona

28-30

2025-11-24

DEVELOPMENT TRENDS IN ENGINEERING EDUCATION FOR PREPARING STUDENTS FOR DESIGN-ENGINEERING ACTIVITIES BASED ON DIGITAL TECHNOLOGIES

This article analyzes the development directions and existing problems of engineering education in the context of digital transformation. At the same time, the need for engineering personnel to possess digital competencies in the context of artificial intelligence and automated systems has been identified. During the study, the introduction of digital technologies into the educational process, along with increasing the effectiveness of education, was widely revealed as an important factor in the development of practical skills, and the advantages of virtual laboratories, distance learning platforms, and interactive methods were highlighted.

Ilkhom Umirov

31-34

2025-11-24

THE IMPORTANCE OF LANGUAGE GAMES IN TEACHING ENGLISH

In modern English education, teachers continuously search for effective methods that help students develop language skills in a meaningful and engaging way. Among these methods, the use of language games has become increasingly popular. Language games are activities that combine learning objectives with elements of play, interaction, and enjoyment. Although they may appear simple on the surface, language games have a strong pedagogical purpose: they support communication, build confidence, and increase motivation. Because they reduce anxiety and encourage participation, they are particularly valuable in communicative language teaching.

Habiba Bekmurodova , Gulasal Eshquvvatova

35-36

2025-11-24

SHAHAR INFRATUZILMASI VA O‘ZBEKISTONDA SHAHARSOZLIK SOHASIDAGI RIVOJLANISHLAR

Ushbu tezisda Shahar infratuzilmasining tarixi, rivojlanishi, mamlakatimizda shaharsozlik sohasidagi keng ko‘lamli ishlar va ularning rivoji haqida ilmiy ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston hududidagi shaharsozlik va bugungi zamonaviy shahar qiyofasi haqida  so‘z yuritilgan.

Nayimov Shohidjon

37-39

2025-11-24

KIBER JINOYAT 21-ASR MUAMMOSI

Ushbu maqolada kiber jinoyatlarning mazmun-mohiyati, turlari, ularning zamonaviy axborot makonidagi o‘rni, jahon miqyosida va O‘zbekistonda yuzaga kelayotgan xavflar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, kiberxavfsizlikning huquqiy asoslari, xalqaro hamkorlik, texnik va tashkiliy choralar, yoshlar ongini himoya qilish masalalari ilmiy asosda yoritilgan.

Mustafayeva Mexribon Aktamovna

40-43

2025-11-24

MULOQOTNING PSIXOLOGIK ASOSLARI VA UNING SHAXS RIVOJLANISHIDAGI OʻRNI

Maqolada muloqotning psixologik asoslari va uning shaxs rivojlanishidagi roli tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, samarali muloqot shaxsning bilim, ijtimoiy ko‘nikmalar va emotsional intellektini rivojlantiradi. Shu bilan birga, psixologik ziddiyatlar, ijtimoiy ko‘nikmalar yetishmasligi va resurslar cheklanganligi muloqot jarayonida to‘siqlar yaratadi. Maqolada ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha samarali strategiyalar va tavsiyalar keltirilgan.

Numanova Dilnura Lochin qizi

44-46

2025-11-24

SUN’IY INTELLEKT VA INTERNET UYG‘UNLIGI

Bu maqola internet va uning ahamiyati,inson hayotidagi o‘rni va uning xotira,ongiga bo‘lgan ta‘siri hamda turli hil ma'lumotlar haqida xabar beradi.Internet tushunchasi asosan ma'lumotlarni insonlarga yetkazib berishi,har qanday yangilik va e'lonlarni bilishda katta yordam bo‘ladi.Ushbu maqola faqatgina internetdan to‘gʻri maqsadda foydalanish va zarar yetkazmaydigan holda foydalanish aytib o'tiladi.

Norqulova Shaxriniso

47-49

2025-11-24

OROL DENGIZINING EKOLOGIK INQIROZI: SABABLARI, OQIBATLARI VA YECHIMLAR

Orol dengizi ekologik inqirozi XX asr oxiri va XXI asr boshlarida global ekologik muammolarning eng jiddiy namunalardan biri sifatida tan olinadi. Orol dengizi, ilgari dunyoning to‘rtinchi yirik ko‘li bo‘lib, Markaziy Osiyoda O‘zbekiston va Qozog‘iston hududlarida joylashgan, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan mintaqa ahamiyatiga ega bo‘lgan. XX asrning 60–70-yillarida intensiv suv resurslaridan foydalanish, asosan Amudaryo va Sirdaryodan suv tortib, qishloq xo‘jaligi, xususan paxta ekinlarini sug‘orish maqsadida foydalanish natijasida dengizning sathi keskin pasayishi boshlanadi.

Abdumurodova Navbahor Uygʻunovna

50-52

2025-11-24

HUQUQ TIZIMI VA HUQUQIY TIZIMI

Ushbu maqolada huquq tizimi va huquqiy tizim tushunchalari, ularning mohiyati, tarkibi va jamiyatdagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqola nazariy va amaliy jihatdan huquq tizimining asosiy xususiyatlarini, huquqiy tizimning funktsional elementlarini va ularning farqlarini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, huquqiy institutlarning jamiyatdagi ahamiyati va ularning demokratik davlatni rivojlantirishdagi roli batafsil yoritilgan. Maqola huquqshunoslik, siyosatshunoslik va ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotchilar, shuningdek, talaba va amaliyotchilar uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Rizoqulova Ruxsora

53-55

2025-11-25

O‘ZBEKISTON KONSTITUTSIYASIDA INSON HUQUQLARINING KAFOLATLARI

Ushbu maqolada, O‘zbekiston Konstitutsiyasida inson huquqlarining qanday kafolatlanganligi qisqacha tahlil qilinadi. Asosiy huquqlar shaxsiy daxlsizlik, erkinliklar, yashash, ta’lim va sud himoyasining mazmuni yoritilgan. Shuningdek, davlatning bu huquqlarni amalda ta’minlashdagi vazifalariga ham to‘xtalib o‘tiladi.

Abdurashidova Odina Abdurasulovna

56-57

2025-11-25

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA HUQUQ VA ERKINLIKLARNING KAFOLATLARI HAMDA FUQAROLARNING ASOSIY BURCHLARI

Ushbu maqolada, O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquq va erkinliklari, ularning Konstitutsiya va amaldagi qonunlar orqali kafolatlanishi hamda fuqarolarning asosiy burchlari tahlil qilingan. Maqolada shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy huquqlarning jamiyat va shaxs rivojlanishidagi roli ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, fuqarolarning davlat va jamiyat oldidagi burchlari, huquqiy madaniyatni rivojlantirishning ahamiyati va amaliyotda yuzaga keladigan muammolar tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari fuqarolarning huquq va burchlarini uyg‘unlashtirish, huquqiy ong va madaniyatni oshirish orqali jamiyat barqarorligini ta’minlash muhimligini tasdiqlaydi.

Murodulloyeva Aziza Murodullo qizi

58-60

2025-11-25

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING ASOSIY PRINSIPLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplarini chuqur ilmiy tahlil qilish, ularning huquqiy va siyosiy mohiyati, davlat boshqaruvi hamda jamiyat rivojlanishidagi o‘rni yoritiladi. Konstitutsiyadagi suverenitet, demokratiya, inson huquqlari, huquqiy davlat, hokimiyatlarning bo‘linishi, ijtimoiy davlat tamoyillari qiyosiy-huquqiy va nazariy asosda o‘rganildi. Prinsiplarning amaliy hayotdagi aks sadosi, islohotlar jarayonidagi ahamiyati ham ko‘rsatildi.

Ochilova Ozoda

61-63

2025-11-25

HUQUQNI TARTIBGA SOLISH TUSHUNCHASI, UNING ASOSIY QISMLARI VA HUQUQNI TARTIBGA SOLISH MEXANIZMI XUSUSIYATLARI

Jamiyat hayotida barqarorlik, ijtimoiy tartib va adolatning ta’minlanishi, eng avvalo, huquqiy me’yorlarning to‘g‘ri qo‘llanishi va samarali ishlashiga bog‘liq. Shu ma’noda huquqni tartibga solish tushunchasi davlat va huquq nazariyasining eng muhim kategoriyalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarni huquqiy me’yorlar asosida izga solish jarayonini anglatadi. Har qanday jamiyatda insonlarning kundalik faoliyati mehnat, mulkiy, oilaviy, iqtisodiy, siyosiy va shaxsiy munosabatlari tartibga solinishni talab etadi. Mazkur tartibni ta’minlash esa huquqning asosiy vazifalaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Huquqni tartibga solish jarayoni murakkab, ko‘p bosqichli va o‘zaro bog‘liq mexanizmlardan iborat bo‘lib, unda huquq normalari, huquqiy munosabatlar, yuridik faktlar, huquqni qo‘llash faoliyati kabi unsurlar faol ishtirok etadi. Ushbu mexanizmning samaradorligi huquqiy normalarning sifatiga, ularning ijtimoiy ehtiyojlarga mosligiga, davlat organlarining huquqni qo‘llashdagi professional yondashuviga va fuqarolarning huquqiy ong darajasiga bevosita bog‘liqdir.

Atoyeva Azizabonu

64-66

2025-11-25

HUQUQ PRINSIPLARI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY AHAMIYATI

Mazkur maqolada huquq prinsiplari tushunchasi, ularning shakllanish bosqichlari, huquq tizimidagi o‘rni va amaliy ahamiyati tahlil etilgan. Huquq prinsiplarining normativ-huquqiy xususiyatlari, ularni qo‘llash mexanizmi hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi roli ilmiy asoslar bilan yoritiladi. Shuningdek, milliy huquq tizimida aks etayotgan asosiy prinsiplar misolida ularning real amaliyotdagi samarasi ko‘rsatiladi.

Rasulova Ozoda Abdivahobovna

67-69

2025-11-25

ИНСОН ҲУҚУҚЛАРИНИНГ КАФОЛАТЛАРИ ВА АМАЛИЁТДАГИ МУАММОЛАР

Мақолада инсон ҳуқуқларининг кафолатлари ва уларнинг амалга оширилишидаги муаммолар таҳлил қилинган. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси, миллий қонунчилик ва халқаро ҳуқуқий ҳужжатлар асосида инсон ҳуқуқларини таъминлаш ва ҳимоя қилиш механизмлари ўрганилган. Суд ва прокуратура тизими, Омбудсман институти ҳамда маҳалла институтларининг роли, уларнинг амалиётдаги самараси кўриб чиқилган. Шу билан бирга, ҳуқуқий саводхонликнинг пастлиги, суд тизимида кечикишлар, коррупция ва гендер ноаниқликлари каби амалиётдаги тўсиқлар ҳам таҳлил қилинган. Мақолада инсон ҳуқуқларини кафолатлаш ва уларнинг самарали амалга оширилишини таъминлаш бўйича таклифлар берилган.

Мафтуна Атокулова

70-71

2025-11-25

TARBIYANING MA’NAVIYAT BILAN UYG‘UNLIGI

Ushbu maqolada tarbiya va ma’naviyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, ularning shakllanish mexanizmlari va jamiyat hayotidagi o‘rni tahlil qilinadi. Maqolada tarbiyaning axloqiy, madaniy va ruhiy jihatlari, shuningdek, ma’naviyatning shaxsni shakllantirishdagi roli ko‘rib chiqilgan. Tarbiya va ma’naviyat uyg‘unligini ta’minlash usullari, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash va milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni rivojlantirishdagi ahamiyati batafsil yoritilgan. Maqola pedagogika, psixologiya va ijtimoiy fanlar sohasidagi tadqiqotchilar hamda ta’lim muassasalari uchun foydali bo‘lishi mumkin.

Tırkashova Xushruybonu

72-74

2025-11-25

OʻRTA OSIYODA JOYLASHGAN QADIMGI SUV INSHOOTLARI VA ULARNING AHAMIYATI

Ushbu tezisda Oʻrta Osiyo aholisining suvga boʻlgan ehtiyoji bois barpo etgan suv inshootlarining tarixini oʻrganildi va suv inshootlarining oʻsha davr aholisi hayotida tutgan oʻrni tahlil qilindi.

Abdullayev Toʻlqin Erkin oʻgʻli

75-76

2025-11-25

IMPERIYA ARXIVLARIDAN XONLIKLAR SARHADLARIGACHA: XIX ASR OXIRI – XX ASR BOSHIDAGI RUS MANBALARI ASOSIDA O‘RTA OSIYO XONLIKLARI TARIXINI QAYTA TALQIN ETISH

Ushbu tezisda XIX asr oxiri – XX asr boshida Rossiya imperiyasi tomonidan yaratilgan arxiv hujjatlari, rasmiy hisobotlar, etnografik kuzatuvlar, diplomatik yozishmalar va harbiy-ma’muriy ma’lumotlar asosida O‘rta Osiyo xonliklari tarixini qayta talqin etish masalalari yoritiladi. Imperiya tomonidan to‘plangan arxiv materiallarining mazmuni, ularning tarixiy haqiqatni tiklashdagi qiymati, metodlar, talqinlar, siyosiy kontekstlar va cheklovlar ilmiy yondashuv asosida tahlil qilinadi.

Fayzullayev Oybek

77-78

2025-11-25

FASHION TADBIRLARINING NAZARIY MOHIYATI VA ULARNING KREATIV INDUSTRIYADAGI O‘RNI

So‘nggi o‘n yilliklarda kreativ industriya jahon iqtisodiy tizimida yangi iqtisodiy paradigma sifatida mustahkam o‘rin egallab, uning tarkibida moda va dizayn asosidagi tadbirlar institutsional va funksional jihatdan alohida yo‘nalish sifatida shakllandi. Xususan, fashion shoular, moda haftaliklari, dizaynerlik ko‘rgazmalari va tematik fashion forumlar nafaqat estetik ifoda maydoni, balki madaniy-iqtisodiy transformatsiyaning kompleks mexanizmi sifatida namoyon bo‘lib, ular orqali kreativ kapitalning ishlab chiqarilishi va qayta taqsimlanishi amalga oshirilmoqda. Shunga qaramay, mavjud ilmiy adabiyotlarda fashion tadbirlarini talqin etishda ko‘pincha fragmentar va deskriptiv yondashuvlar ustun bo‘lib, ularning turizm tizimi, marketing strategiyalari hamda hududiy rivojlanish bilan o‘zaro integratsiyasi yetarli darajada tizimlashtirilgan ilmiy asosda ochib berilmagan.

Zufarova Dilobar Baxtiyar qizi

79-83

2025-11-25

KORXONALARNING RAQOBAT HOLATINI TAHLIL QILISH VA MARKETING STRATEGIYALARINI TANLASH

Bozorlarning jadal globallashuvi, texnologik o'zgarishlarning jadal sur'ati va rivojlanayotgan iste'molchilarning taxminlari tarmoqlar bo'yicha raqobatni keskin kuchaytirdi. Natijada, korxonalardan nafaqat operatsion samaradorlikni saqlash, balki uzoq muddatli barqarorlikni ta'minlash uchun raqobatbardosh pozitsiyasini strategik tahlil qilish talab etiladi. Raqobat holatini tushunish marketing, resurslarni taqsimlash va strategik yo'nalish bilan bog'liq qarorlarni shakllantirishda asosiy boshqaruv vazifasiga aylandi.

Yoqubjonova Dildora Timur qizi

84-87

2025-11-25

BUSINESS MODEL CANVAS VA VALUE PROPOSITION CANVAS YORDAMIDA START-UP BIZNES MODELINI ISHLAB CHIQISH. MINIMUM VIABLE PRODUCT (MVP) VA RAPID PROTOTYPING TEXNOLOGIYALARI

Ushbu tezis start-aplar uchun barqaror va moslashuvchan biznes modelini ishlab chiqishda Business Model Canvas (BMC) va Value Proposition Canvas (VPC) ning nazariy asoslarini amaliy jihatdan muhokama qiladi. Mavjud bozor sharoitlarida yangi mahsulotni muvaffaqiyatli ishga tushirish uchun zarur bo‘lgan metodologiyalar — Minimum Viable Product (MVP) kontseptsiyasi va Rapid Prototyping (tezkor prototiplash) texnologiyalari tahlil qilinadi. Tezisning asosiy maqsadi — BMC va VPC yordamida strategik rejalashtirishni MVP orqali tezkor sinovdan o‘tkazish va takomillashtirish jarayonini ko‘rsatib berishdan iborat. Bu yondashuv start-aplar uchun xatar (risk)larni kamaytirish, resurslardan samarali foydalanish va mijozlar talablariga tezkor javob berish imkonini beradi.

Isxoqjonova Shahzoda Dilmurod Qizi

88-90

2025-11-25

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI SOHASIDA QONUN IJODKORLIGI YOʻNALISHIDA ADLIYA ORGANLARI BILAN HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

This article provides an in-depth analysis of the mechanisms for improving cooperation between prophylactic inspectors and justice bodies in the field of law-making aimed at preventing offences. The study emphasizes the need to strengthen interagency coordination through harmonized legal frameworks, structured communication channels, and evidence-based decision-making practices. By examining existing normative gaps, institutional barriers, and international best practices, the research proposes a set of legal, organizational, and digital strategies that ensure effective participation of prophylactic inspectors in legislative drafting, enhance the responsiveness of preventive legal acts, and contribute to building a comprehensive preventive ecosystem that corresponds to modern public safety requirements.

Kutlumuratov Quvonchbek Shamshot oʻgʻli

91-93

2025-11-25

BIR O‘LCHOVLI SIGNALLARNI FILTRLASH ALGORITMLARI

Ushbu ish bir o‘lchovli signallarni filtrlashning nazariy asoslari, turlari va amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Signallardagi shovqinlarni kamaytirish, foydali informatsiyani ajratib olish hamda tahlil aniqligini oshirish uchun qo‘llaniladigan liniyali, noliniy, adaptiv, FIR va IIR filtrlarining ishlash tamoyillari yoritiladi. Shuningdek, spektral va statistik tahlil usullari, raqamli filtrlarning afzalliklari, real vaqt rejimidagi ishlash imkoniyatlari hamda zamonaviy yondashuvlar — jumladan, Kalman filtri va sun’iy intellekt asosidagi filtrlash metodlari keng ko‘rib chiqiladi. Filtrlash algoritmlarining texnika, tibbiyot, telekommunikatsiya va sanoatdagi ahamiyati asoslab beriladi

Xabibullayev Elyor Asqarbek o`g`li

94-97

2025-11-25

BOSHLANG’ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIGA KREATIV YONDASHUV

Boshlang‘ich sinf matematika darslari o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ushbu bosqichda darslarni faqat an’anaviy usullar bilan emas, balki kreativ yondashuv orqali o‘tkazish ta’lim samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Kreativ yondashuv o‘quvchilarning qiziqishini uyg‘otib, ularni faol ishtirokga jalb etadi, muammolarni ijodiy hal qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan, o‘yinlar, amaliy topshiriqlar, vizual materiallar va interaktiv metodlardan foydalanish orqali matematik tushunchalar yanada tushunarli va esda qolarli bo‘ladi. Masalan, matematika darslarida quyidagi innovatsion metodlarni amalga oshirish orqali darsga kreativ yondashibgina qolmay, o’quvchilarni yanada faollikka chaqiramiz:

Ortiqova Zulfiya Nurmahamatovna, Abdusalomova Mohidil Sherali qizi

98-99

2025-11-25

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHDA INTERFAOL TA’LIM TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimiga e’tibor berilib, o‘quvchi yoshlarimizning jahon andozalariga mos ravishda zamonaviy bilim va kasb-hunarli bo‘lishi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini yuzaga chiqarish ularning qalbida vatanparvarlik, insoniylik,kasbiga fidoiylik tuyg‘ularini rivojlantirish kabi ulkan ishlar rejalashtirilib, ketma-ketlikda amalga oshirilmoqda.

Ortiqova Zulfiya Nurmahamatovna, Boymatova Zarnigor Odilbek qizi

100-101

2025-11-25

SIMSIZ TARMOQLARNI MODELLASHTIRISH (WI-FI, WIMAX, LTE, 5G, HALOW)

Maqolada zamonaviy simsiz aloqa texnologiyalarini – Wi-Fi, WiMAX, LTE, 5G va IEEE 802.11ah (HaLow) standartlarini modellashtirishning nazariy asoslari, matematik yondashuvlari hamda amaliy qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Simsiz tarmoqlarda uzatish tezligi, spektrdan foydalanish samaradorligi, kechikish, qamrov masofasi va energiya sarfini modellashtirish jarayonida qo‘llaniladigan analitik, statistik va kompyuter simulyatsiya metodlariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada har bir texnologiyaning arxitekturaviy tuzilishi, kanal modeli, to‘lqin tarqalishi, interferensiyani baholash hamda trafikni prognozlash mexanizmlari ilmiy asosda yoritiladi.  5G va HaLow kabi yangi avlod standartlarida massiv MIMO, nurlanishni shakllantirish (beamforming), OFDMA, quvvatni boshqarish va IoT tarmoqlarining samaradorligini oshirishga qaratilgan algoritmlar modellashtirish orqali baholanadi. Olingan natijalar simsiz tizimlarning real sharoitlarda ishlash parametrlarini oldindan prognozlash, optimal konfiguratsiyani tanlash va tarmoq resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari raqamli transformatsiya jarayonida yuqori tezlikdagi, barqaror va energiya tejamkor simsiz aloqa infratuzilmasini loyihalashtirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Xasanov Javohir Tohirjon o’g’li, Ismoilov Nurmuhammad Muhammadqodir o’g’li

102-107

2025-11-25

TCP VA UDP PROTOKOLLARINING ISHLASHINI SIMULYATSIYA ORQALI SOLISHTIRISH

Maqolada ilmiy ish TCP (Transmission Control Protocol) va UDP (User Datagram Protocol) transport qatlami protokollarining ishlashini tarmoq simulyatsiyasi orqali qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi — protokollarning ulanishga asoslanganlik (TCP) yoki ulanishsizlik (UDP) kabi fundamental xususiyatlari tarmoq samaradorligining asosiy metrikalariga qanday ta'sir qilishini baholash. Simulyatsiya jarayonida turli tarmoq sharoitlari, jumladan, yuqori tirbandlik va paket yo'qotilishi modellandi. Natijalar o'tkazish qobiliyati (throughput), kechikish (latency) va yetkazilganlik foizi kabi ko'rsatkichlar asosida tahlil qilindi. Simulyatsiya TCP ning tirbandlikni nazorat qilish mexanizmi tufayli yuqori ishonchlilikni ta'minlashini, biroq kechikishning oshishiga sabab bo'lishini ko'rsatdi. Aksincha, UDP esa minimal yuqori yuklama hisobiga tezkor uzatishni ta'minlaydi, ammo ishonchlilik past bo'ladi.

Maxmudov Isroil Abdullayevich , Azimova Nasibaxon Dilshod qizi, Tojaliyeva Azizaxon O’ktamjon qizi

108-112

2025-11-25

6G TEXNOLOGIYASI RIVOJLANISH TANDENSIYALARI VA UNING 5G BILAN QIYOSIY TAXLILI

Maqola 6G mobil aloqa texnologiyasining bugungi rivojlanish yo‘nalishlari va 5G bilan solishtirishga bag‘ishlangan. 2025-yil holatiga ko‘ra, 6G tezlikni 1 Tbit/s gacha yetkazadi, kechikishni 1 millisekunddan ham pastga tushiradi, sun’iy intellektni tarmoqning ajralmas qismiga aylantiradi va teragerts chastotalarini ishga soladi. Bu oddiy foydalanuvchi uchun 8K-16K holografik video, metaverse, kechikishsiz o‘yinlar va masofaviy jarrohlik kabi yangi imkoniyatlarni ochadi. Maqola 5G bilan 6G ni tezlik, kechikish, energiya sarfi va qo‘llanilishi bo‘yicha oddiy jadval orqali solishtiradi, dunyodagi eng so‘nggi tendensiyalarni ko‘rsatadi va O‘zbekiston uchun ham ushbu texnologiyaning kelajakdagi foydasini tushuntiradi. Maqola zamonaviy ilmiy maqolalar, Ericsson, Huawei, Samsung hisobotlari va 3GPP hujjatlariga asoslanadi. Unda kelajakdagi internet qanday bo‘lishi oddiy taxminiy misollar bilan ko‘rsatilgan. Shuningdek, O‘zbekistonning 5G tajribasidan kelib chiqib, 6G’ga qanday tayyorlanish mumkinligi haqida amaliy takliflar berilgan.

Tojaliyeva Azizaxon O’ktamjon qizi, Azimova Nasiba Dilshodjon qizi

117-122

2025-11-25

5G VA WI-FI 6 TARMOQLARIDA MULTIMEDIA TRAFIKNI SIMULYATSIYA QILISH VA QOS KO‘RSATKICHLARINI TAHLIL QILISH

5G va Wi-Fi 6 texnologiyalarida multimedia trafikni modellashtirish va simulyatsiya qilish asosida QoS ko‘rsatkichlarini baholash masalasi yoritiladi. Multimedia xizmatlari — video oqimlari, VoIP, videokonferensiya hamda real vaqt rejimidagi interaktiv ilovalar — tarmoq resurslariga yuqori talab qo‘yishi sababli kechikish, paket yo‘qotilishi, jitter va o‘tkazuvchanlik kabi parametrlarning aniq tahlili zarur hisoblanadi. Tadqiqotda NS-3 va OMNeT++ kabi simulyatsiya muhitlari yordamida 5G gNodeB va Wi-Fi 6 Access Point asosida yaratilgan ssenariylar modellashtirildi. Natijalar multimedia trafik uzatilishida 5G tarmoqlari past kechikish va minimal jitter taqdim etishini, Wi-Fi 6 esa ichki muhitlarda barqaror o‘tkazuvchanlikni ta’minlashini ko‘rsatdi. Taqqosloviy tahlil multimedia xizmatlari uchun tarmoq sifatini optimallashtirishda platformalar o‘rtasidagi ustunlik va cheklovlarni aniqlash imkonini beradi. Olingan natijalar kelajak tarmoqlarida xizmat sifati boshqaruvini takomillashtirish, multimedia oqimlarini samarali uzatish va tarmoq arxitekturasini optimallashtirishga oid ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Maxmudov Isroiljon Abdullayevich, Obidjonov Jaloliddin Rahimjon O’g’li, Yoqubjonov Sardorbek Ulug’bek O’g’li

123-126

2025-11-25

AVTOASSOTSIATIV XOTIRA TARMOQLARINING ISHLASH PRINSIPLARI VA QO‘LLANILISH SOHALARI

Zamonaviy axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi inson miyasining xotira mexanizmlarini modellashtirishga oid tadqiqotlarning kengayishiga sabab bo‘lmoqda. Ushbu yo‘nalishlardan biri — assotsiativ xotira tarmoqlari bo‘lib, ular turli naqshlar (patternlar) o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rnatish va eslab qolish imkonini beruvchi tizimlardir. Assotsiativ xotira sun’iy neyron tarmoqlarning muhim tarkibiy qismi sifatida geteroassotsiativ va avtoassotsiativ turlarga bo‘linadi. Ayniqsa, avtoassotsiativ xotira kirish va chiqish signallari bir xil bo‘lgan, o‘z-o‘zini tiklovchi tizim bo‘lib, xatoliklarni tuzatish, tasvirni qayta tiklash hamda naqshlarni to‘ldirish kabi vazifalarda keng qo‘llaniladi. Ushbu turdagi tizimlar inson miyasining eslab qolish jarayonlarini modellashtirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

Tojimamatov Israil Nurmamatovich, Tojialiyeva Mohigul Muzrobjon qizi

127-130

2025-11-25

ENHANCING SPEAKING SKILLS THROUGH ROLE-PLAY AND SIMULATION ACTIVITIES

This article examines how role-play and simulation activities can effectively improve speaking skills in language learners. These interactive techniques create realistic communication situations where students practice speaking in a safe and supportive environment. By engaging in role-play, learners develop confidence, fluency, and the ability to use language spontaneously. Simulation activities further enhance speaking by allowing learners to experience real-life scenarios, which help them apply language in meaningful contexts. The article also discusses practical ways teachers can incorporate these methods into their lessons and highlights some challenges such as student hesitation or lack of experience. Overall, role-play and simulation are shown to be valuable tools for promoting active speaking practice and improving communicative competence.

Layloxon Muhammadova , Firuza Turopova

131-134

2025-11-25

THE USE OF AUTHENTIC MATERIALS IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING

This article explores the role and effectiveness of authentic materials in the context of foreign language teaching. Authentic materials such as newspapers, podcasts, films, and advertisements offer learners exposure to real-life language use, enhancing their communicative competence and cultural awareness. The study outlines several methods used to integrate authentic content into classroom instruction, including pre-teaching vocabulary, interactive tasks, and learner-centered exploration. The results show that students become more motivated, engaged, and confident in using the target language when exposed to natural linguistic input. Moreover, authentic materials encourage the development of critical thinking skills and support the acquisition of language in a more meaningful and context-rich way. Despite certain challenges, such as material complexity or cultural barriers, the use of authentic resources is shown to be a highly beneficial approach in modern language education.

Gulyuz Azimova , Firuza Turopova

135-138

2025-11-25

IP TARMOQLARIDA MA’LUMOT UZATISH VA FOYDALANUVCHI ULANISHI

Maqola zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumot uzatish va foydalanuvchi ulanish jarayonlarini yoritadi. Unda ma’lumot paketlarini tarmoq bo‘ylab yo‘naltirish mexanizmlari, foydalanuvchilarni markaziy tarmoqqa ulash usullari hamda umumiy tarmoq samaradorligini oshirishga qaratilgan texnik yondashuvlar bayon etiladi. Maqola IP texnologiyalari asosida ma’lumotlarni paketlar shaklida uzatish, yo‘nalishni tanlash jarayonini optimallashtirish va foydalanuvchi ulanish tizimlari orqali ma’lumotni yetkazish tamoyillarini birlashtiradi. Shuningdek, tarmoq kechikishini kamaytirish, xizmat sifatini yaxshilash va mavjud resurslardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Ish o‘quvchilarga ma’lumot uzatish jarayonlari bilan foydalanuvchi ulanish tizimlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmasining ishlash prinsiplari va amaliy ahamiyatini chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Xalilov MuhamadMuso Muhammadyunusovich, Azimova Nasiba Dilshod qizi, Obidjonov Jaloliddin Rahimjon O’g’li

113-116

2025-11-26