Maqolalar

QIZIL TUPROQ ASTRAGALI “ASTRAGALUS TERRAE RUBRAE BUTKOV” O’SIMLIGINI INVITRO SHAROITIDA YETISHTIRISH

Jild 5 son 8 (2026) 64-65

DOI: 10.5281/zenodo.20552904 2026-05-31 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Ubaydullayeva X.A. O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent farmatsevtika instituti
  • Xoshimova N.Sh. O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Toshkent farmatsevtika instituti

Annotatsiya

Hozirgi kunda farmatsevtika sanoatida dorivor o‘simliklardan olinadigan biologik faol moddalar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tabiiy manbalardan olinadigan fitopreparatlar xavfsizligi va samaradorligi bilan ajralib turadi. Shu sababli dorivor o‘simliklarni saqlash, ko‘paytirish va ularni ilmiy asosda o‘rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Astragalus terrae rubrae Butkov o‘simligi Fabaceae oilasiga mansub bo‘lib, Markaziy Osiyo hududlarida uchraydi va kamyob turlar qatoriga kiradi. Ushbu o‘simlik tarkibida flavonoidlar, saponinlar, polisaxaridlar kabi biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular immunomodulyator, antioksidant va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Tabiiy sharoitda ushbu o‘simlikning ko‘payishi sekin kechadi va tashqi omillarga juda bog‘liq. Shu sababli uni in vitro sharoitida ko‘paytirish muhim ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab olishlar

Nashr qilingan

2026-05-31

Son

Boʻlim

Maqolalar

Iqtibos keltirish tartibi

Ubaydullayeva, X., & Xoshimova, N. (2026). QIZIL TUPROQ ASTRAGALI “ASTRAGALUS TERRAE RUBRAE BUTKOV” O’SIMLIGINI INVITRO SHAROITIDA YETISHTIRISH. Zamonaviy Dunyoda Tabiiy Fanlar, 5(8), 64-65. https://doi.org/10.5281/zenodo.20552904
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads