KO‘CHATLARNI EKISH MUDDATI VA YOSHINI NIHOLLARNING XATO MIQDORI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA TA’SIRI

Mualliflar

  • Mirzasoliyev Mirzaosimjon Mirzasoypovich q.x.f.f.d., k.i.x. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Muallif
  • Shokirov Alisher Jo‘raboevich q.x.f.d. Toshkent davlat agrar universiteti Muallif

;

piyoz, ko‘chat, ekish muddati, ko‘chat yoshi, xato miqdori, sarg‘ayish bosqichi, rivojlanish, agrotexnika, fenologiya, saqlanuvchanlik.

Abstrak

Mazkur tadqiqotda piyoz ko‘chatlarini turli ekish muddatlari (21–25 sentyabr, 1–5 oktyabr, 10–15 oktyabr va 20–25 oktyabr) hamda turli yoshdagi (25, 35 va 45 kunlik) ko‘chatlarni ekish nihollarning xato miqdori va ularni rivojlanish jarayonlariga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqot natijalari ekish muddati kechikkan sari ko‘chatlarning xato miqdori ortib borishini ko‘rsatdi. Eng kam xato miqdori 21–25 sentyabrda ekilgan 45 kunlik ko‘chatlarda 5,2% (22 317 ming dona), eng yuqori ko‘rsatkich esa 20–25 oktyabrda ekilgan 25 kunlik ko‘chatlarda 10,3% (44 205 ming dona) ni tashkil etdi. Shuningdek, 35 va 45 kunlik ko‘chatlarda barglarning sarg‘ayish bosqichida xato miqdori kam bo‘lganligini ko‘rsatdi, ularning tashqi muhit omillariga chidamliroq ekani aniqlandi. Tadqiqot natijalari piyozni ko‘chat usulida еtishtirishda maqbul ekish muddati va ko‘chat yoshini to‘g‘ri tanlash orqali o‘simliklarda xato miqdorini kamayishi va bu orqali hosildorlikni oshishini ko‘rsatdi.

Iqtiboslar

Azimov B.B., Abdullaev A.A. Sabzavotchilik. – Toshkent, 2014.

Azimov.B.J., AzimovB.B., larning «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi» (2002).

Литвинов С.С. Овощеводство. Теория и практика. – Москва, 2011.

Пивоваров В.Ф. Овощеводство. – Москва: Колос, 2006.

Saidov M. Sabzavot ekinlari agrotexnologiyasi. – Toshkent, 2010.

Rubatzky V.E., Yamaguchi M. World Vegetables: Principles, Production and Nutritive Values. – New York, 1997.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-07-09

Iqtibos keltirish tartibi

Mirzasoliyev, M., & Shokirov , A. (2026). KO‘CHATLARNI EKISH MUDDATI VA YOSHINI NIHOLLARNING XATO MIQDORI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARIGA TA’SIRI. Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 5(23), 64-67. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/54511
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
1 Views
0 Downloads