BEMORLARDA GLOMERULONEFRIT KASALLIGINING KELIB CHIQISH SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI

Mualliflar

  • Sarimsoqova Mohinur Nosirjon qizi Toshkent Davlat tibbiyot universiteti talabasi Muallif
  • Abdumo‘minov Behro‘z Baxtiyor o‘g‘li Urganch Davlat tibbiyot instituti talabasi Muallif
  • Shixov Yorbek Ollazarovich Toshkent Davlat tibbiyot universiteti assistenti Muallif

Abstrak

Glomerulonefrit (yunoncha: glomerulo- buyrak koptokchasi, nephritis- buyrak yallig‘lanishi)- buyrak kalavachalarining infeksion- allergik yallig‘lanishi. Etiologiyasiga ko‘ra bakterial (stafilokokkli, pnevmokokkli, streptokokkli: angina, faringit, skarlatina va boshqalar.) va virusli (gripp, gerpes, qizilcha, suvchechak) infeksiyalarni boshidan o‘tkazgan bemorlarda rivojlanadi. Kasallikda yuqumli antigen qonga tushib, B-limfotsitlarni faollashtiradi. B-limfotsitlar qonga antitanachalar ishlab chiqara boshlaydi, antigen va antitanachalar birlashib immun kompleksini hosil qiladi. Uning bir qismi neytrofillar tomonidan parchalanadi, qolgan qismi qon orqali buyrakka yetib boradi va koptokchalarda yig‘ilib qoladi. Keyinchalik kompleksning faollashuvi yuz berib, bazal membranani shikastlaydi va kasallik belgilari paydo bo‘ladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-13

Iqtibos keltirish tartibi

Sarimsoqova , M., Abdumo‘minov, B., & Shixov, Y. (2026). BEMORLARDA GLOMERULONEFRIT KASALLIGINING KELIB CHIQISH SABABLARI, KLINIK BELGILARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARI. Zamonaviy Dunyoda Tabiiy Fanlar, 5(7), 59-60. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDTF/article/view/41009
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
3 Views
0 Downloads