Vol. 4 No. 3 (2026): Central Asian Journal of Academic Research

Central Asian Journal of Academic Research is an open access, peer-reviewed international journal that publishes original research and review articles related to diverse areas. The main objective is to offer an intellectual platform to the international scholars and it aims to promote interdisciplinary studies in applied sciences. All manuscripts must be prepared in Uzbek, Kazakh, Tajik,English or Russian languages and subject to a rigorous peer-review process.

Published: 05.03.2026

PLACEBO EFFEKTI: ONG VA TANA O‘RTASIDAGI PSIXOBIOLOGIK MEXANIZM

Mazkur maqolada placebo effektining psixologik va neyrobiologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Placebo effekti — faol farmakologik ta’sirga ega bo‘lmagan vosita orqali bemorda real fiziologik o‘zgarishlarning yuzaga kelishidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, placebo effekti kutilma, ishonch  va shifokor–bemor o‘rtasidagi munosabat orqali shakllanadi hamda miya darajasida dopamin va endorfin ajralishi bilan bog‘liq. Maqolada placebo effektining psixologik asoslari, neyrobiologik mexanizmlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Umida Mirzayeva, Abdulhamid Alimqulov

4-6

2026-03-05

QAYTA QURISH YILLARIDA QORAQALPOG'ISTON QISHLOQ XO'JALIGI FAOLIYATI VA SANOATLASHTIRISH JARAYONLARI

Ushbu maqola qayta qurish davri va mustaqillik yillarida Qoraqalpog'iston Respublikasi qishloq xo'jaligi tarmoqlarining rivojlanishi hamda sanoatlashtirish jarayonlarini tarixiy-tahliliy nuqtai nazardan o'rganishga bag'ishlangan. Natijalar shuni ko'rsatadiki, mintaqa qishloq xo'jaligi va sanoat sektorlari o'rtasidagi muvozanatli rivojlanish strategiyasi iqtisodiy barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Umit Meretdurdiyev

7-9

2026-03-05

ЗАМОНАВИЙ КРИМИНОЛОГИЯДА САБАБЛАР НАЗАРИЯСИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ ТАҲЛИЛИ

Мазкур мақолада замонавий криминологияда сабаблар назариясининг илмий-назарий асослари комплекс таҳлил қилинган. Жиноятчилик этиологияси доирасида сабаб ва шарт-шароит тушунчаларининг мазмун-моҳияти, уларнинг ўзаро боғлиқлиги ҳамда фарқли жиҳатлари очиб берилган. Криминоген вазият сабабий омиллар ва шарт-шароитларнинг ўзаро таъсири натижасида шаклланувчи ижтимоий-ҳуқуқий ҳодиса сифатида асосланган. Шунингдек, ижтимоий муҳит назарияси, девиант хулқ-атвор концепциялари (аномия, ижтимоий назорат, субмаданият ва ижтимоий дезорганизация назариялари) ҳамда тизимли ёндашув доирасида криминоген омиллар таҳлил этилган.

Даврон Ахмедов

10-15

2026-03-09

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA RO’YXATGA OLINGAN METABOLIK TA’SIRGA EGA DORI VOSITALARINING MARKETING TAHLILI

Ushbu maqola O’zbekiston Respublikasida tibbiyot amaliyotida qo’llanilishiga ruxsat etilgan metabolik ta’sirga ega dori vositalarining retrospektiv marketing tahlilini o’z ichiga oladi. Tahlil assortiment, geografik taqsimot, ATC klassifikatsiyasi va dori shakllari yo’nalishlari bo’yicha amalga oshirildi. Natijalar reestrda metabolik dori vositalarining salmiqli o’rin egallashini, ularda xorijiy ishlab chiqaruvchilar ustunligini, L-karnitin guruhining boshqa ATC guruhlariga nisbatan hukmron mavqeini hamda parenteral shakllarning enteral shakllardan ustunligini ko’rsatdi. Olingan ma’lumotlar milliy dori ta’minoti siyosatini takomillashtirish va mahalliy farmatsevtika ishlab chiqarishini kengaytirish bo’yicha amaliy tavsiyalar uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.

Shirinnigor Pirmatova, Sh.B. Yusupova

16-22

2026-03-09

MIGRANTLAR HUQUQLARINING XALQARO VA MILLIY HUQUQIY KAFOLATLARI: REAL HIMOYA VA QOG’OZDAGI QONUN

Ushbu maqola migrantlar huquqlarining xalqaro va milliy huquqiy kafolatlarini tahlil qiladi va ularning amaliy samaradorligini baholaydi. Tadqiqot doirasida International Convention on the Protection of the Rights of All Migrant Workers and Members of Their Families, BMT monitoring mexanizmlari va O‘zbekiston Respublikasidagi mehnat migratsiyasi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan 2024-yilgi islohotlar va 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiya tahlil qilinadi. Huquqiy-normativ, qiyosiy-huquqiy va amaliy holatlar tahlili metodlari qo‘llanildi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, normativ asos mavjud bo‘lsa-da, amaliy ijrodagi zaifliklar, monitoringning yetarli emasligi va xalqaro hamkorlikning samarador emasligi migrantlar huquqlarini to‘liq ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda. Maqolada ilmiy asoslangan tavsiyalar berilgan

Mehribon Temirova

23-30

2026-03-09

DAVLATNING ASOSIY VA QO‘SHIMCHA BELGILARI: NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLAR VA KONSEPTUAL YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada davlatning asosiy va qo‘shimcha belgilari nazariy-metodologik yondashuvlar asosida keng qamrovli tahlil qilinadi. Asosiy belgilar — hudud, aholi, davlat hokimiyati va suverenitet — mahalliy va xorijiy olimlar qarashlari orqali chuqur izohlanadi. Tadqiqotda Odilqoriev, Saidov, Xidoyatov kabi o‘zbek olimlari hamda Vebber, Bodin, Jeykobz singari klassik nazariyachilar fikrlari solishtirilgan holda davlat belgilari mazmuni ochib beriladi. Qo‘shimcha belgilar — davlat ramzlari, pul birligi, qurolli kuchlar, poytaxt va ayniqsa soliq tizimi — davlatning barqaror faoliyat yuritishidagi zaruriy iqtisodiy-moliyaviy asos sifatida izohlanadi. Shuningdek, davlatning vujudga kelishiga doir ilohiy, shartnoma, zo‘rlov, patriarxal, iqtisodiy va marksistik nazariyalar qiyosiy o‘rganilib, zamonaviy davlatning shakllanishida har bir nazariyaning nisbiy o‘rni ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijasida davlatning asosiy belgilari bir-biri bilan uzviy bog‘liq murakkab tizim bo‘lib, qo‘shimcha belgilar ushbu tizimning mustahkamlanishida muhim rol o‘ynashi xulosasi keltiriladi.

Islom Choriyev

31-37

2026-03-10

ИХТИРОГА НИСБАТАН ҲУҚУҚЛАРНИ БУЗГАНЛИК УЧУН ЖАВОБГАРЛИК

Мақолада ихтирога нисбатан ҳуқуқларни бузганлик учун жавобгарликнинг ҳуқуқий асослари ва амалий муаммолари таҳлил қилинган. Хусусан, патент ҳуқуқларини бузиш ҳолатлари, фуқаролик-ҳуқуқий, маъмурий ва жиноий жавобгарлик механизмлари ҳамда интеллектуал мулк ҳуқуқларини суд тартибида ҳимоя қилиш усуллари кўриб чиқилган. Шунингдек, ҳуқуқбузарлик натижасида етказилган зарарни қоплаш, ноқонуний ишлаб чиқарилган маҳсулотларни муомаладан чиқариш ва бошқа ҳуқуқий чораларни қўллаш масалалари таҳлил қилинган. Мақолада амалдаги қонунчилик нормалари ва илмий қарашлар асосида саноат мулки ҳуқуқларини ҳимоя қилиш механизмларини такомиллаштириш зарурлиги асослаб берилган. Тадқиқот натижасида патент ҳуқуқларини бузганлик учун жавобгарлик институтини такомиллаштириш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олиш ҳамда ҳуқуқ эгаларининг манфаатларини самарали ҳимоя қилиш бўйича илмий таклифлар илгари сурилган.

Дилмурод Вахобжонов

44-49

2026-03-10

“GLUCOSE METABOLIC REPROGRAMMING IN CANCER CELLS: MOLECULAR BASIS, REGULATORY NETWORKS, AND THERAPEUTIC OPPORTUNITIES”

Metabolic reprogramming is a defining hallmark of cancer, enabling malignant cells to sustain rapid proliferation, resist apoptosis, and adapt to hostile microenvironments. One of the most prominent metabolic alterations is the preferential utilization of aerobic glycolysis, known as the Warburg effect. Despite its lower ATP yield compared to oxidative phosphorylation, glycolysis provides essential metabolic intermediates required for anabolic growth and redox homeostasis. This review examines the molecular mechanisms underlying glucose metabolic reprogramming in cancer cells, including the roles of oncogenes, tumor suppressors, hypoxia signaling, and key glycolytic enzymes. Furthermore, the clinical implications of altered glucose metabolism are discussed, highlighting its utility in diagnostic imaging and targeted therapeutic strategies. Understanding cancer glucose metabolism provides critical insights into tumor biology and reveals novel avenues for precision oncology.

Saydullayeva Gulnoza, Asadbek Jo’rayev, Bexzod Ro’zimatov, Saydullayeva Gulnoza

50-53

2026-03-10

IQTISODIY PROTSESSUAL HUQUQI VA UNI O‘QITISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI

Mazkur maqolada iqtisodiy protsessual huquq fanining nazariy va amaliy ahamiyati, uni o‘qitish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar hamda ularni bartaraf etishning ilmiy-huquqiy yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Xususan, iqtisodiy sudlar faoliyatining kengayishi, tadbirkorlik subyektlari bilan davlat organlari o‘rtasidagi nizolarning murakkablashuvi hamda huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash bilan bog‘liq ishlarning ko‘payishi iqtisodiy protsessual huquq fanining ta’lim tizimidagi o‘rnini yanada muhimlashtirmoqda. Maqolada iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda nazariya va sud amaliyoti o‘rtasidagi tafovut, normativ-huquqiy bazaning murakkabligi, sud amaliyoti asosida o‘qitish metodikasining yetarli darajada shakllanmaganligi kabi muammolar yoritiladi. Shuningdek, iqtisodiy protsessual huquqni o‘qitishda zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish, sud amaliyotiga asoslangan “case-study” metodini joriy etish, raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan foydalanish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ilgari suriladi.

Boymurod Abdullayev

54-59

2026-03-10

СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ РАКА МОЛОЧНОЙ ЖЕЛЕЗЫ: АНАЛИЗ ТРЕНДОВ И СТАТИСТИКИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Рак молочной железы (РМЖ) занимает лидирующее положение в структуре онкологической заболеваемости у женщин в экономически развитых странах на протяжении нескольких десятилетий. Число новых случаев заболевания РМЖ в мире превышает 1,4 миллиона в год. РМЖ остается наиболее распространенным онкологическим заболеванием и среди женщин в Узбекистане. Согласно данным за 2025 год, ежегодно в республике  выявляется более 4 500 новых случаев заболевания

Мохинур Махмуджанова , Х.М. Бабаджанова

60-62

2026-03-10

IOT QURILMALARIDA RAQAMLI DALILLARNI ANIQLASH VA EKSPERTIZA JARAYONINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ushbu maqolada IoT (Internet of Things) qurilmalarida mavjud bo‘lgan raqamli dalillarni aniqlash, yig‘ish, saqlash va tahlil qilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan. IoT qurilmalarining texnik arxitekturasi, tarmoq orqali ishlash mexanizmi va bulutli muhit bilan integratsiyasi sababli dalillarni aniqlash va mustahkamlash jarayoni an’anaviy raqamli ekspertizadan farq qiladi. Maqolada IoT ekspertizasida uchraydigan muammolar, xesh qiymatlar orqali dalil yaxlitligini ta’minlash, tezkor xotira va log fayllarni tahlil qilish masalalari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, IoT qurilmalariga nisbatan ekspertiza tayinlashning protsessual jihatlari va amaliy tavsiyalar bayon etiladi

Mohidil Raxmanova

63-69

2026-03-12

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ДИАЛЕКТОВ В ПРОИЗВЕДЕНИИ Н. В. ГОГОЛЯ «ВЕЧЕРА НА ХУТОРЕ БЛИЗ ДИКАНЬКИ»

В статье анализируются особенности использования диалектной лексики в произведении Н. В. Гоголя «Вечера на хуторе близ Диканьки». Рассматривается мастерство писателя в создании национального колорита посредством обращения к народной речи, прежде всего к элементам украинского диалекта. Особое внимание уделяется роли диалектных слов и выражений в художественном тексте, их значению в раскрытии характеров персонажей и отражении народного мировосприятия. В ходе исследования показано, что в произведениях Н. В. Гоголя диалект выступает не только как средство стилистического украшения речи, но и как важный художественный инструмент, позволяющий передать особенности народной жизни и культуры.

Гаухар Хамидуллаева , Фазилатхон Олимжонова

70-72

2026-03-12

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MUSIQA VA SAN’AT MASHG‘ULOTLARINING ESTETIK TARBIYADA TUTGAN O‘RNI

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida musiqa va san’at mashg‘ulotlarining estetik tarbiyani shakllantirishdagi o‘rni hamda pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda estetik tarbiyaning mazmun-mohiyati, uning shaxs kamolotidagi o‘rni hamda musiqiy va tasviriy san’at faoliyati orqali o‘quvchilarning estetik didi, emotsional sezgirligi va ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, san’at vositalari orqali milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirishning pedagogik mexanizmlari asoslab berilgan. Natijada musiqa va san’at mashg‘ulotlari boshlang‘ich ta’lim jarayonida estetik madaniyatni shakllantirishning samarali omili ekanligi ilmiy xulosalar asosida isbotlangan..

Gulhayo Nazarova , Umida Bovanova

73-76

2026-03-12

GAMIFICATION IN TEACHING SPEAKING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE EDUCATION

In recent years, the integration of innovative pedagogical approaches into foreign language education has become increasingly significant due to the growing demand for effective and engaging learning environments. Among these approaches, gamification has emerged as a powerful instructional strategy capable of enhancing learners’ motivation, participation, and communicative competence. This article examines the role of gamification in developing speaking skills in English language education. The study explores how game-based elements such as rewards, challenges, competition, and interactive tasks contribute to improving learners’ oral communication abilities. Furthermore, the research highlights the psychological and pedagogical advantages of incorporating gamified activities into language classrooms. The findings indicate that gamification not only increases learners’ motivation but also reduces speaking anxiety and promotes active participation in communicative tasks.

Sabina Akmalova

77-80

2026-03-12

ФАРМАКОЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ МЕДИКАМЕНТОЗНОГО ЛЕЧЕНИЯ БОЛЬНЫХ ГРИБКОВЫМИ ЗАБОЛЕВАНИЯМИ

В статье представлен фармакоэкономический анализ медикаментозного лечения больных грибковыми заболеваниями на основе 15 выписок из историй болезни стационарных пациентов 3-отделения дерматомикологии Республиканского центра дерматовенерологии и косметологии, а также результатов анкетирования 40 пациентов. В исследуемой группе преобладали женщины, а по возрасту - пациенты 18–34 лет. В клинической структуре доминировали инфильтративные формы трихофитии гладкой кожи и лобковой области, у детей чаще регистрировалась микроспория волосистой части головы.

Малика Абдуллаева , Зилола Нуржавова

81-86

2026-03-12

PLACEBO EFFEKTI: ONG VA TANA O‘RTASIDAGI PSIXOBIOLOGIK MEXANIZM

Mazkur maqolada placebo effektining psixologik va neyrobiologik mexanizmlari tahlil qilinadi. Placebo effekti — faol farmakologik ta’sirga ega bo‘lmagan vosita orqali bemorda real fiziologik o‘zgarishlarning yuzaga kelishidir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, placebo effekti kutilma, ishonch  va shifokor–bemor o‘rtasidagi munosabat orqali shakllanadi hamda miya darajasida dopamin va endorfin ajralishi bilan bog‘liq. Maqolada placebo effektining psixologik asoslari, neyrobiologik mexanizmlari va amaliy ahamiyati ko‘rib chiqiladi.

Umida Mirzayeva , Abdulhamid Alimqulov

87-89

2026-03-12

TIBBIYOT XODIMLARIDA KASBIY STRESS VA EMOTSIONAL CHARCHOQNI KAMAYTIRISHDA SOG’LOM TURMUSH TARZI VA TO’G’RI OVQATLANISHNING AHAMIYATI

Mazkur maqolada tibbiyot xodimlarida uchraydigan kasbiy stress va emotsional charchoqning kelib chiqish omillari, ularning sog‘liq va mehnat faoliyatiga ta’siri tahlil qilindi. Shuningdek, stress va emotsional zo‘riqishni kamaytirishda sog‘lom turmush tarzi, jismoniy faollik hamda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati yoritildi. Tadqiqot davomida tibbiyot xodimlari faoliyatida yuqori mas’uliyat, ish yuklamasi va dam olish vaqtining yetarli emasligi stressning asosiy sabablaridan biri ekani aniqlandi. Natijalar sog‘lom turmush tarziga amal qilish, muvozanatli ovqatlanish hamda psixogigiyenik choralar emotsional charchoqni kamaytirishda muhim omil ekanligini ko‘rsatdi.

Shahloxon Ro’zimatova , Yulduzxon Narmetova , Nozimjon Jalolov

90-94

2026-03-12

MUSIQA MASHG‘ULOTLARIDA MUSIQA TERAPIYA DARSLARINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI

Mazkur maqolada musiqa mashg‘ulotlarida musiqa terapiya darslarini tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Hamda, musiqa terapiya mashg‘ulotlarini samarali tashkil etish uchun zarur bo‘lgan pedagogik omillar, ya’ni ta’lim jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish, interaktiv metodlardan foydalanish, musiqiy materiallarni yosh va psixologik xususiyatlarga mos tanlash hamda ijodiy muhitni shakllantirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Husnida Muxammadjonova

95-99

2026-03-13

QADRIYATLI YONDASHUVNING PEDAGOGIK KATEGORIYA SIFATIDAGI NAZARIY ASOSLARI VA EVOLYUTSIYASI

Mazkur maqolada qadriyatli yondashuvning pedagogik kategoriya sifatida tarixiy shakllanishi, nazariy asoslari va zamonaviy ta'limdagi evolyutsion taraqqiyoti IMRAD tuzilmasi asosida chuqur tahlil etiladi. Tadqiqotda qadriyatli yondashuvning falsafiy va psixologik ildizlari, uning didaktik tizimga integratsiyasi hamda XXI asrda shaxs kamolotini ta'minlashdagi strategik ahamiyati ko'rsatiladi. Maqolada antik davrdan hozirgi kungacha bo'lgan pedagogik tafakkur taraqqiyotida qadriyatlarning tutgan o'rni, turli maktablar (aksiologik, gumanistik, konstruktivistik) nuqtai nazaridan qiyosiy tahlil qilinadi.

Quvonchbek G‘aybullayev

100-105

2026-03-13

QIZIL TUPROQ ASTRAGALI (ASTRAGALUS TERRAE RUBRAE BUTKOV) O’SIMLIGINI IN VITRO SHAROITDA YETISHTIRISH.

Dorivor o‘simliklar farmatsevtika sanoati uchun biologik faol birikmalar manbai bo‘lib, ularni o‘rganish hamda samarali ko‘paytirish zamonaviy biotexnologiya fanining dolzarb yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tabiiy populyatsiyalarning qisqarishi hamda ekologik salbiy omillarning kuchayib borishi ayrim o‘simlik turlarini saqlab qolish va ularni ko‘paytirishning muqobil usullarini ishlab chiqishni talab etmoqda. Shu jihatdan o‘simliklarni in vitro usuli yordamida ko‘paytirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

H.N. Yusupov , A.N. Abdullaev , N.Sh. Xoshimova

106-109

2026-03-16

PISTACIA VERA QURUQ EKSTRAKTINING ELEMENT TARKIBI

Ushbu maqolada Toshkent farmatsevtika instituti va A.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti va olimlari tomonidan Anacardiaceae oilasiga mansub bo‘lgan Pistacia vera o‘simligi bargidan olingan quruq ekstraktning elementar tarkibini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan.

D.O’ Hasanova, Z.V Turdiyeva, R.R. Maxmudov

110-115

2026-03-16

O‘ZBEK TILIDA “VIJDON” LEKSEMASINING SEMANTIK, DERIVATSION VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqolada “vijdon” tushunchasining semantik tarkibi, derivatsion imkoniyatlari hamda pragmatik funksiyalari tizimli ravishda yoritilib, uning axloqiy baholash va normativ mazmun bilan uzviy bog‘liqligi asoslab beriladi. Tadqiqot davomida vijdon tushunchasining til va tafakkur munosabatidagi o‘rni ochib beriladi.

Maftuna Nurmamatova

116-119

2026-03-16

ВЛИЯНИЕ ОСТРОГО СТРЕССА НА МОРФОЛОГИЧЕСКУЮ СТРУКТУРУ МОЗЖЕЧКА

В работе рассматривается влияние острого стрессового воздействия на морфологическую структуру мозжечка. Актуальность исследования обусловлена расширением представлений о функциональной роли мозжечка, который, помимо участия в координации движений, вовлечён в регуляцию когнитивных и аффективных процессов. Целью исследования явился анализ морфологических изменений мозжечка, возникающих под воздействием острого стресса, с использованием гистологических и морфометрических методов. В ходе исследования были изучены количественные и качественные характеристики нейронов и глиальных клеток, а также особенности микроциркуляторного русла различных слоев мозжечка у экспериментальных животных. Полученные результаты показали статистически значимые изменения в плотности и морфологии клеток Пуркинье, а также в объемных характеристиках зернистого и молекулярного слоев мозжечковой коры. Выявленные структурные перестройки могут быть обусловлены воздействием стрессовых гормонов, нейроиммунными реакциями и изменениями в экспрессии генов, участвующих в стресс-ответе. Наблюдались также изменения дендритной структуры нейронов, что свидетельствует о перестройке синаптических связей и модификации нейропластичности.

Уткир Миршарапов, Шахзодабону Акрамова

120-127

2026-03-16

MODDIY NUQTA HARAKATINI TADQIQ ETISHDA KINETIK ENERGIYANING O‘ZGARISHI HAQIDAGI TEOREMANI QO‘LLASH

Ushbu maqolada kultivator uchun tayyorlangan eksperimental o‘qyoysimon panjasining parallelogram ko‘rinishdagi qanoti enini aniqlashda uning sirtida sirpanib harakatlanayotgan tuproq qatlami harakatini kinetik energiyaning o‘zgarishi haqidagi teoremani qo‘llab masala aniq ravshan yechilgan.

Yokub Kuvandikov

128-132

2026-03-16

BASTAKOR XURSHIDA XASANOVANING KOMPOZITORLIK USLUBI FORTEPIANO ASARI MISOLIDA

Maqola O’zbekiston Respublikasining mashhur va zamonaviy kompozitori Xurshida Xasanovaning hayoti va ijodi, uning bastakorlik uslubi va O’zbekiston Davlat Konservatoriyasi maxsus fortepiano sinfida o’rganiladigan asarlari, shuninglik bolalar uchun to’plamlari va asar tahlili haqida so’z etadi. Maqolada kompozitor tarafidan qo’yiladigan talablar, ijrochi tarafdan bajariladigan vazifalar, ijro nozikliklari va mayda detallarini o’rganishga chuqur emotsionallikni sezish, ijrochi fantaziyasi va tafakkurini har tomonlama faollashtirishi ta’kidlanadi.

Ramuza Reymbaeva , Zaxro Muxammedjanova

133-136

2026-03-16

Atraphaxis pyrifolia-L QURUQ EKSTRAKTINING ELEMENT TARKIBI

Ushbu maqolada Toshkent farmatsevtika instituti va A.S.Sodiqov nomidagi bioorganik kimyo instituti va olimlari tomonidan Polygonaceae oilasiga mansub bo‘lgan Atraphaxis pyrifolia o‘simligi yer ustki qismidan olingan quruq ekstraktning elementar tarkibini o‘rganish borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari keltirilgan. ICP OES - plazmaga induktiv bog‘langan optik-emission spektrometda namunalarning tarkibidagi makro va mikroelementlar miqdoriy jihatdan quruq ekstrakt tarkibida 20 dan ortiq mikro va makroelementlar  mavjud bo‘lib, shundan 45% - hayotiy muhim elementlar, 55% - makro va mikroelementlardir. Tadqiqotlar davomida Te, Se, Sb, Sn, Ag, Hg, Cd, Pb elementlari aniqlanmadi, aniqlangan og’ir metallarning umumiy miqdori O’zbekiston Respublikasi Davlat Farmokopeyasida va Rossiya davlat farmakopeyasi XIV tahririda ruxsat etilgan meyorlar asosida tahlil qilindi [1,2]..

M.R. Rasulova, Z.V. Turdiyeva, K.V. Raimova

38-43

2026-03-10

ISHLAB CHIQARISH JARAYONIDA INSON ISH QOBILIYATINI SAQLASH XUSUSIYATI

Mazkur maqolada bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lgan ishlab chiqarish korhonalarida ishchilarning ish qobiliyatlarini saqlash xususiyatlari yoritilgan bo‘lib, bu boracha ishlab chiqarish gimnastikasi, ishni avtomatlashtirish singari bir nechta aniq yechimlar taklif qilingan.

Abdurahmon Yusufaliyev

137-139

2026-03-17

RUN-FLAT SHINALAR REZINASINI AVTOMATLASHTIRILGAN ALMASHTIRISH QURILMASI

Ushbu maqola og‘ir va run-flat shinalarga ega transport vositalarida qattiq rezinani almashtirish jarayonini avtomatlashtirish bo‘yicha loyihani taqdim etadi. An’anaviy usulda jarayon 3–4 soat davom etib, 4–5 nafar xodimni talab qiladi va xavfli hisoblanadi. Loyiha doirasida ishlab chiqilgan qurilma inson aralashuvisiz ishlaydi, rezinani 30 soniyada chiqaradi va qayta o‘rnatadi, jarayon xavfsiz va samarali bo‘ladi. Ushbu yechim harbiy, chegara va yirik transport korxonalaridagi texnikaning uzluksiz ishlashini ta’minlaydi va xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshiradi

Muhammad Dilmurodzoda

140-142

2026-03-18

HOLOLINE: ДИНАМИЧЕСКАЯ ГОЛОГРАФИЧЕСКАЯ СИСТЕМА ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ БЕЗОПАСНОСТИ НА ДОРОГАХ

В статье представлена система Hololine — ряд вертикальных труб, создающих голографический эффект при движении автомобиля. Система защищает водителей от ослепляющего света встречных фар и может использоваться в качестве динамических дорожных знаков.

Elmurod Polvonov

143-145

2026-03-18

DORIVOR O’SIMLIKLAR TARKIBIDAGI BIOLOGIK FAOL MODDALARNING QANDLI DIABET KASALLIGINI DAVOLASHDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada dorivor o’simliklar tarkibidagi biofaol moddalar yordamida qandli diabet kasalligini davolash to’g’risida malumotlar keltirilgan. O’simliklar tarkibidagi ayrim biofaol birikmalar (flavanoidlar, saponinlar, alkaloidlar, polifenollar) organizmda glukoza almashinuviga ta’sir ko’rsatishi, shuningdek, insulin sekretsiyasini rag’batlantirish, hujayralarning insulin ta’siriga sezuvchanligini oshirish hamda glukozaning hujayralarga o’tishini yaxshilash orqali qonda glukoza miqdorini kamaytirishga yordam berishi ilmiy manbalar asosida bayon etilgan. Bundan tashqari bugungi kunda diabetni davolashda qo’llanilayotgan o’simliklar hamda ularning farmakologik xususiyatlari yoritib berilgan

Nozimaxon Qosimjonova, Z.X. Zufarova

146-150

2026-03-18

ИНТЕГРАЦИЯ УЧЕБНЫХ ПРЕДМЕТОВ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ ГРАМОТНОСТИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

В статье рассматривается интеграция учебных предметов как одно из эффективных педагогических средств развития читательской грамотности младших школьников. В условиях обновления содержания образования особую значимость приобретает формирование у учащихся способности осмысленно воспринимать, анализировать и интерпретировать текстовую информацию. В работе обосновывается необходимость межпредметного подхода, позволяющего объединить содержание различных дисциплин и тем самым расширить возможности формирования читательских умений. Показано, что интеграция предметов способствует развитию познавательной активности учащихся, формированию аналитического мышления и повышению интереса к учебному материалу. Особое внимание уделяется методическим аспектам организации интегрированных занятий, а также их влиянию на формирование функциональной грамотности младших школьников. Сделан вывод о том, что интеграция учебных предметов способствует более глубокому пониманию текста и повышению качества обучения.

Гузалина Шамсутдинова, Махфуза Ахмедова

151-156

2026-03-18

View All Issues