JINOYAT PROTSESSIDA GUVOH VA AYBLANUVCHI KO‘RSATMALARINING ISHONCHLILIGINI BAHOLASHDA KOGNITIV-REPRESENTATSION PSIXOLOGIK MEXANIZMLAR
;
jinoyat protsessi, guvoh ko‘rsatmalari, ayblanuvchi ko‘rsatmalari, ishonchlilik, kognitiv psixologiya, representatsion tizim, xotira jarayonlari, emotsional holat, psixologik ekspertiza, dalillarni baholash.Abstrak
Mazkur maqolada jinoyat protsessida guvoh va ayblanuvchi ko‘rsatmalarining ishonchliligini baholashda kognitiv-representatsion psixologik mexanizmlar ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda ko‘rsatmalar shakllanishi jarayonida idrok, xotira va axborotni qayta tiklash bosqichlarining individual psixologik xususiyatlari muhim rol o‘ynashi asoslab berilgan. Shuningdek, emotsional holat, stress, vaqt omili va shaxsning motivatsion yo‘nalishi guvoh hamda ayblanuvchi ko‘rsatmalarining subyektivlashuviga va xatolik ehtimolining oshishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Ilmiy tahlillar natijasida kognitiv buzilishlar, xotira deformatsiyasi va suggestiv ta’sirlar dalillar ishonchliligini pasaytirishi mumkinligi aniqlangan. Shu sababli jinoyat protsessida ko‘rsatmalarni baholashda faqat protsessual-huquqiy mezonlar bilan cheklanmasdan, psixologik ekspertiza va kognitiv yondashuvlarni ham integratsiya qilish zarurligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishda dalillarni yanada obyektiv baholash, sud xatolarining oldini olish va adolatli qaror qabul qilish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar
Wells, G. L., & Olson, E. A. (2003). Eyewitness testimony. Annual Review of Psychology, 54, 277–295. https://doi.org/10.1146/annurev.psych.54.101601.145028
Omonov, Q. A. (2020). Jinoyat protsessida dalillar va ularni baholash muammolari. Toshkent: TDYU nashriyoti.
Muxtorov, S. S. (2021). Yuridik psixologiya: nazariya va amaliyot. Toshkent: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi. (2023). Jinoyat-protsessual kodeksi. https://lex.uz/docs/-111460
O‘zbekiston Respublikasi. (2021). Sud ekspertizasi to‘g‘risida Qonun. https://lex.uz/docs/-186050
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi