QIZIL TUPROQ ASTRAGALI “ASTRAGALUS TERRAE RUBRAE BUTKOV” O’SIMLIGINI INVITRO SHAROITIDA YETISHTIRISH
Аннотация
Hozirgi kunda farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simliklardan olinadigan biologik faol moddalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tabiiy manbalardan olinadigan fitopreparatlar xavfsizligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Shu sababli dorivor o‘simliklarni saqlash, ko‘paytirish va ularni ilmiy asosda o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Astragalus terrae rubrae Butkov o‘simligi Fabaceae oilasiga mansub bo‘lib, Markaziy Osiyo hududlarida uchraydi va kamyob turlar qatoriga kiradi. Ushbu o‘simlik tarkibida flavonoidlar, saponinlar, polisaxaridlar kabi biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular immunomodulyator, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Tabiiy sharoitda ushbu o‘simlikning ko‘payishi sekin kechadi va tashqi omillarga juda bog‘liq. Shu sababli uni in vitro sharoitida ko‘paytirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Загрузки
Опубликован
Выпуск
Раздел
Как цитировать