BEMORLARDA GLOMERULONEFRIT KASALLIGINING KELIB CHIQISH SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI
Abstract
Glomerulonefrit (yunoncha: glomerulo- buyrak koptokchasi, nephritis- buyrak yallig‘lanishi)- buyrak kalavachalarining infeksion- allergik yallig‘lanishi. Etiologiyasiga ko‘ra bakterial (stafilokokkli, pnevmokokkli, streptokokkli: angina, faringit, skarlatina va boshqalar.) va virusli (gripp, gerpes, qizilcha, suvchechak) infeksiyalarni boshidan o‘tkazgan bemorlarda rivojlanadi. Kasallikda yuqumli antigen qonga tushib, B-limfotsitlarni faollashtiradi. B-limfotsitlar qonga antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi, antigen va antitanachalar birlashib immun kompleksini hosil qiladi. Uning bir qismi neytrofillar tomonidan parchalanadi, qolgan qismi qon orqali buyrakka yetib boradi va koptokchalarda yig‘ilib qoladi. Keyinchalik kompleksning faollashuvi yuz berib, bazal membranani shikastlaydi va kasallik belgilari paydo bo‘ladi.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite